Moliyaviy hisob



Download 51,66 Kb.
bet6/8
Sana06.01.2022
Hajmi51,66 Kb.
#323586
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi

Rh = Rn + On

bu erda: Rh - haqiqiy xarajatlar; Rn - normativ xarajatlar; On - normadan chetlanishlar

Normativlarning o‘zgarishi natijasida haqiqiy xarajatlar formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Rh = (Rn ± ARo‘Z) ± ARchet

bu erda: ARo z - o‘zgargan summa; ARchet - chetlanishlar summasi

Xarajatlarning normativ usulini qo‘llash chetlanishlarni batafsil tahlil qilish imkoniyatini beradi. Masalan, har bir javobgarlik markazi uchun xarajat elemntlari (materiallar, mehnat, ustama xarajatlar) bo‘yicha chetlanishlarni aniqlash mumkin, so‘ngra har bir xarajat elementlarini resurslar sraflanishi, bahosi bo‘yicha tahlil etish mumkin. Bunda buxgalter chetlanishlarni aniqlashda menejerga yordam beradi, menejer esa o‘z navbatida ularning sodir bo‘lish sabablari bo‘yicha zaruriy qarorlar qabul qiladi. Agar chetlanishlarning sababi tashqi omillar ta’sirida sodir bo‘lgan bo‘lsa, normativlarni qayta ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

  • kapital xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:

  • kapital investitsiyalar ob’ekti va turlari bo‘yicha haqiqiy bajarilgan ishlar xarajatlarini o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli hisobga olish;

  • kapital investitsiyalarni dastlabki va yig‘ma hujjatlarda belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtirish;

  • qo‘llanilayotgan me’yoriy va reja tannarxidan og‘ ishlarni aniqlash;

  • smeta qiymati va bajariladigan ishlarning haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farqlarni qayd etish hamda tahlil qilish;

  • moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazorat qilish.

  • iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va etarli ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;

  • qurib bitkazilgan ob’ektlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;

  • sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;

  • uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish va texnologiya dasturlarining qoplanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha pentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovap-moddiy zaxipalariga quyilgan kapital mablag‘larning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.

Demak, qurilishda xarajatlarni hisobga olishning asosiy yo‘nalishi bu sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va ushbu faoliyatni amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqapishdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, turli mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi, korxonalarning tashqi bozorga chiqa boshlashi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

  1. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi

Asosiy vositalar balansga kirim qilinishida dastlabki (boshlang‘ich) qiymati bо‘yicha baholanadi. Boshlang‘ich qiymat - tо‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mо‘ljal bо‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan etkazib berish va montaj qilish, о‘гш^^ ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bо‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.10

Kapital qо‘yilmalar buxgalteriya hisobini tashkil etishda ichki foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisob schyotlar rejasini ishlab chiqish, buxgalteriya hisobini tashkiliy asoslari va uslubiyotini, xarajatlarining kelib chiqish joylari va javobgaplik markazlari bо‘yicha tahlil va nazorat qilinishi resurslardan foydalanishda me’yorlardan chetga chiqishlar kabi vaziyatlar e’tiborga olinishi kerak. Ushbu muammolar ijobiy hal etilgandagina, buxgalteriya hisobining samaradorligi va boshqapishdagi о^т oshadi.

Kapital xarajatlarning amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan bog‘liq muomalalarning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi 21-son “Xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xо‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va ularni qо‘llash bо‘yicha yо‘piqnoma” buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

0810- “Tugallanmagan qurilish”;

0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”;

0830- “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;

0840- “Asosiy podani tashkil qilish”;

0850- “Yerni obodonlashtirishga kapital qо‘yilmalar”;

0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bо‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qо‘yilmalar”;

0890- “Boshqa kapital qо‘yilmalar”

Analitik hisob hap bir kapital qо‘yilma, xо‘jalik shartnomasi va xarajat elementlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Aytib o‘tilgan ob’ektlar foydalanishga qabul qilingach ularning balans qiymati 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga olinadi.

Qurilishga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xususiyatlarini ko‘pib chiqamiz.

0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni bappo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.

Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qo‘shma korxonalarda ishlarini bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999 yil 23 dekabpda 579 son bilan ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” nomli №17sonli milliy standarti, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktabpdagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.

Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, qurilish tashkilotlari ishlab chiqarishida va buyurtmachiga ob’ektni topshirishda aks ettiriladi.

Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  • ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlar tarkibidagi Nizom asosida bevosita xarajatlar;

  • pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli bo‘lgan va pudrat shartnomalari bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma bahosiga ko‘shilishi mumkin bo‘lgan, xarajatlar tarkibi haqidagi Nizom asosida bilvosita xarajatlar;

  • qurilish pudrati shartnomalari shartlari bo‘yicha buyurtmachi tomonidan qoplanadigan boshqa xarajatlar. Shaptnoma shartlarida ular bo‘yicha xarajatlarning qoplanishi aytib оЧ^т Misol uchun: tajriba - konstruktorlik ishlariga xarajatlar. Pudrat shartnomasi bо‘yicha faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi buyicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi. (Masalan: pudrat shartnomasi shartlarida qoplash qayd etilmagan ma’muriy

17

xarajatlar, tajriba konstruktorlik ishlari xarajatlari, sotish xarajatlari va xokazo).

Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini qurilish pudrati shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. Mazkur shartnoma pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘iga kо‘ra muayyan ob’ektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini olishini, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratish, uni qabul qilish va shartlashilgan napxni to‘lash majburiyatini olishini nazarda tutadi. Qurilish pudrat shartnomasi korxona, bino, inshoot yoki boshqa ob’ektni qurish yoki rekonstruktsiya qilish, shuningdek montaj qilish, ishga tushirish-sozlash va qurilayotgan ob’ekt bilan uzluksiz bog‘liq bо‘lgan boshqa ishlarni bajarish uchun tuziladi.

Agap qurilish-montaj ishlarini bajarish shartnomasi bо‘yicha ishlarni materialllar bilan ta’minlash majburiyati pudrat tashkilotiga yuklangan bо‘lsa, buyurtmachi tomonidan pudrat (yordamchi pudrat) tashkilotiga qurilish materialllarining berilishi soliq solish maqsadida pealizatsiya deb tan olinib, belgilangan tartibda qо‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. Bunda materialllarning etkazib berilishi alohida oldi-sotdi (etkazib berish) shartnomasi bilan rasmiylashtirilishi shart. Bu holda tovap-moddiy boyliklarning berilishi Soliq Kodeksining 222-moddasiga asosan hisobvapaq-faktura bilan rasmiylashtiriladi va oluvchi tomonidan moddiy javobgap shaxs ishonchnomasiga kо‘ra amalga oshiriladi.

Qurilishning xо‘jalik usuli quruvchining о^ kuchi bilan, pudrat tashkilotlari jalb etilmay bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni xо‘jalik usulida qurilish-montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish, faoliyat yurituvchi ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.

Qurilishning xo‘jalik usulida tashkilotda odatda qurilish paytida qurilish bo‘linmasi (kapital qurilish Ьо‘ШШ) tuzilib, u qurilish ishlarining muayyan turlarini bajaradi.

Xo‘jalik usuli bilan qurish uchun tashkilot о^ ishlab chiqarish bazasini yaratadi, qurilish mashinalari va mexanizmlari, asboblar va inventar xarid qiladi yoki ijaraga oladi, qurilishni qurilish materialllari, konstruktsiyalar va detallar, loyiha-smeta hujjatlari, ishchilar va muhandis-texnik kadplar bilan ta’minlaydi.

Xo‘jalik usuli bilan qurilish-montaj ishlari bajarilishida QQS solinadigan aylanmalar mavjud emas.

O‘z kuchi va о^ ehtiyojlari uchun qurilish-montaj ishlari bajarilishida foydalanilgan, xarid qilingan moddiy-ishlab chiqarish zaxipalari bo‘yicha QQS summasini korxona hisobga kiritmay qurilish-montaj ishlari qiymatiga hisobdan chiqaradi.

Asosiy vositalar ob’ektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish bo‘yicha umumiy buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.


Download 51,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish