O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“
Buxgalteriya hisobi” kafedrasi
“MOLIYAVIY HISOB”
FANIDAN
KURS ISHI
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi
Bajardi:
Tekshirdi:
Toshkent - 2015
Reja
Kirish
Kapital xarajatlar va ularni turkumlash
Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi hamda vazifalari
Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida amalga oshirilayotgan ko‘pgina tadbirlar avvalo tarmoq va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularni amalga oshirishda davlat tomonidan ishlab chiqiladigan qonun- qoidalarning o‘rni beqiyosdir. Xo‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari paydo bo‘lishi, tadbirkorlikka erkinlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘z moliyaviy resurslaridan foydalanishda mustaqillik berilishi, investitsiyalarni jalb qilish uchun huquqiy va iqtisodiy
sharoitlar yaratilganligi, yangicha moliya vositalari va omillaming vujudga kelishi investitsiyalashning ilgari amalda bo‘lgan tashkiliy mexanizmini tubdan isloh qilmoqda. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish, ishlab chiqarishning texnik va texnologiya jihatdan modernizatsiyalashga keng e’tibor berilmoqda.
Jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tapkibiy o‘zgapishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni divepsifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan kapital siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi.
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan kapitallar hajmi 10,9 foizga o‘sdi va AQSh dollari hisobida 14
milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‘yilmalarning 21,2 foizdan optig‘i yoki 3 milliapd dollardan ziyodini xopijiy kapital va kpeditlar tashkil qildi. Ularning to‘ptdan uch qismi to‘g‘ridan- to ‘ g‘ ri xopijiy kapitallardir.
1
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kapital siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan kapital loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Olib borilgan tadqiqotlar korxonalar faoliyatida kapital xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish, dastlabki xujjatlashtirish va iqtisodiy samaradorligini baholash, ularni tegishli ob’ektlar o‘rtasida aniq taqsimlanganligi
hamda maqsadli
sarflanganligini tekshirishda to^gim muammolar mavjudligini to^satmoqda.
Kapital xarajatlarni hisobga olish va sarflangan kapital xarajatlarni to‘liq ishonchli aks ettirish, qurilish ob’ekti tannarxini to‘g‘ri aniqlashni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Kapital xarajatlar va ularni turkumlash
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari juda ko‘p masalalarni hal qilish uchun talab qilinadi va shuning uchun ushbu ma’lumotlarning ta’sirchan turkumlash va tartibga solish tizimini ishlab chiqish zarurdir.
Korxonalarning asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bo‘lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim bo‘ladi.
Korxonaning ishlab
chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab va realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarga yoki davr xarajatlariga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratmasi, ishchi - xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bo g‘ liq boshqa xarajatlar kiradi.
Tannarx ko‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bo‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qo‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha
ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘ liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir va shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘ lari ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Xarajatlar hisobi tizimi ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni asosan ikki harakat yoki maqsadda yig‘ ib boradi. Birinchidan xarajatlarni ma’lum bir kategoriyalarga, masalan, material xarajatlar,
mehnat xarajatlar, ustama xarajatlar yoki o‘zgaruvchan va o‘zgarmas kabilarga turkumlash orqali yig‘ adi. Ikkinchidan, xarajatlar hisob yo‘nalishlari bo‘yicha turkumlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yo‘nalishlari uchta yirik toifaga bo‘linadi:
zaxiralarni baholash uchun xarajatlar haqidagi ma’lumotlar;
qarorlar qabul qilish uchun xarajatlar haqidagi axborot;
nazorat va tartibga solish maqsadida xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Birinchi hisob yo‘nalishi zaxiralarni baholash maqsadida tashkil qilinadi.
Ma’lumki, zaxiralarga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni
xom ashyo, materiallar kabilar, bundan tashqari, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabilar kiradi. Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya
hisobi uchun muhimi, albatta, ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Buxgalteriya hisobi tizimida ularni hisobga olish uchun ularning qiymat o‘lchovlarini aniqlash, ya’ni baholash talab etilishi hammaga ma’lum, deb o‘ylaymiz. Mahsulotlarni baholash, odatda, ularning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotish bahosi bo‘yicha amalga oshiriladi. Har ikkisi uchun ham mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida xarajatlarning shunga mos turkumlanishini talab qiladi.
Ikkinchi hisob yo‘nalishi uchun misol tariqasida stanokni saqlash va undan foydalanish xarajatlarini keltirishimiz mumkin. Bunday ma’lumot taklif qilinayotgan stanok bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar bilan solishtirish va tegishli qaror qabul qilish uchun zarurdir.
Uchinchi hisob yo‘nalishi uchun turkumlashning ahamiyatini tushuntirish uchun biror bir b o‘lim uchun xarajatlarning hisobini keltirishimiz mumkin. Bunday ma’lumot xarajatlarni smeta xarajatlari bilan solishtirish imkonini beradi, ya’ni nazorat va tartibga solish maqsadida ishlatiladi.
Xarajatlar hisobining yuqorida keltirilgan uchta yo‘nalishi doirasida xarajatlarni turkumlashning muqobil usullarini quyidagi jadval yordamida ko‘rib chiqishimiz mumkin.