Moliyaviy hisob


-chizma. Kapital qo‘yilmalarning tasniflanishi.4



Download 51,66 Kb.
bet4/8
Sana06.01.2022
Hajmi51,66 Kb.
#323586
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi

1-chizma. Kapital qo‘yilmalarning tasniflanishi.4

Kapital qo‘yilmalar mohiyatini chuqurroq anglash uchun ularning tarkibi va gupuhlari bo‘yicha o‘rganish maqsadga muvofiqdir.







Qurilish-montaj ishlarini bajarish usuliga ko‘ra kapital qo‘yilmalar pudrat usulidagi va xo‘jalik usulidagi kapital qo‘yilmalarga ajratiladi.







  1. chizma. Bajapish usuliga ko‘ra kapital qo‘yilmalarning tasniflanishi.

Qishloq xо‘jaligi korxonalarida kapital qurilish pudrat usulida olib borilganida sarflanadigan kapital xarajatlarni hisobga olib borish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 17-sonli “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” nomli milliy standartida belgilab berilgan.

Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga kirishib, ularning o‘zapo munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi.

Kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilmasi qurilish va montaj ishlari bilan bog‘liq hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olishga, shuningdek, boshqa kapital ishlar va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar tarkibi va nisbatini anglatadi.

Kapital qo‘yilmalar, xususan kapital qurilish xarajatlari qurilishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida qurilish asosiy faoliyat yo‘nalishi qurilishga ixtisoslashmagan boshqa sohalarda qurilish xarajatlari agar o‘zini yordamchi ishlab chiqarishi kuchi bilan xo‘jalik usulida bajarilganda 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” sintetik schyotini tegishli analitik schyoti boshqaruv hisobida hisobga olinsa, pudrat usulida pudratchilar bilan shartnoma asosida qurilayotgan binolar inshootlar va boshqa qurilish - ta’milash ishlari 0800 -“Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” sintetik schyotining 0810 -“Tugallanmagan qurilish” schyotida moliyaviy hisobda hisobga olib boriladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, kapital qurilish ishlari kapital qo‘yilmalarini bir qismi bo‘lib ishlab chiqarish faoliyatini tavsifiga ko‘ra ular turli xo‘jaliklarda turlicha; ba’zilarda moliyaviy hisobda ba’zilarida esa, boshqaruv hisobida mukammal hisob olib borishlari kerak. 1-ilovada qurilish xarajatlarini turli shakldagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisobga olinishi ko‘rsatilgan.

1-ilovada jadvalida ko‘rastilgandek qurilish tashkilotlarida va qurilish xujalik usulida olib borilayotgan xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarda qurilish bilan bog‘liq xarajatlari asosiy ishlab chiqarish 2010 schyotda qurilish tashkilotlarida 2310 yordamchi ishlab chiqarish schyotda (faoliyati qurilish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish ishlari xo‘jalik usulida olib boriladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda) boshqaruv hisobini hisob ob’eti sifatida qaralishi va faoliyati qurilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish pudrat usulida olib borilayotgan xo‘jaliklarda qurilish xarajatlari 0810 - “Tugallanmagan qurilish” schyotida moliyaviy hisobini ob’ekti sifatida qaralsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunda kapital qurilish bo‘yicha barcha xarajatlarni to‘g‘ri hisobini yuritish va aniq ma’lumotlar asosida tahlil qilish jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari yaratiladi

Hisobga olishda kapital qo‘yilmalar takror ishlab chiqarish strukturasining yo‘nalishlari, texnologik struktura, mo‘ljallanishi, xalq xo‘jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, mablag bilan ta’minlash manbalariga ko‘ra guruhlanadi.

Takror ishlab chiqarish strukturasining yunalishlari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar yangi qurilishi, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi.

Yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, shuningdek ishga tushirilgandan so‘ng mustaqil balansda bo‘ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi.

Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot)larda qo‘shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek ishlab turgan korxona xududi yoki unga qo‘shni maydonchada qo‘shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi.

Korxonalarning foydalanishga topshirilgandan keyin mustaqil balansda bo‘lmaydigan filiallarning qurilishi ham ishlab turgan korxonalarni kengaytirish qatoriga kiritiladi.

Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi, o‘tkazish qobiliyati, bino yoki inshootning sig‘ishini) ko‘raytirish ishlari yangi qurilish yo‘li bilan shunday quvvatlar yaratishdan ko‘ra qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.

Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash deganda asosiy va yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, ishlab turgan tsex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik - iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu odatda asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi.

Texnologik strukturasiga ko‘ra kapital qo‘yilmalar qo‘yidagi ish va xarajat turlari qiymatidan tarkib topadi.

  • qurilish ishlarining barcha turlari:

  • uskunalar natijasi bo‘yicha ishlar:

  • qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab qiladigan va qilmaydigan):

  • qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari:

  • boshqa kapital ish va xarajatlar.

Uskunalar kapital qurilishning reja va hisobot ko‘rsatkichlarida qurilish smetasiga kiradigan va kirmaydigan uskunalarga ajratiladi.

  1. Qurilish smetasiga kiradigan uskunalar, ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlash va yangi korxona hamda ob’ektlarni qurish loyiha va smetalarida nazarda tutilgan uskuna, mashina va mexanizmlar loyiha va smetalarga kiritilishi lozim bo‘lgan uskuna, mashina va mexanizmlardir.

  2. Qurilish smetasiga kirmaydigan uskunalarga mazkur tarmoq uchun loyixa - smeta xujjatlarini tuzish tartibida belgilanishiga ko‘ra smetani yuqoridagi punktning birinchi abzatsiga kiritilmaydigan mashina va mexanizmlar kiritiladi.

  • qurilish mashinalari, mexanizmlar, inventar va asboblar, shuningdek qurilish va montaj tashkilotlari transport vositalari:

  • yig‘ ma - razbor qilinadigan bino va inshootlarning inventar detallari komplektlari: inventar uylar, qurilish, geologiya razvedka va qidiruv tashkilotlarining vagon, furgonlar va konteyner tipidagi boshqa anjomlari qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarining traktor, kombayinlari va boshqa ekin ekish, er haydash hamda hosilni yig‘ishtirishga mo‘ljallangan mashinalar:

  • ta’minot - sotuv tashkilotlari konteynerlar va boshqalar.

Uskunalar montaj talab qiladigan va montaj talab qilmaydigan uskunalarga ajratiladi.

Montaj talab qiladigan uskunalarga faqat ayrim qismlari yig‘ ilgandan keyin yoki asos va tayanchlarga o‘rnatilgandan so‘ng ishga tushirilishi mumkin b o‘lgan uskunalar shuningdek, foydalanishga topshirish elektrmontaj va ishga tushirish - sozlash ishlarini talab qiladigan elektron hisoblash mashinalari ham kiritiladi.

Montaj talab qilmaydigan uskunalarga ishga tushirishdan oldin asos va tayanchga o‘rnatishni talab qilmaydigan uskunalar: lokomotivlar, traktorlar, vagon, qishloq xo‘jaligi mashinalari, avtomashinalar va shu kabilar kiradi.

Kapital qo‘yilmalar maqsadga ko‘ra hisobga olishda:

  1. ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan so‘ng moddiy ishlab chikarish soxasi: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar)

  2. noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xo‘jalik sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital qo‘yilmalarga ajratiladi.

Qurilish montaj ishlarini bajarish usuliga ko‘ra kapital qo‘yilmalarga ajratiladi.

Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga kirishib, ularning o‘zaro munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi. Kapital qo‘yilmalar mablag‘ bilan ta’minlashning qo‘yidagi manbalari asosida hisobiga amalga oshiriladi:

Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari, byudjet mablag‘lari va bank kreditlari: davlat kapital qo‘yilmalar limitidan tashqari amalga oshiriladigan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha hukumat tomonidan shu maqsadlarga yo‘llashga ruxsat etilgan mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan manbalari va boshqalar.

  1. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi hamda vazifalari

Korxonalarda xarajatlarni boshqarish eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi, vaxolanki ishlab chiqarish jarayonida sodir bulayotgan vokealar va muomalalarni uz ichiga qamrab olgandir.

Xarajatlarni hisobga olish bu tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish- iste’molchiga etkazib berish jarayonlarida sodir bo‘lgan voqealarni miqdoriy o‘lchash (miqdor va qiymat o‘lchovida), qayd qilish, guruhlashtirish, tayyor mahsulotlar tannarxining tarkib topishi chegarasi b o‘yicha tahlil qilishga qaratilgan faoliyatdir.

Hisob tizimi xarajatlarni ma’lum toifalarga ko‘ra tasniflab yig‘ adi. Buxgalterlar mahsulot tannarxiga kiruvchi xarajatlar va hisobot davri sarflarini tasniflaydilar. Mahsulot tannarxiga qayta sotish uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga oid xarajatlar kiritiladi. Korxonada bu xarajatlar tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini, uning sotilishi paytigacha belgilashda hisobga olinadigan mahsulot birligining tannarxi bo‘ladi. Mahsulot sotilgandan keyin foydani hisoblash uchun bu sarflar sotishdan tushgan tushumlar bilan qiyoslanadi. Hisobot davrining xarajatlari zahipalarni baholashda hisobga olinamaydigan sarflar hisoblanadi. Shuning uchun ular sodir bo‘lgan davridayoq xarajat sifatida tan olinadi.

Mahsulot tannarxini to‘g‘ri rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish hamda uning pasayish manbaalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy xarajatlarnigina emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish muhimdir.

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi tizimi - bu ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish usullari hamda kutilayotgan samaradorlik va amaldagi me’yorlarni xarajatlar bilan taqqoslash, nazorat qilishda ruy beradigan o‘zaro bog‘liqlikdir.

Buxgalteriya hisobining xalqaro nazariyasi va amaliyotida ishlab chiqarish jarayonini ob’ektivligini va tezkorligini ta’minlaydigan axborotlarni olish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki “boshqaruvning barcha bosqichlarida xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar ahamiyatli omildir” .

Amerika olimlari ushbu funktsiyalarni quyidagicha belgilaydi: 1) sotuvga mo‘ljallangan buyumlarni normal yoki qoniqarli sotish baholarini belgilash; 2) baho kamaygan paytda uning minimal chegarasini belgilash; 3) mahsulotlarning qaysi turlari ko‘proq yoki kamroq daromad keltirishini aniqlash; 4) zaxiralarni nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish; 5) zaxiralarning bahosini belgilash; 6) turli ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini nazorat qilish; 7) bo‘lim, tsexlar faoliyatining samaradorligini nazorat qilish; 8) zararlar, yo‘qotishlar va kamomadlarni aniqlash; 9) ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni ajratish; 10) moliyaviy hisob bilan bog‘lash.5





Download 51,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish