TOR IXTISOSLASHGAN DEHQONCHILIK XO‘JALIGI RAYONLARI
Bunday rayonlar ayrim o‘simliklar uchun tabiiy muhit va iqtisodiy sharoit eng qulay bo‘lgan joylarda, ya’ni o‘sish uchun shu joyning iqlim, tuproqlariga moslashgan va ularni ekish uchun sharoit hozirgi zamon qishloq xo‘jaligining negizini tashkil etadigai ko‘pchilik boshqa ekinlardan keskin farq qiladigan joylarda tarkib topgan. Bunday o‘simliklarni etishtirish qiyosan kichik-kichik areallarda uchraydi. Bular jumladan, ko‘pincha o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan ko‘p yillik daraxt va buta o‘simliklari (mevali daraxtlar, uzum, rezavor mevali butalar, choy o‘simligi va boshqa texnikaviy daraxtsimon o‘simliklar), shuningdek ko‘pgina o‘tsimon o‘simliklar-sabzavot, poliz, texnika ekinlaridir.
Qisman bunday ekinlar tarqalgan joylar boshqa o‘simliklar bilan band bo‘lgan dalalarning o‘rtalarida kichik-kichik maydonlarni ishg‘ol qilgan bo‘lib, tamomila boshqa sohalarga ixtisoslashgan rayonlarda qo‘shimcha tarmoq hisoblanadi. Biroq sharoit eng yaxshi bo‘lgan joylarda xuddi ana shu o‘simliklar xo‘jalik sistemalarining asosiy elementi bo‘lib, boshqa yordamchi tarmoqlar ana shu sohaga qo‘shimcha hisoblanadi. Quyida ana shunday tor sohaga ixtisoslashgan rayonlariing asosiy tiplari xarakterlanadi. Kartaning masshtabi shu gruppadagi rayonlardan ayrimlarnigina ko‘rsatishga imkon beradi.
25. Sabzavotchilik rayonlari. Ixtisoslashgan sabzavotchilik xo‘jaliklari maydoni jihatidan yaxlit katta areallar hosil qilmaydi. Bunday xo‘jaliklarning kam bo‘lishi-qisman asosiy sabzavot ekinlarining biologik xususiyatlari, mahsulotning tashish uchun qulay emasligi, shuning uchun ham bunday xo‘jaliklarni shaharlarga, meva-sabzavot konserva zavodlariga yaqin joylashtirish zaruriyati natijasidir. Sabzavotchilik qadimdan juda unumdor, qisman allyuvial tuproqli erlarda rasm bo‘lgan. Zamonaviy yirik va ixtisoslashgan sabzavotchilik xo‘jaliklarining joylashishi ko‘p jihatdan janubiy qismdagi sug‘orish sistemalari bilan, shimolroqdagi rayonlariing botqoq bosgan qayir yerlari melioratsiyasi bilan bog‘liqdir.
Ayrim sabzavot ekinlari yetishtirish samaradorligidagi katta tafovutlar mahalliy xususiyatlari va namgarchilik sharoitigagina emas, balki iqlimga ham bog‘liqdir. Jumladan, vegetatsiya davrining uzoq bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Bu esa xilma-xil ekinlarning turli navlarini yetishtirishga, bir mavsumda ikki marta hosil olishga, birgina ekinni turli muddatlarda ekishga va shunday qilib aholiga turli mavsumlarda sabzavot etkazib berishga imkon beradi. Fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan sabzavotchilik xo‘jaliklarining territorial tafovutida katta rol o‘ynaydigan iqlimning ahamiyati yanada ortadi. Transport vositalari, sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash usullarining takomillashishi ularni uzoqroq joylarga etkazib berish, shimoliy rayonlar aholisini uzoq vaqt davomida sabzavot bilan ta’minlash imkonini beradi. Sabzavotchilik xo‘jaliklarida tarmoqlar uygunlashuvi quyidagi xususiyatlarga ega. Sabzavot va poliz ekinlari, odatda, asosiy almashlab ekishda qatnashmaydi. Bunday ekinlar yem-xashak ekinlari bilan almashlab ekiladi. Bu ekinlar ekiladigan erlarga ko‘plab o‘g‘it solinadi va bir tekisda sug‘orib turiladi. Ko‘pincha sabzavotchilik bilan bir qatorda sut yoki sut-go‘sht chorvachiligi ham rivojlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |