«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet4/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

1) Muayyan g‘oya va mafkura mutlaqlashtirilgan (ideologi-zatsiyalashgan) davlatlardir. Bunda biron bir sinf, partiya yoki qatlamga oid mafkura mutlaq hukmronlik darajasiga ko‘tariladi, boshqa mafkura va qarashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zgacha qarashdagi kishilar yo‘q qilinadi, ularga xos g‘oya va mafkuralar ta'qiqlanadi. Sobiq ittifoq, ba'zi sotsialistik lager mamlakatlari va fashizm hukmron bo‘lgan davlatlar bunga misol bo‘ladi.

2) Yuqoridagi holning xalqlar va davlatlar boshiga nihoyatda katta kulfatlar keltirgani, fashizm va kommunizmning mohiyatan bir xil, ammo bir-biriga qarama-qarshi mamlakatlar hayotini butunlay qamrab olgani, oxir-oqibatda 1-2-jahon urushlarni keltirib chiqargani Farbdagi ko‘pgina mamlakatlarni boshqacha yo‘ldan borishga majbur qildi. Bu yo‘l siyosat o‘z yiliga - g‘oya o‘z yo‘liga, mafkura o‘z yo‘liga - davlat o‘z yo‘liga degan qarash (deideologizatsiya) asosida shakllandi. Ammo XX asrning 60-yillari oxirida kelib bu yo‘l ham to‘g‘ri emasligi, g‘oya va mafkurasiz millat, davlat va jamiyat hayoti halokatli bo‘lishi mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g‘oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo‘lib qoldi.

3) Demokratiya, fikrlar rang-barangligi, vijdon erkinligi, inson huquqlari ustuvor bo‘lgan jamiyatda qanday qilib umumiy mafkuraviy tamoyillar bo‘lishiga erishish mumkin? degan savollar paydo bo‘ldi. Ana shu savollarga javob tariqasida ilg‘or demokratik davlatlarda g‘oyaviy taraqqiyoning zamonaviy yo‘li - reideologizatsiya tamoyillari asosida hayot kechirishga o‘tildi. Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilmaydi. Balki davlat bu sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi. U jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, mushtarak maqsadlarga erishish uchun boshqa sohalar kabi g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham taraqqiyotning hamma uchun birdek ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy tamoyillariga butun jamiyat miqyosida amal qilishini kafolatlaydi. Bunda davlat mafkurachi emas, balki jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligi, qarashlar rang-barangligi uchun huquqiy-siyosiy kafolatlar, g‘oyaviy asoslar va mafkuraviy imkoniyat doimo mavjud bo‘lishini ta'minlaydi. (Ma'rifat, 2001 yil 18 iyul).

Demak, mafkuralar ma'no-mohiyatiga ko‘ra bunyodkor g‘oyalar va mafkuralar 1) falsafiy, 2) dunyoviy, 3) diniy ta'limotlar asosida yaratiladi. Turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.



2.1-chizma

M a f k u r a

Muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat,

xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassamlagan g‘oyalar tizimidir



Falsafiy ildizlar




Dunyoviy

ildizlar





Diniy ildizlar
















g‘arb falsafasi, sharq falsafasi, hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlari




ilmiy-ma'rifiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar




Avesto,

Tavrot,


Injil,

Qur'on




Dunyoviy jamiyat mafkurasi «dunyoviylik - dahriylik emas» tushunchasi asosida rivojlanadi




Dunyoviy va diniy g‘oyalar

bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko‘tariladi












Amaliyot falsafasi deb tan olin-gan pragmatizm, hayot falsafasi bo‘lgan ekzistensializm dunyoviy

va diniy g‘oyalardan oziqlangan ta'limotdir






Ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkura kerak

Mafkuraning 1) falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning barcha ilmlarning otasi bo‘lgan falsafa fani xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga uyg‘onish davri va o‘rta asrlarda milliy davlatchiligini tiklay boshlagan yevropa xalqlarining har biri o‘ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalangandan keyin o‘z davlatchiligiga ega bo‘lgan xalqlarning o‘ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalar asosida shakllandi. Shu bois o‘sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz falsafasi o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta'limotlar, ma'rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.

Jamiyat va sivilizatsiyalar rivojiga ulkan ta'sir ko‘rsatgan nazariyalar, ta'limotlar va mafkuralar mavjud. Zardusht, Sokrat, Platon, Konfutsiy, Alisher Navoiy, Maxatma Gandi va boshqalarning bunyodkor g‘oyalari tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik g‘oyalari va faoliyati Sharq madaniyatining gurkirab rivojlanishiga buyuk hissa qo‘shdi.

Kant, Gegel, Nitsshe kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo‘lgan Gegel falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo‘lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan.

Mafkuraning 2) dunyoviy ildizlari ma'rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Asrlar mobaynida insoniyat bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume'tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo‘li bilan kafolatlanadi. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya'ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi.

Mafkuraning 3) diniy ildizlari deganda u inson ongi va ruhiyoti bilan uzviy bog‘liq ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta'limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya'ni ko‘pgina mafkuralarda «Zabur», «Tavrot», «Injil», «Qur'on» kabi ilohiy kitoblar zikr etilgan ezgu g‘oyalar muayyan darajada o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz.

Xitoy xalqining taraqqiyot yo‘lini asoslab bergan Konfutsiy va Lao Szining ta'limotlari ham diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta'limotlar asrlar mobaynida mamlakatning milliy mafkurasi bo‘lib kelgan.

Dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko‘tariladi. Bunga bashariyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Motrudiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom Fazzoliy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko‘rsatgan davrlar yorqin misol bo‘la oladi.


2. Inson va jamiyat hayotining muayyan fikr, g‘oya,

mafkuralar bilan bog‘liqligi

Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Shu ma'noda, insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir.

Xo‘sh, g‘oya nima, nega unga bu qadar katta e'tibor va ahamiyat beriladi? Ma'lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o‘z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko‘zlab harakat qiladi.

Foyaning_falsafiy_talqini'>2.2-chizma
Foyaning falsafiy talqini
Foya voqyelik va hayot ta'sirida vujudga keladigan, uni aks

ettirish asosida shakllanadigan dunyoni bilishning o‘ziga

xos shakllaridan biridir. U shaxs, jamiyat, ijtimoiy

guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini

ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi,

faoliyatga undaydi, safarbar qiladi.

Foya - ijtimoiy fikr sifatida shakllanadi.

Foya - muayyan tarzda namoyon bo‘ladi.

Foya - biron-bir maqsadni ifodalaydi.

Foya - amaliy harakatga undaydi.

Foya - muayyan mafkuraning asosi bo‘ladi.

2.3-chizma








Dunyoni

bilishning muayyan

bosqichi va o‘ziga xos

shakli


























Muayyan

maqsad sari safarbar

etishi





Hayotiy

va ilmiy da-lillarga asoslanish





















Nazariya va amaliyot bilan bog‘liqligi




Foyaning

namoyon bo‘lish xususiyat-

lari




Ijtimoiy voqyelikning in'ikosi



















Muayyan mafkura uchun asos bo‘lishi




Biron-bir farazni ifodalash




Binobarin, ular hayotdagi ma'lum bir mafkuraga tayanadi. Inson tafakkuri voqyelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta'limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.



Foyalarning xilma-xil turlari mavjud. Olamning vujudga kelish, mavjudlik qonuniyatlari, uning asosini nima tashkil etgani kabi masalalarni falsafiy talqin etish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga kelgan.

2.4-chizma.
Foya va mafkura tushunchalarining

falsafiy shakllari va ko‘rinishlari



Monizm - olamning asosi yagona, bitta deya ta'lim

beruvchi yo‘nalish






Plyuralizm - olamning asosida ko‘p narsalar yotishi haqidagi g‘oyalarni ilgari suruvchi ta'limot











Dualizm - olamning ibtidosi ham ruhiy ilohiy, ham moddiy asosga egaligi haqidagi ta'limot




Idealizm - olam va odamning yaralishi, yashashi, rivojlanish xususiyatlari, borliq hamda yo‘qlik masalalarida ruhiy tamoyillarni mutloqlashtirish










Materializm - olam va odam, borliqning yashashi, rivojlanishi masalalarida modda (materiya), uning xossalarini mutlaqlashtirish




Teizm - ilohiylikni mutlaqlashtirish
Ateizm - dahriylikni mutlaqlashtiri


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa