Moddiy ishlab chiqarish asoslari


Yaylov chorvachiligi, qo‘ychilik, go‘sht



Download 1,05 Mb.
bet58/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

21. Yaylov chorvachiligi, qo‘ychilik, go‘sht qoramolchiligi va g‘alla dehqonchiligi rayoni. Dasht va quruq dashtlardagi g‘alla dehqonchiligi bilan chalacho‘l va cho‘llardagi yaylov chorvachiligi orasida oraliq polo­sa, boshqacha qilib aytganda, yerlardan foydalanishning ana shu turli usullari bir-biri bilan tutashgan zona joylashgan. Bu yerlarda ekinzorlar bilan birgalikda yaylov massivlari ham uchraydi. G‘alla dehqonchiligining qurg‘oqchil landshaftlar tomon tarqalish chegarasi iqlimgagina emas, balki tuproq hosil qiluvchi jinslar va tuproqlarning xossalariga ham bog‘liqdir. Ana shu iqlim sharoitida qulayroq tuproqli yerlar ekinzorlar bilan band, sho‘rtoblarda, sho‘rtobsimon tuproqlarda, toshloq yonbag‘irlarda yaylovlar saqlanib qolgan. Ayrim joylarda erlarni bostirib sug‘orish yoki oddiy sug‘orish bilan dehqonchilik qilinadi.
22. Chalacho‘l va cho‘llardagi yaylov chorvachiligi rayoni biz yuqorida ko‘rib chiqqan rayonga bevosita yondashadi. Bu yerlarda qishloq xo‘jali­gi shimoliy chalacho‘llardagi turli tipda xo‘jalik yuritiladigan erlar­da olib boriladi. Lekin sug‘orma dehqonchilik katta o‘rin tutmaydi (Volga, Ural, Sirdaryo, Irtish, Ili kabi yirik daryolarning suvlari bilan sug‘oriladigan katta-katta maydonlar bundan mustasno). Yem-xa­shak resurslarining o‘zlashtirilishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ikkita shartdan yaylovlarga qo‘shimcha ravishda boshqa yem-xashak berish yo‘li bilan chorva mollarini ta’minlash va suvloqlar shoxobchalarini yaratish muhim rol o‘ynaydi. Bulardan birinchisi ikkinchisiga nisbatan osonroq bo‘lib, kamroq mablag‘ talab qiladi. Bu tadbirlardan har biri bir vaqtda va bir me’yorda amalga oshirilganda samarali bo‘ladi.
Chalacho‘llar zonasida shuvoq-boshoqli o‘tlardan mexanizatsiya yordamida pichan tayyorlash usuli keng tarqalgan bo‘lsa ham, hosil kam va doimiy bo‘lmaganidan yozgi va qishki yem-xashak resurslarini tenglashtirish vazifasini qismangina hal qiladi. Yerlarni bostirib sug‘orish qishga yem-xashak zapasini tayyorlashga yordam bersa ham, rayondagi kichik-kichik hududlardagina samara beradi. Umuman chalacho‘llar bahorgi va kuzgi paytlardagina mol boqish uchun yaroqlidir. Biroq qumloq, qumli, gilli, toshloq maydonlar, to‘qay va sho‘rak landshaftlarning o‘simliklari xilma-xil bo‘lganidan ulardan ko‘pincha yilning 2/3 qismidan 3/4 qismigacha foydalaniladi.
Qozog‘iston va Quyi Volgabo‘yidagi chala-cho‘llarning shimoliy qismlarida chorva mollarini bir joyda boqish 4-5 oy davom etadi. Chorva mollari qishlaydigan joylar qishda pichan tayyorlashga imkon beradigan o‘simlik tiplari bor-yo‘qligiga qarab tanlanadi. Ana shunday joylarga yaqin yaylovlardan yilning sovuq pay­tida foydalaniladi. Mavsumiy em-xashak resurslarini yaratishning boshqa tadbirlari ham mavjud. Masalan, qishda qishlovda saqlanadigai mollar sonini kamaytirish (yaylov mavsuminiig oxirida chorva mollar sonining ancha qismini go‘shtga topshirish), turli yaylovli hududlarda xilma-xil yoshlardagi chorva mollarni boqish shular jumlasidan biridir. Xo‘jalikni rivojlantirish hamda yem-xashak resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun sug‘oriladigan maydonlarda maxsus yem-xashak yetishtirish kerak bo‘ladi.
23. Janubiy chalacho‘llarning qorako‘lchilik asosiy rol o‘yiaydigai yaylov chorvachiligi rayoni. Bu yerda qish shimoliy cho‘llardan farq qilib, kamroq davom etadi va u qadar sovuq emas, yoz oylarida yog‘in umu­man yog‘maydi. Yaylovlardagi o‘simliklar taraqqiyotining mavsumiy ritmi va tarkibi xiyla boshqacha. Yilning yarmida, ya’ni sovuq bo‘ladigan davrida ham vegetatsiya davom etadi. Bahorgi efemer o‘simliklar yem-xashak resurslarining eng mahalliy yem-xashagidir. Chorva mollarining tarkibiga iqlim sharoiti bevosita ta’sir etadi. Bu erlarda qorakul qo‘ylar va tuyalar asosiy chorva mollaridir. Mayin junli yoki go‘sht va yog‘ beradigan qo‘ylar u qadar ahamiyatli emas. Bir-birlaridan ayachagina uzoqda joylashgan mineral suvli, suvloqlari bo‘lgan yaylovlardan foy­dalaniladi. Qorako‘lchilik yaqqol ekologik chegaraga ega. Markaziy Osiyoning tog‘li va tog‘oldi oblastlarida tarqalmagan (mayin junli va go‘sht- yog‘ beradpgan qo‘ychilikdan farqi ana shunda).

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish