Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi



Download 0,71 Mb.
bet33/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Adabiyotlar:
1. A.G‘aziyev, I.Israilov, M.Yaxshiboyev. “Funksiyalar va grafiklar” Toshkent. “Voris-Nashriyot”, 2006 yil.
2. www.padowan.dk
XALQ DOSTONLARIDA ZOONIM KOMPONENTLI PAREMEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Sharipova Dildora Rashitovna
Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti
“O’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimizni va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o’zbek tilining bor latofati, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo’lsa, munis onalarimizning allalarini, mimg yillik dostonlarini, o’lmas maqomlarimizni eshitsin. Baxshi va hofizlarimizning sehrli qo’shiqlariga quloq tutsin…”
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbek xalq dostonlari xalqimiz, millatimizning tengsiz ma’naviy-madaniy boyligi, milliy iftixorimizdir. Dostonlar ajdodlarimizning bizlarga qoldirgan buyuk ehsoni, tuhfasidir. Ular xalq ruhining obyektiv holatini davrlararo ifodalab, hozirgacha o’z qadr-qimmatini yo’qotmagan ulkan adabiy manbadir.
Turkiy xalqlarning mushtarak dostoni hisoblanadigan “Alpomish” dostoni ham shular sirasiga kiradi. Dostondagi paremik birliklar ajdodlarimiz madaniy-ma’naviy merosining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shadi. Quyida dostonda qo’llangan paremik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini keltirib o’tamiz.
Boraman deb, bolam, sherdil bo’lmagin,
Yigitlik asari - g’ayrat qilmagin. [1.22]
Sherdil – jasur, dovyurak, qo’rqmas. Bilamizki, sher kuchli, hayvonlar shohi hisoblanuvchi jonivor. Qadimdan dovyurak, jasur o’g’lonlarga nisbatan bu o’xshatish qo’llangan. Boybo’ri ham o’g’li Alpomishga bu ibora orqali niyatini bildiryapti.
Qarchig’ayman, dushman boshin qiyaman,
Esim olsa, bo’tadayin bo’zlayman.
Dushman ko’rsam, kesib bag’rin tuzlayman
Aslim Sherman, o’zim yo’lbars izlayman.[1.23]
Qarchig’ay- qirg’iysimonlar oilasiga kiruvchi yirtqich qush. Bu qush qirg’iylarning eng yirik turi hisoblanib, agar kimdir ularning hududiga davogarlik qilsa, jon-jahdi bilan himoya qiladi. Dostonda Alpomish ham o’zini qarchig’ay, she’r, yo’lbars kabi kuchli hayvonlarga o’xshatib, dushmandan vatanini, sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilishini namoyon etadi.
Bedovlarga qamchi chatib,
Oqshom yurar shabgir tortib,
Jo’nadi qirq ikki sardor,
Har qaysisi misli ajdarhor.[1.27]
Dostonda qirq ikki alp, sardor yigitlar ajdarhoga o’xshatilyapti. Ma’lumki, ajdarho- afsonaviy , og’zidan olov purkaydigan, ikki va undan ortiq boshli maxluq, ilon obrazidir. O’zbek xalq og’zaki ijodida ajdarho yovuzlik timsoli hisoblanadi. Doston, ertak, cho’pchaklarda bu hayvon bosh qahramon yo’lida uchraydigan asosiy to’siqlardan biri hisoblanadi.
Ot o’ynatib qaysi yurtdan kelasan,
Qay chaman bulbuli, kimning ulisan.[1.29]
Qadimdan o’zbek xalq og’zaki ijodida, an’ana, urf-odatlarimizda bulbul obrazi yigitlarga nisbatan qo’llanadi. Dostonda bulbul o’xshatishi orqali qaysi yurt o’g’loni ekanligi so’ralyapti.
Meni bilsang Qo’ng’irot elidan kelaman,
Qo’ng’irotning qo’chqori o’zim bo’laman.[1.30]
Bilamizki, qo’chqor qo’yning erkagi. O’zbek xalq og’zaki ijodida qo’chqor ijobiy obraz hisoblanib, xalqimizda mard yigitlarimiz , o’g’il bolalarimiz qo’chqorga o’xshatilgan. O’gzaki nutqda qo’chqor so’zi yosh o’g’il bolachalarni erkalashda, dangallik, bir so’zlik ma’nolarida ishlatiladi.
Kayqubod turib aytdi- Semizi irkillab, orig’i echkiday dirkillab yurgan qizlardan qutulmay, menga bir gap bo’ldimi,- deb zindonning bu yog’iga, u yog’iga juppay bo’lib irg’ib o’ta berdi.[1.84]
Echki- qovushshoxlilar oilasiga kiruvchi, juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi, beozor jonivor. Lekin xalqimizda echki obrazi o’zini ko’z-ko’z qiladigan, dirkillab yuradigan, hammani boshida turadigan ayollarga nisbatan qo’llanadi. Dostonda echkiday yurish qilib yuradigan qizlar nazarda tutilyapti.
Kim bor, kim yo’g’ini borsam bilaman,
Elidan ayrilgan lochin bo’laman.[1.125]
O’zbek xalq og’zaki ijodida lochin ijobiy obrazlarga nisbatan qo’llanadi. Lochin yirik gavdali, qanotlari keng va yoyilgansimon, yirtqich qush hisoblanadi. Lochinlarning muhim xususiyati shundan iboratki, ular o’ljasini uzoqdan aniq ko’ra oladi. Dostonda Alpomish o’zini lochinga o’xshatayapti.
Dushman ko’rsa, och bo’riday doridi,
O’zing bilsang misli ajdarho edi.[1.182]
Bo’ri- itsimonlar oilasiga kiruvchi yirtqich qush bo’lib, kuchli, chidamli va chaqqon hisoblanadi. Xalq o’g’zaki ijodida bo’riga nisbatan ochko’z so’zi qo’llanadi. Tabiatan bo’rilar bir yeyishda ikkita qo’yni paqqos tushirishi mumkin ekan. Asarlarda bo’ri obrazi ham ijobiy ham salbiy ma’noda kelishi mimkin. Ushbu dostonda obraz dushmanni ko’rsa och bo’riday o’ljasiga tashlanadigan tarzda ifodalangan.
O’zbek xalq dostonlarida mardlik, shijoat, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat kabi insoniy fazilatlar ulug’lanadi. Shu sababli ular bizning unitilmas boqiy merosimizdir. Dostonlarda ifodalangan o’xshatishlar, paremalar tilimizning qanchalik boy, qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa , milliy linvomadaniyatimizda zoonim komponentli paremalarning dostonlarda qo’llanishi milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizda alohida o’ringa ega. Dostonda ifodalangan zoonim ramzlar, paremalar ajdodlarimizning ichki dunyosi, fe’l-atvorini yoritib berishda xizmat qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. Hodi Zarif, To’ra Mirzayev. Alpomish. T.: “O’zbekiston”.1993-y

  2. Berdiyorov H. Rasulov R. o’zbek tilining paremiologik lug’ati. T. : “O’qituvchi” 1984-y

  3. Rahmatullayev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. T.: 1978-y




  1. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. –T.,2019.

BADIIY MATNDA METAFORALARNING USLUBIY XUSUSIYATI
(Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari misolida)
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti

  1. kusr talabasi Sanobar Sultonova

Ilmiy rahbar:f.f.f.d Yuldoshev.F
Metafora va uning xarakteriga oid ta’riflarga e’tibor qaratsak, ularning mazmun-mohiyati bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, turlicha nomlanadi. Xususan, Lakkof metaforani “olamni bilish vositasi sifatida”30, N.Mahmudov metaforani “dunyoni bilishning eng qudratli qurollaridan biri”31 shaklida, Ye.A. Yurina “millatlar dunyosini obrazli qiyofasini ifodalaydigan”32 til birligi sifatida ta’riflashgan. Bu ta’riflar metaforaning mazmun mohiyatini boyitib, xususiyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shadi. Aslida, shaxsning ichki his-tuyg‘ularini turli manzaralarda aks ettirish, uning maqsadini oydinlashtirish vazifalari metaforada o‘z aksini topadi.
Keyingi yillarda metafora va uning mohiyati murakkab hodisa ekanligi kognitiv tilshunoslikda tobora namoyon bo‘lmoqda. “Kognitologiya fani nuqtai nazaridan kognitiv metafora insonning o‘z bilimlarini namoyon qilishi va konseptuallashtirishi usullaridan biri hisoblanib, uning mohiyati bir ob’yektni boshqa bir ob’yekt vositasida tushunish va tushuntirishdan iboratdir”33. Bunday jarayonda metafora faqat nom ko‘chishigina emas, balki matnda yangi ma’noning yuzaga keltirish, matn yarata olish, axborot tashish kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Uning nutqiy jarayonda qo‘llanilishi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Metaforaning funksyalari serqirra bo‘lib, ilmiy va badiiy ko‘lamda yanada to‘liqroq aks etadi:
1. Taqqoslash orqali fikr aniqligiga erishtiradigan metafora:
Bunday metaforalar tasvirlanayotgan narsa-hodisaning, belgi xususiyatning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Belgi bildiruvchi metaforik ko‘chma ma’nolar 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda 2 tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘zaro qiyoslash orqali so‘z ma’nolarining yoritilishiga asos bo‘ladi.
2. Nutqning emosional mohiyatni shakllantiradigan metafora:
Badiiy matnda poetik metafora eng muhim tasviriy vositalardan biri, biroq tasviriy vositagina bo‘lib qolmasdan, badiiy tafakkur estetik quvvatni ta’minlaydigan hamda hissiy-ta’siriy voqea hodisaga aylanib ketadigan jarayonni shakllantiradi. U nutqni bezash doirasidan tashqari, his-tuyg‘uni, shaxsning maqsadini obrazli ifodalash vositasini bajaradi.
3. Tejamkorlikni ta’minlaydigan metafora.
Abdulla Qahhorning ,,O‘tmishdan ertaklar’’asarida qo‘llangan metaforalarni tahlil shu tizim asosida tahlilga tortdik.
Voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslangan metaforalar:
Metaforalarni turlarga ajratar ekanmiz, badiiy adabiyotda qo‘llanishiga ko‘ra, metaforalar ham davr jihatdan turlarga ajraladi
– Urush davri;
– Turg‘unlik davri;

  • Mustaqillik davri metaforalari.

Abdulla Qahhorning, “O‘tmishdan ertaklar’’ asarida urush davri metaforalaridan unumli qo‘llagan, ya’ni shu davrda yuzaga kelgan metaforalardan foydalangan. Masalan, o‘risning zakuni qattiq, shayton aravasini minib uyimizga tomon ketdi. Bu misolda zakuni qattiq va shayton arava metaforalari o‘sha davr uchun zamonviy qonun qoidalar hamda zamonaviy texnikalarning kirib kelishi voqeasini gavdalantirgan.
Metaforani tasniflashda tadqiqotchi A.Xo‘jamqulov uni quyidagicha turlarga ajratgan. Asarda ushbu metaforalarga quydagicha misollar mavjud.

  1. Antroposentrik metafora.

Ko‘chaning ikki beti to‘la lavka, do‘kon. (O‘tmishdan ertaklar)
2. Zoomorfik metafora.
Bu azamat bola, yig‘lamaydi, yig‘layotgani yo‘q toychoq bo‘lib kishnayapti (O‘tmishdan ertaklar).
3. Fitomorfik metafora.
Bu tosh nokni bobomning otasi ekkan ekan.
4. Kosmomorfik metaforalar.
Bitta kattakon uchqun yerga qarab shung‘idi.(O‘tmishdan ertaklar)
5.Tiomorfik metafora.
Dadam shayton aravasini minib uyimizga tomon ketdi
(O‘tmishdan ertaklar).
Xulosa qilib aytish mumkinki, metaforalar makon, zamon, voqea hodisa, narsa hodisa va shaxslarga tegishli bo‘lib matnda ma’lum bir uslubiy xususiyatlarni yaratadi. Ijodkorning ijodiy maqsadini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

MA’NAVIYAT” UMUMIY SEMALI BARQAROR BIRIKMALARNING LEKSIK XUSUSIYALARI





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish