12. Don xo‘jaligi, kartoshkachilik, sut-go‘sht chorvachiligi va cho‘chqachilik rayoni. O‘rmon-dasht zonasining shimolroqda joylashgan sharqiy qismlarida sur o‘rmon tuprog‘i, ishqori yuvilgan qora tuproq, podzollashgan tuproqlarda almashlab ekishda qand lavlagining salmog‘i kamaya boradi. O‘simlikchilikda tovar mahsulot tarkibida g‘alla ekinlari birinchi o‘rinda turadi. Intensiv ekinlar orasida kartoshkaning ahamiyati katta, qand lavlagi, nasha ekiladigan yerlar ko‘p emas. Bu yerlarda almashlab ekishda yuqorida ko‘rib chiqilgan rayonga nisbatan chopiq qilinadigan ekinlar qancha kam bo‘lsa, shudgorlar shuncha ko‘p. Yem-xashak bazasining strukturasi ham intensiv, qoramollar boqish, cho’chqachilik juda taraqqiy etgan.
13. Don xo‘jaligi, go‘sht-sut chorvachiligi rayoni yuqoridagi ikkita rayondagi kabi shimoldan janubga tomon tuproq tiplari almashina borishi bilan xarakterlanadi, lekin bu yerda yog‘in-sochin kam va temperatura yig‘indisi ham pastroqdir. Dehqonchilik ko‘proq g‘alla ekishga ixtisoslashgan (bunda bahori bug‘doy ko‘proq ekiladi, chunki qattiq keladi). Chopiq qilinadigan ekinlarning ahamiyati bu yerda undan ham kam. G‘alla ekinlari almashlab ekiladi va erlar shudgor qilinadi. Bu rayonga kungaboqar ekiladigan arealning shimoliy chekkasigina kirib kelgan. Qand lavlagi maydoni katta emas va kichikroq maydonlarni ishg‘ol qilgan. Bu erlarda kartoshka maydoni ham ko‘p emas.
ASOSIY DON XO‘JALIGI RAYONLARI Dasht zonasida yog‘in-sochinning etishmasligi ishlov berilgan yerlardagi ekinlarning mahsuldorligini cheklab turadigan asosiy omil buo‘lib qoladi. Ekinlar tarkibining o‘zgarishi ham asosan yog‘ingarchilikning kam bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu erlarda ham yerlar ko‘p haydalgan, faqat qoramtir kashtan tuproqlar hamda sho‘rtoblar uchraydigan joylarda, asosan rayonning sharqida yerlar kamroq haydalgan. Shirali va yashil yem-xashak beradigan o‘simliklar ekin maydonlarining kattagina qismini egallaydi (20-30%). Biroq asosiy g‘alla ekinlariga nisbatan bu ekinlarning hosildorligi uchun zarur bo‘lgan iqlim sharoiti u qadar qulay emas.
Bu joylarda sug‘oriladigan yerlarda yem-xashak ekinlari etishtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan katta-katta maydonlarda xo‘jalikning ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tiplari, masalan, sholikorlik, lavlagikorlik-g‘allachilik, mevachilik-uzumchilik, sabzavotchilik tiplari tarkib topdi (shimolroqda joylashgan rayonlar uchun janubiy sabzavot ekinlari etishtiriladi).
14. Don xo‘jaligi, uzumchilik va mevachilik, sabzavotchilik, go‘sht-sut chorvachiligi rayoni. Dasht zonasining eng g‘arbiy qismida kattagina hududni o‘z ichiga olgan bu yerda g‘alla hamda chopiq qilinadigan ekinlar almashlab ekiladigan, kuzgi bug‘doy, arpa, makkajo‘xori almashlab ekiladigan dalachilik bilan bir qatorda uzumchilik, mevachilik, sug‘oriladigan yerlarda sabzavotchilik taraqqiy etgan. Bular Rossiyaning-Odessa, Nikolaev, Xerson oblastlarining Qora dengiz sohiliga yaqin qismlari, Qrim yarimorolining tekislikdan iborat maydonlaridir. Bu yerda iqlim mo‘‘tadil quruq bo‘lib, vegetatsiya davri uzoq ko‘p yillik ekinlarning qishdan eson-omon o‘tishi uchun sharoit qulay. Bu rayonda sug‘oriladigan yerlar maydoni katta, kelajakda obikor dehqonchilikning yanada rivojlantirilishi oqibatida qishloq xo‘jaligining xarakteri o‘zgarishi mumkin.