Masalan, Sobiq Ittifoqda quyidagi o‘ziga xos va mos bo‘lgan, qishloq xo‘jalik rayonlari tiplari ajratilgan edi. CHEKKA SHIMOLNING KASBKORLIK VA QISHLOQ XO‘JALIK RAYONLARI 1. Bug‘uchilik-kasbkorlik rayoni. Bug‘uchilik xo‘jaliklari yaylov chorvachilik xo‘jaligining eng ekstensiv tipidir. Bu esa tundra va shimoliy tayga yaylovlarining juda kam mahsulligi va chorva mollarini butun yil davomida yaylovlardagi yem-xashak bilan boqish zarurligi oqibatidir. Bug‘uchilikda yaylovlarning mavsumlar davomida almashilib turishi, podalarni bir landshaftlardan ikkinchi bir landshaftlarga yuzlarcha kilometr masofalarga haydab borilishining sababi shundaki, tundra va o‘rmon tundradagi yalang o‘tli va butazor yaylovlar yashil o‘simliklarning vegetatsiya davrida, ya’ni yozda 2-3 oylardagina ozuqa bera oladi. Yilning ana shu davrida bug‘ular semirib vazni oshadi. Tayga landshaftlari qishki yaylovlardir, bu yerlarda bug‘ulardan bir qismigina yil davomida boqiladi. Yilning sovuq davrida xilma-xil lishayniklar asosiy yem-xashak hisoblanadi. Bunday lishayniklarning muhim xususiyati shundaki, ularning to‘yimliligi yil fasllariga qarab kam o‘zgaradi.
2. Kasbkorlik-qishloq xo‘jalik rayoni.Bug‘uchilik xo‘jalik tipining janubiy chegarasida shimoliy bug‘u ekologiyasi bilangina emas, chorvachilikning boshqa tarmoqlari taraqqiyoti bilan ham cheklangan. Bunday tarmoqlar yem-xashak resurslaridan foydalanadi va oziq-ovqatning mahhalliy manbalarini bunyod etadi. Bug‘ular o‘rnini, asosan, qoramollar olishi tabiiy muhit xo‘jalikni yuritishning ingensivroq usullarining rentabelligiga yordam beradigan joylardan boshlanadi, ya’ni pichan tayyorlash va uzoq qishga chorva mollarini ta’minlash uchun boshqa yem-xashaklar hozirlanadigan joylardan boshlanadi. Chekka Shimolda chorvachilik bilan dehqonchilikning rivojlanishiga issiq mavsumning qisqaligi, hududning botqoq bosganligi, tuproqlarning noqulay xossalari monelik qiladi. Issiqlik yetarli bo‘lgan shimoliy va o‘rta tayganing katta-katta maydonlarida yem-xashak yetkazib beradigan dehqonchilik uchun sharoit mavjud bo‘lganidan qishloq xo‘jaligi orollar kabi tarqalgan.
Ob daryosi o‘rta oqimidagi qayir (bu erda 6 mln. gektarga yaqin o‘tloq bor) kabi juda katta ozuqa manbalaridan foydalanishga daryo suvlarining kechroq toshib hamma yoqni suv bosib ketishi, shuningdek har yili bo‘lmasa ham o‘tlarni kuzgi suv bosib ketganidan pichan tayyorlash imkoniyati kamligi xalaqit beradi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanmagan hududlardagi o‘tloqlardan pichan tayyorlash va qayta ishlashning ixtisoslashtirilgan yem-xashak xo‘jaliklari tomonidan amalga oshirish istiqboli katta. Bunday xo‘jaliklar tayyorlangan yem-xashaklarni janubiy rayonlarga jo‘natib turishi mumkin.