4-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi
Hozirda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bo‘yicha umum qabul qilingan tamoyillar mavjud emas. Shunga qaramay ularni uch belgisiga qarab: xarajat ob’ektlari, xarajatlarni hisobga olishning to ‘ liqligi va xarajatlarning operativligi va nazorati bo‘yicha 4-chizmadagicha guruhlash lozim deb hisoblaymiz.
Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bo‘yicha va rejalashtirish bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarda xarajatlar hisobi va mahsulotlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilishning me’yoriy, buyurtma, qaytadan hisobga olish, asosiy hisobga olish usullari ko‘rsatib o‘tilgan.6
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritishimiz mumkin:
iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va etarli ma’lumotlar bilan ta’minlash;
chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;
uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan- ishlab chiqarish va texnologiya dasturlarining qo‘llanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralariga quyilgan kapital mablaglarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulotni tannarx asosida baholash tamoyili ob’ektiv haqiqatdir, chunki u hujjat ma’lumotlariga asoslanadi. Bu o‘z navbatida, korxonaning bozor munosabatlariga o‘tishida uning ishlab chiqarish siyosatini bozor talablariga qaratilishini, ishlab chiqarishi xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarni izlashga undaydi. Bunda tannarx salbiy omillarni aniqlashga, kamchiliklarni oldini olish va
xarajatlarni prognozlashtirish imkoniyatini beradi.
Tannarxning mohiyati shundan iboratki, bu ko‘rsatkich korxona uchun tovarni ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazish qanchaga tushdi, degan savolga javob beradi. Tannarxning muhim jihati shuki, u ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, uni tartibga solish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning bor-yo‘qligi, buxgalteriya xizmatining uni aniqlash hohishi yoki imkoniyalari kabi shartlarga bog‘liq emas.
Xarajatlar hisobining nazariyasi va amaliyotida birgina «tannarx» tushunchasigina mavjud emas. Uning mazmuni quyidagi omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin: mahsulotning tayyorlik darajasi va uning sotilishiga qarab, yarim tayyor mahsulot, omborda saqlanayotgan mahsulot va sotilgan mahsulot tannarxlari; mahsulot miqdoriga qarab, mahsulot birligining, butun ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi; joriy xarajatlarni kalkulyatsiya ob’ektining tannarxiga kiritish to‘ liqligiga qarab, to‘liq amaldagi tannarx va cheklangan tannarx; tannarxni shakllantirishning tezkorligiga qarab amaldagi yoki me’yoriy, rejali tannarx farqlanadi.
Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda xaridorlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bo g‘ liq bo‘lib, bu jarayon o‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega.
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat o‘z tarkibiga ko‘ra, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga ko‘ra ham turlichadir. Ba’zi birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Uchinchi toifasi esa amaldagi qonunchilik bo‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yo‘nalish-ishlab chiqarish xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsalar, aynan shu narsaning o‘zi hisob yo‘nalishi bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yo‘nalishiga mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi, sotish bo‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda
Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zaxiralarni baholash zaruratini yuzaga keltiradigan holatlar misol bo‘lishi mumkin.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga tushganini ko‘rsatadi.7 Tannarx ko‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, mahsulotlar rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish choralarini aniqlash uchun ishlatiladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
Bir birlik mahsulot reja tannarxi rejalashtirilgan jami mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari summasini rejalashtirilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Haqiqiy tannarx hisobot yili oxirida haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadi. Tannarx ko‘rsatkichini taqqoslash va tahlil qilish uchun reja va haqiqiy tannarx bir xil usul bo‘yicha aniqlanadi.
Mahsulotni kalkulyatsiya qilishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy
iqtisodiy adabiyotlarda kalkulyatsiya alohida olingan mahsulot (ish, xizmat)lar
12
birligi tannarxining iqtisodiy hisob-kitoblari tizimi sifatida ta’riflanadi.
Kalkulyatsiya jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi va tannarx
kalkulyatsiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida “standart-kosting” (normativ
1 ^
usul), “direkt-kosting” va “AVS ” usullari bo‘lishi kerak.
“Standart-kosting” tizimi - bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi avvaldan puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi.8
Mazkur davr uchun haqiqiy xarajatlar ham javobgarlik markazi bo‘yicha olib boriladi. Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash orqali chetlanishlar aniqlanadi. Haqiqiy tannarx quyidagi formula asosida aniqlanadi:9
Do'stlaringiz bilan baham: |