Moddiy ishlab chiqarish asoslari


Yakutiyaning chorvachilik rayoni



Download 1,05 Mb.
bet51/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

3. Yakutiyaning chorvachilik rayoni. Hududning pastqam qismlarida qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos tipi tarkib topdiki, bu esa tog‘lar bilan o‘ralgan iqlimi quruq va o‘ta kontinental bo‘lgan ko‘p yillik muzloq tarqalgan tabiiy landshaftlar kabi o‘ziga xosdir. Qisqa vegetatsiya davrida (sovuq bo‘lmaydigan davr o‘rta hisobda 90 kunga yaqin) havoning issiq kelishi ertapishar g‘alla ekinlaridan yuqori hosil olishga imkon beradi, bu ekinlardan eng muhimlari arpa bilan bug‘doydir. Qurg‘oqchilik va qora sovuqlar tufayli ekinlarning hosili har yili har xildir. Gruntning ko‘p yillar davomida tungib yotishi relyef shakllariga, namgarchilik va tuproq qoplami xossasiga ta’sir etib, orollar kabi dehqonchilik o‘choqlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan, bu erlarda botqoq bosgan hududlarning yaylov va pichanzor maydonlari orasida unda-bunda dehqonchilik qilinadigan uchastkalar uchraydi.
Aksari tabiiy o‘tloqlarga asoslangan qoramolchilik xo‘jalik negizidir, bu erlarda chorva mollari uzoq vaqt yaylovlarda o‘tlab yuradi. Uyur yilqichiligi Markaziy Osiyo chorvachiligining an’anaviy tarmog‘idir. Yoqutlar XIII-XIV asrlarda ana shu hududga yilqichilik bilan birga kirib kelgan. Yilqichilik tabiiy yem-xashak resurslaridan to‘laroq foydalanishga imkon beradi. Qishning kam qor kelishi yilqilarni yaylovlarda boqishga imkon beradi. Bug‘uchilikning ahamiyati kattagina. Asosiy tovar mahsuloti-go‘sht bilan sut.
DEHQONCHILIGI RIVOJLANGAN YEM-XASHAK ETISHTIRISHGA MOSLASHGAN INTENSIV CHORVACHILIK RAYONLARI
Yevropaning shimol va shimoli-g‘arbidagi katta-katta maydonlarda ko‘proq chorvachilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi tarkib topgan. Buning sababi shundaki, bu yerda iqlim sernam bo‘lib, issiq davr qisqa, yozda temperatura u qadar yuqori bo‘lmaydi. Bu esa, chorvachilikka yem-xashak bo‘ladigan o‘simliklar yetishtirish uchun qulaydir. Ekinzorlarga ekilgan, shuningdek madaniylashtirilgan o‘tloqlardagi ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar, xashaki ildiz-mevalar va rezavor mevalar, silos bostirish uchun mo‘ljallangan o‘simliklar, boshoqli g‘alla ekinlari moyli ekinlarga nisbatan mahalliy iqlim resursla­ridan to‘laroq foydalanishga imkon beradi.
Bundan tashqari tuproq hosil bo‘lish xarakteri bu hudud qishloq xo‘jaligiga kuchli ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda bu yerdagi chimli-podzol va podzol gleyli tuproqlarning mahsuldorligiga, avvalo, ularning tarkibida ozuqa moddalar yetishmasligi, tuproq fizik xossalarining yomonligi, reaksiyasining kislotaligi xalaqit beradi. Bu yerdagi tuproqlar tabiiy holida yuqori hosil berishga qodir emas. Bu yerlarda dehqonchilikda ana shu tuproqlarning asl tabiiy xossalarini doimo engib borishga to‘g‘ri keladi. Ommaviy ishlab chiqarish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tuproqlarni madaniylashtirish (tabiiy holatdagi dastlabki tabiiy landshaftlardagiga nisbatan foydalanadigan erlarda moddalar almashinishining o‘zgarishi) yerlarga o‘g‘it solishni va tuproqni organik moddalar bilan boyitadigan o‘simliklarni zaruriy mutanosiblikda almashlab ekib turishni taqozo qiladi.
Ana shu juda muhim omillar bilan bir qatorda (bu omillar noqoratuproq zonadagi omillarga o‘xshab ketadi) zaxkash joylarni quritish, tuproqlarga ommaviy tarzda ohak solish muhim ahamiyatga egadir. Dehqonchilikning tipi, shuningdek tabiiy yem-xashak maydonlarining sifati go‘sht chorvachiliginigina emas, balki asosan sut chorvachiligining rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Janubiyroq rayonlarda tabiiy sharoit sut chorvachiligi uchun u qadar qulay emas, chunki yoz u qadar seryomg‘ir bo‘l­maydi, o‘tlar esa ertaroq dag‘allashib qurib qoladi.
4. Yem-xashakka ixtisoslashgan dehqonchilik bilan birga sut-go‘sht chorvachiligi, cho’chqachilik rayoni (noqoratuproq zonaning shimoli-g‘arbi-Litva, Estoniya, Kaliningrad, Belorussiya bilan Sankt-Peterburgning bir qismi) sharqroqda joylashgan rayonlardan iqlimining kamroq kontinentalligi, vegetatsiya davri yetarli darajada uzoq bo‘lgan holda namgarchilik bilan muhim ta’minlanganligi bilan farq qiladi. Bu esa yem-xashak yetishtirishning intensiv shakllarini rivojlantirishga, tuproqlarni madaniylashtirishga qulaylik tug‘dirgan. Namgarchilik ortiqcha bo‘lgan, pastqam yerlarni botqoqliklar bosgan katta-katta maydonlar zovur sistemalari barpo qilinishi oqibatida ekinzorlarga va ko‘p yillik o‘tlar ekiladigan yaylov­lar va pichanzorlarga aylantirilgan. Noqoratuproq zonaning ana shu qismi madaniy o‘tloqchilik taraqqiyotiga ko‘ra boshqa qismlardan ancha oldindadir. Ekin maydoni tarkibida ana shu xilma-xil o‘simliklar nisbati almashlab ekish tipiga to‘g‘ri keladi, bu yerlarda ko‘p yillik xashaki o‘tlar ham va choshiq qilinadigan ekinlar ham (kartoshka, silosbop ekinlar, xashaki ildiz-mevalar) ulushi har doim bir xilda bo‘ladi. Bu rayonda noqoratuproq zonaning boshqa rayonlariga nisba­tan oldinroq asosiy dala ekinlariga ko‘plab mineral o‘g‘itlar solinib yuqori hosil olindi. Kartoshka, kichikroq maydonlarda uzun tolali zig‘ir, qand lavlagi ekiladi. Bu rayonlarda sharqroqdagi rayonlardagiga nisbatan chorva mollarining zichligi (1 ga ekinzorga to‘g‘ri keladigan chorva mollari soni) kattaroqdir.
5. Sut-go‘sht chorvachiligi, cho‘chqachilik, kartoshkachilik va zig‘irchilik rayonn (xuddi usha tuproq zonasining janubi-g‘arbi-Belorussiyaning katta qismi va Ukraina Polesesi) bundan oldingi rayoni kabi intensiv dehqonchilikka ega. Lekin bu yerlarda ekinzorlarda eki­ladigan o‘tlar ko‘p yillik ekma yaylovlar va pichanzorlar bilan band maydonlar kamroq, silosbop ekinlar va uzun tolali zig‘ir, kartoshka bilan band yerlar esa ko‘proqdir.
Ana shu asosiy tovar tarmoqlariga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi Karpat oldida o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Bu yerda zig‘irchilik bilan bir qatorda unumdorroq yerlarda qand lavlagi ekila­di. Belorussiya Polesesining juda botqoq bosgan hududlarida hozirgi vaqtda dehqonchilik asosan quritilgan torf tuproqli erlarda rivojlangan bo‘lib, o‘tlar-g‘alla ekinlari-chopiq qilinadigan ekinlar bilan almashlab ekiladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish