Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi



Download 0,71 Mb.
bet35/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Ma’naviyat – insonlarning o‘zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar tizimi. Inson ma’naviyatini o’zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, umrining oxirigacha shakllantiradi va rivojlantirib boradi. Insonning o‘z ma’naviyatini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji cheksizdir. U insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanadi, rivojlanadi. Shu ma’noda ma’naviyat insonning ongliligini, qobiliyatini va intilishlarini ham o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat insonning botiniy dunyosini o‘zida ifoda etuvchi tushuncha. Inson botininy dunyosini gavhar to‘la tubsiz dengizga qiyoslash mumkin. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘z-o‘zining anglashi, did-farosati, adolatni razillikdan, yaxshilikni yomonlikdan, go‘zallikni xunuklikdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovati, ularni amalga oshirish yo‘lida ongli faoliyat ko‘rsatish va intilishi. Ma’naviyatni moddiy kuchga aylanishi har bir insonning xatti-harakatlarida, o‘zligini qaysi darajada anglashida, o‘zining oila va jamiyatdagi o‘rnini tushunishida, Vatan va millatga munosabatida namoyon bo‘ladi.
Tilshunoslik nuqtayi nazaridan “ma’naviyat’’ semasi “inson”, “ong’’, ’’o‘zbekona’’, “qadriyat’’, ’’milliylik’’, ’’ruhiyat’’, ’’poklik’’, ’’vijdon’’, ’’qalb’’, ’’mehr’’, ’’iroda’’, ’’kuch’’, ’’g‘urur’’, ’’komil’’, ’’e’tiqod’’ kabi sememalardan iborat va bu sememalar inson ma’naviyatining kamoloti jarayonida yanada ortib borishi mumkinligi diqqatga sazovordir.
Demak, ma’naviyat sistemasining mohiyati uning tarkibiy qismlarini aniqlash yo‘li bilan ochiladi. Masalan, e’tiqod, odob, vijdon, ma’rifat, sabr, hayo, ibo, vafo, sadoqat, or-nomus, izzat, poklik, oriyat, sodiqlik, ishonch, insof, diyonat, kamtarlik, mehnasevarlik, mardlik, odamiylik, saxiylik, odillik, mukammal, mehribon, shafqatli, mo‘min-qobil, iroda, insof, bag‘rikenglik, samimiylik, xushmuomalalik, erkinlik, insonparvarlik, qahramonlik, totuvlik, adolat, madaniyat kabi sistemalar ham o‘z ichiga yana bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Masalan, e’tiqod: ishonch, iymon, diyonat, poklik; ma’rifat va ruhiyat kabi turlarga bo‘linadi. Ma’naviyat ana shunday keng tushuncha va uning barcha ma’nolarini tadqiq qilish kerak. Xususan, “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining “sabr” ma’noviy guruhiga oid birliklarning semantik kategoriyasi haqida to‘xtalib o‘tamiz. “Sabr” leksemasini ma’noviy munosabatidan kelib chiqib 3 guruhga ajratish mumkin:
1. Dunyoviy sabr bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar guruhi
2. Diniy tushunchalar bilan bog‘liq bog‘liq bo‘lgan “sabr” guruhi
‘’Sabr’’ leksemasi chegarasiga chidam, bardosh, iroda, matonat, qanoat, bardosh, toqat, to’zim, shukr qilish, sadoqat, vafo, shoshmaslik, dosh berish birikmalari kiradi. Uni quydagi ko‘rinishda tasniflash mumkin.

Masalan, “chidamlilik’’ ham jismoniy, ham ruhiy sabr guruhiga kiradi. Masalan: Sharofat aya butun umr shu oyoq og’rig’iga chidab keldi (jismoniy sabr). Har qanday yozuvchi ham bunday tanqidlarga chiday olmaydi (ruhiy sabr). Sabr bilan bog‘liq maqollar milliy qarashlarimiz va milliy xarakterimizni ochib berishga xizmat qiladi. Masalan: Qanoat qilsang, qorning to’yar, Beqanoat otini so’yar’. Ushbu maqolda ruhiy sabrga kiruvchi “qanoat’’ haqida fikr yuritilyapti. Qanoat – boriga shukr qilish, kamsuqumlik. Boriga shukr qilganga Alloh hamma narsa beradi, qanoatsiz, besabr banda esa bundan quruq qoladi.
Bardoshi oldida tog’ oddiy tuproq…(A.Oripov) Ushbu misrada har qanday qiyinchiliklarga chidash, sabr qilish g’oyasi ilgari surilmoqda. Hattoki, uning sabr-bardoshi shunchalik kuchliki, zalvorli tog’lar ham oddiy tuproqqa aylanadi. Bunday odam har qanday vaziyatda ham shukr qilib yashaydi.(F.Musajonov) Shukr qilmoq birikmasi ham tarkibidagi semalari bilan “sabr” guruhiga kiradi. Shukr qilish mamnun bo’lish, berganiga qanoat hosil qilishdir. “Sabr tagi – sariq oltin’’ maqolida ham moddiy, ham ma’naviy manfaat yotadi. Sabr qilib mol- dunyoga erishish mumkin yoxud sabr orqali ma’naviy kamolotga yetish mumkin. O’zbek tili shunchalik boyki, birgina sabr tushunchasining bir qancha ma’nolarini anglash mumkin.
Ma’naviyat bevosita inson bilan bog‘liq tushunchadir. Bundan ko‘rinadiki, “ma’naviyat’’ leksik-semantik kategoriyasining shakllanishida inson va uning ruhiy olam muhim. Ma’naviyat shunday kategoriyalardan biriki, insonning ongi, dunyoqarashi o‘sib borgani sari uning qamrovi va ko‘lami ham rivojlanib boradi. Ma’naviyat insonni komillik sari yetaklovchi yo‘ldir.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish