Moddiy ishlab chiqarish asoslari


Sut-go‘sht chorvachiligi va zi



Download 1,05 Mb.
bet52/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

6. Sut-go‘sht chorvachiligi va zig‘irchilik rayoni. Sharqqa borgan sari chimli-podzol tuproqlar zonasi hududida sovuq bo‘lmaydigan davr va vegetatsiya davri qisqaradi. Bahorgi va yozgi qurg‘oqchiliklar ko‘payadi. Havo temperaturasi bir xil bo‘lgan hududlarda bu yerda nam­garchilik kamroq bo‘ladi. Iqlim potensialining pasayishi asosiy dala ekinlari hosildorligining darajasiga, dehqonchilik sistemasiga va turli ekinlar nisbatiga ta’sir qiladi. Bu yerlarda chopiq qilinadigan ekinlar maydoni kamroq, qora shudgorlar esa ko‘proqdir. G‘alla-o‘tlarni almashlab ekish, shuningdek yerlarga ekin ekmasdan dam berish sistemasida uzun tolali zig‘ir muhim o‘rin tutadi. Ko‘p yillik o‘tlar zig‘irdan oldin ekilsa yaxshi natija beradi.
Rayonning g‘arbiy qismlarida iqlim zig‘irchilik uchun ayniqsa qulaydir. Yengil tuproqlar tarqalgap joylarda (muzlik suvlari jinslarni tunlab ketgan hududlarda) zig‘ir ekilmaydi, bunday yerlar­da ko‘p yillik o‘tlar maydoni kamroq, kartoshka tovar beradigan ekin hisoblanadi. Chorvachilikning yem-xashak bazasi g‘arbroqda joylashgan rayonlardagiga nisbatan u qadar intensiv emas, quritilgan o‘tloqlar, ko‘p yillik ekma pichanzorlar, yaylovlar kamroq.
7. Go‘sht-sut chorvachiligi, kartoshkachilik, cho‘chqachilik, g‘alla xo‘ja­ligi rayoni. Rossiyaning Yevropa qismidagi chimli-podzol tuproqlar zonasining janubiy qismidagi anchagina katta maydonlarda zig‘irchilik ri­vojlangan emas. Bu esa iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Bahor va yoz paytlarida yog‘in-sochin yetishmaydigan va havo temperaturasi baland bo‘lgan yillar tez-tez takrorlanib turadi. Rossiyaning Markaziy iqtisodiy rayonning yirik shaharlaridagi qishloq xo‘jaligi qaymog‘i olinmagan sut etkazib berishga, kartoshka va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Tovar ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy tarmoqlari: sut yetishtirish ustun turgan qoramolchilik, kartoshkachilik, cho‘chqachilik. Tovar beradigan tarmoq hisoblangan g‘alla xo‘jaligi katta maydonlarda rivojlangan.
8. Dehqonchilik intensiv rivojlangan kartoshkachilik, sut-go‘sht chorvachiligi rivojlangan sabzavotchilik o‘choqlari rayoni. Moskva aglomeratsiyasiga yondosh hududlar qishloq xo‘jaligining o‘ta intensivligi, chorvachilikning sutga ixtisoslashishi, parrandachilik va chuchqachilikka, asosan yem-xashak etishtiriladigan dehqonchilikka ixtisoslashganligi, chopiq qilinadigan ekinlar, jumladan kartoshka katta o‘rin tutishi bilan keskin farq qiladi. Melioratsiya qilingan (quritilgan, shuningdek, sug‘orilgan) erlar maydoni katta. Ko‘plab organik va mineral o‘g‘itlar ishlatiladi.
8a. Sut-go‘sht chorvachiligi, chuchqachilik kartoshkachilik, sabzavotchilik rayoni. Sankt-Peterburga yondosh bu hudud qishloq xo‘jaligi ham yuqoridagi kabi ixtisoslashgan bo‘lib o‘ta intensivdir. Lekin hudud dehqonchilik taraqqiy etgan maydonlarning shimoliy chekkasida bo‘lganligidan, yerlar kuchli botqoqlanganligidan xo‘jalik intensiv yem-xashak ishlab chiqarishga-ko‘p yillik va bir yillik ekinlar, silosbop ekinlar, kartoshka, kamroq miqdorda g‘alla ekinlari etishtirishga ixtisoslashgan. Ekinzorlar, ko‘p yillik ekma pichanzorlar, yaylovlar aksari quritilgan yerlardadir.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish