«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet8/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

Shovinizm ba'zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy - siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi. Davlat yetakchi mavqye (davlat)ga ega bo‘lgan, o‘z millatini «oliy» millat deb e'lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo‘lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.

3.3-chizma

Hozirgi zamonda inson qalbi va

ongi uchun kurash



Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi




Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi










Geopolitik maqsadlar va

mafkuraviy siyosat






O‘rta Osiyo mintaqasidagi

mafkuraviy jarayonlar



Jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan

bo‘lib olishga urinishlar

Buyuk davlatchilik geomonizmi asosida

Diniy mansublik asosida

Etnik birlik asosida

Sobiq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birlik asosida

Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‘zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‘da bo‘ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to‘ldiradi, bular o‘z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma'naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o‘rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo‘y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o‘z ta'sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirishda, xalqaro-huquqiy me'yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘sishda, yangi mustamlakachilikni zo‘rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida shovinizmga «Shovinizm ba'zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashida namoyon bo‘ladi» deb ta'rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T.6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko‘proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‘ladi.

O‘zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqin-larning 2 tasi haqida «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida fikr yuritilgan:

1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‘z metropoliyasidan zarur rag‘batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi mahalliy an'analar va asoslarni yo‘q qilmagan va buzmagan holda o‘lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‘batlantirgan edi, deb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o‘tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o‘ynash uchun juda mos keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar.

2) Boshqa fikrga ko‘ra, mintaqadagi muammolarni o‘lkaning mustam-laka o‘tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‘lkani o‘z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar.

Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan.

Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo‘la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni to‘g‘rilash haqidagi imperiyachilik da'volari bilan chiqqan edi.

Maqolada go‘yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo‘stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi.

Prezident Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o‘z vaqtida javob berib, Ukrainadagi «Zarg‘aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqyea-larni», O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi.16

Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g‘oyalari mazmunan o‘sha-o‘sha bo‘lsada, unga endilikda o‘ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‘g‘rofiy - siyosiy maydon yaratish, «Yagona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo‘yish va boshqa sohalarda ko‘rinmoqda.

Mustaqil O‘zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug‘dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:

1) Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.

2) Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga qarshilik ko‘rsatish.

3) O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ular-ni teng huquqli bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.

4) Mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilish.

5) Millatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.

6) Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‘rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.



2. Panislomizm - X1X asr oxirida O‘rta Sharqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg‘oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng «birligi» va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi g‘oyasini ilgari surgan. Ayni vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar.

XX asr boshlarida Turkiya sultonlari bu nazariyadan foydalanib, musulmon xalqlarini o‘z qo‘l ostida birlashtirishga uringan. Bu oqim Vah-hobiylar, «Hizbut-tahrir» kabi diniy oqimlarda bugungi kunda O‘zbekis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish bo‘ldi.

«Panislomizm» g‘oyasida hozirgi kunda turli xristian konfessiyalari ham targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.

XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bo‘lgan.



3. Panturkizm - bolshevizmning ashaddiy dushmani edi. I jahon urushi arafasida «Yosh turklar partiyasi», Rossiyaga qarshi urush ochishda yagona tashviqot-targ‘ibot quroli vazifasini o‘tadi, jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni o‘ynadi. Panturkizm oqimi, uning siyosati Tatariston va Boshqiriston o‘lkalariga 1912 yilarda kirib keldi. Bolshevizm XX asr 20-30 yillarda ularni «millatchilik»da ayblab, «Sho‘roga qarshi» sifatida bosh liderlarini qirib tashladi.

Panturkistlar - oq va qizil imperiya istibdodiga, adolatsizlik va tengsizlikka qarshi kurashgan, ozodlik va mustaqillik yo‘lida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxo‘rlik, hunrezlik va zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi.17

1) Rossiyada bolsheviklar tomonidan «mushtumzo‘r - pomeshnik» hisoblangan Kondratev guruhi «Sanoat partiyasi» yuzaga kelgan.

2) Tataristonda panislomizm va panturkizm oqimlari sifatida «Sulton Alievchilik» qaror topgan edi.

3) Qirimda «Ibrahimovchilik».

4) Ozarbayjonda «Milliy partiya».

5) O‘zbekistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat ko‘rsatgan.



4. Pansovetizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansove-tizm bilan o‘ziga xos tarzda qo‘shilib ketgan. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o‘xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog‘liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan.

Ammo, Prezidentimiz o‘rinli ta'kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko‘zini aylantirib, o‘z umrini yashab bo‘lgan g‘oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo‘l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so‘z bilan aytganda, milliy o‘zligimizni yo‘qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.



5. Xalifalikni tiklash.

6. Islom modernizmi.

7. Islom traditsionalizmi.

8. Islom fundamentalizmi.

Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtirgan xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirishni ko‘zlagan, sog‘lom mantiqqa mutlaqo zid da'vodan iborat. XX asr 80-yillarida «Musulmon birodarlari» tashkilotining fraksiyalarga bo‘linib ketishi natijasida quyidagi diniy tashkilot va partiyalar ham yuzaga kelgan:

1) «Islom ozodlik partiyasi»

2) «Sotsial islohotlar jamiyati»

3) «At - Takfir val - Hijra»

4) «Junud Alloh»

5) «Jihod»

6) «Hizbulloh» kabi.

Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud:

7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bo‘lgan).

8) Ahmadiya (1X asrda Pokistonda).

9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, to‘ntarish).

10) Tablig‘chilar - yetkazish ma'no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash.

11) Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg‘onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon oqim sardoriga bo‘ysunish (Akrom Yo‘ldoshev boshchiligidagi).

12) Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash.

13) Tavba-ekstremistik ruhdagi harakat. Bokuda va O‘zbekistonga (1991 yil).

14) Islom uyg‘onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda.

15) Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda «Otavali-xon» masjidida.

16) Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo bo‘ldi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining 12 - chaqiriq 5- sessiyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri 1998 yil 1 mayda Oliy Majlisning II-sessiyasida qabul qilindi.

Umuman, Islom ekstremizmi, fundamentalizmi tomonidan O‘zbekiston xavfsizligiga solinayotgan tahdidlar quyidagilardan iborat:

1) Dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qotish, demokratik jamiyatni obro‘sizlantirish, barqarorlikni va milliy totuv-likni buzishga urinmoqda.

2) Asossiz da'vatlar orqali yoshlarni mutelik, erksizlik holiga tushirib qo‘yish, aqliga va taqdiriga hukmron bo‘lish.

3) Qarama-qarshilikni keltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash.

4) Din uchun kurashuvchi jangorilarning yangi avlodini vujudga keltirish.

5) Musulmon va nomusulmon mamlakatlar orasida O‘zbekiston obro‘-sini to‘kish, obro‘sizlantirish.

6) Islom va boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish.

7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish.

«Bu radikal guruhlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy bir xususiyat bor. Ular, mohiyat e'tiboriga ko‘ra, biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan bir maqsadni - diniy davlat, musulmon xalifaligini o‘rnatishni targ‘ib qilmoqda»18.


2. Globallashuv jarayonida milliy g‘oyaga ehtiyoj

Globallashuv jarayonida milliy istiqlol g‘oyasining eng muhim funksiyasi, ya'ni milliy va ma'naviy o‘zlikni himoyalash alohida ahamiyat kasb etadi. Aslida milliy g‘oyaning 1) bilish; 2) tarbiyaviy; 3) regulyativ; 4) kommunikativ; 5) normativ, qadriyatli; 6) safarbar etish, yo‘naltirish; 7) himoya; 8) g‘oyaviy bandlik kabi funksiyalarni bajarishi uchun yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e'tiqod sifatida shakllanishi lozim.

Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda ma'naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma'rifiy yondashuv bo‘lsa ham bu jarayon milliy istiqlol g‘oyasining xususiyatlari bilan bog‘liq. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g‘oyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo‘lmasa, milliy g‘oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki globallashuv bo‘lmaganda har bir xalq va millatning ma'naviyati o‘zicha mavjud bo‘lar va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta'sir va tahdidning yo‘qligi esa milliy g‘oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi.

Milliy istiqlol g‘oyasining mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida g‘oyaligicha qolmay, amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g‘oyasi bo‘lishi mumkin. Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma'naviyatni va ma'naviy o‘zlikni tashqi nosog‘lom g‘oyaviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi19.

Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e'tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta'minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o‘ziga qaram qilishga bo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin.

Diniy aqidaparastlik ham shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat'iy nazar, barcha musulmonlarning ma'naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Ammo, jiddiy e'tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni ko‘zlayotganliklari ma'lum bo‘ladi. Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu hol aynan millat sifatida o‘zligimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar.

Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e'tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. Bundan tashqari, bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog‘i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog‘lashlarini ham ta'kidlash zarur.



3.4-chizma.
Bugungi dunyodagi g‘oyaviy - mafkuraviy jarayonlarning

yo‘nalishlari



Progressiv




Reaksion










Tinchlik, barqarorlik

va taraqqiyot






Urush, qurollanish, terrorizm

va ekstremizm












Millatlararo totuvlik va

diniy bag‘rikenglik






Irqchilik, millatchilik,

diniy aqidaparastlik












Inson erkinligi va

shaxs kamoloti






Totalitarizm, mustabidlik

g‘oyasi asosidagi faoliyatlar












Umuminsoniy qadriyatlar

ustuvorligi






Egoizm, mahalliychilik, tor

manfaatlar ustuvorligi




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa