Noishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish bilan bo g‘ liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Ularga sotish xarajatlari, boshqarish xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar kiradi.
Yuqoridagilardan tashqari mahsulot tannarxi hisobini yuritishda xarajatlar rej alas htirilis hi bo‘yicha rejalangan va rejalanmagan xarajatlarga b o‘linadi. Rejalanadigan xarajatlar korxonalar faoliyatida asosan biznes rejalarida belgilangan ko‘rsatkichlar asosida shakllanadi. Rejalanmagan xarajatlar asosan rejada ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tarkibiga ko‘ra oddiy xarajatlar va kompleks xarajatlariga bo‘lish mumkin.
3-jadval
Doimiy va o‘zgaruvchan, bevosita va bilvosita xarajatlar3
Ko‘rsatkich
Doimiy
O‘zgaruvchan
Bevosita
Bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan qurilmalar ijarasi
chiqarishning ayrim tarmoqlarini boshqarish xarajatlari, shuningdek u yoki bu mahsulot turiga bevosita kiritish mumkin bo‘lmagan turli ishlab chiqarish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog‘liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qo‘yilmalar (capital expenditures) deyiladi. Remont xarajatlari, uskunalarga xizmat ko‘rsatish, yoqilg‘ i sotib olish sarflari nokapital sarflar yoki xarajat (reVenul expendit) yoki hisobot yilida daromad olish maqsadida qilingan xarajatlardir. Kapital qo‘yilmalar bilan xarajatlarni bir - biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo‘yilma esa bir necha yillardan keyin daromad keltira boshlaydi.
Kapital qo‘yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o‘stirish va ularni yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi.
Asosiy vositani o‘sishi (additions) deganda ishlab chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi.2
Kapital qo‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida qiladigan sarf xarajatlaridir.
21-sonli BHMSga muvofiq, kapital qo‘yilmalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Kapital qo‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi pappandalar, quyonlar, asalarilar, qo‘piqlovchi itlar, tajriba uchun mo‘ljallangan hayvonlardan
tashqapi) asosiy podasini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar yig‘indisi.3
Korxonalarning kapital qo‘yiimalarim quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash maqsadga muvofiqdir: