«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet7/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20

6. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi

ma'rifat bilan kurashish zarurligi tamoyili

Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi - ma'rifat tamoyili. Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bergan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan e'tibor berib, «g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan shior o‘rtaga tashlandi. Bu masala g‘oya va mafkura tushunchasida ham muhim o‘rinda turadi.

Yot g‘oyaga qarshi biz o‘z olijanob g‘oyamizdan maktablarimizda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo‘lgan zaharli intilishlarga, huruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o‘z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‘rganishi kerak. Ya'ni fikrga qarshi fikr bo‘lishi zarur. Shu bois yoshlarimizni maktab va oliy o‘quv yurtlarida erkin fikrlashga, baxslashishga o‘rgatishimiz kerak. Uchinchi masala - jaholatga qarshi ma'rifat. Bu o‘rinda asrimiz boshida xalqni ma'rifat va milliy uyg‘onishga chorlagan jadidchilik harakati namoyandalari hayotini, ijodini, intilishlarini o‘rganish, ularning bugungi kundagi mohiyati va ahamiyati haqida ham gapirishimiz zarur. Ularning merosi bugungi kunda qanday o‘qitilmoqda? Umuman aytganda, ma'rifiy ozuqa qanday bo‘lishi kerak? Bolalarimiz o‘qiyotgan kitoblarda ma'rifat ziyosi bormi. Biz istayotgan milliy g‘urur, milliy mafkura, milliy g‘oya ularda yetarli darajada aks etganmi? (Karimov I.A. Asarlar. T.8., 468-469-betlar).

Mazkur tamoyilga ko‘ra g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashga intilish xissi inson qalbidagi e'tiqod, odam ongidagi dunyoqarash o‘z-o‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgan, sayyoramizni bir necha marta yo‘q qilib yuborishga qodir bo‘lgan yadroviy bombalar zahirasi to‘planib qolgan paytda o‘zaro zo‘ravonlik va jaholatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurasha olish ko‘nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur». (Karimov I.A. T.8. 494-bet). Ushbu vazifani milliy istiqlol g‘oyasi bajaradi. Prezidentimiz «Millatni asrash kerak» degan g‘oyani ilgari surdi. Millatni asrash - o‘zligimizni, odob-axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta'siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish degan ma'noni anglatadi11. Mafkuraviy immunitetni hosil qilish uchun sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy vazifasi esa xalqimizda milliy e'tiqod va dunyoqarash asoslarini shakllantirishdan iborat.



Ma'rifat vositasida kurashish deb, biron bir xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda kurashishga aytiladi.

Jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi, uning maqsad-muddaosi bo‘lishi kerak. Modomiki, maqsad, g‘oya haqida mulohaza yuritar ekanmiz, oldin bayon etganimizdek, «Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin». (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 89-bet).

Prezidentimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali Bosh muharririning savollariga javoblari «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» asarida jamiyat mafkurasiga quyidagicha ta'rif beradi. «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»12.

Vijdon erkinligi bizda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasi va 1998 yilgi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun bilan kafolatlanib kelinmoqda. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya'ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini aslo inkor qilmaydi. Biz yuqorida mafkuraning dunyoviy va diniy ildizlari haqida fikr yuritganimizda bu masalaga to‘xtalgan edik. Haqiqatan dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-biri bilan mushtaraklikda rivojlanadi. Ular insoniyat taraqqiyotiga katta ta'sir ko‘rsatib kelgan.

Milliy davlatchilik g‘oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga bevosita katta ta'sir ko‘rsatgan. Hozirgi davrda milliy mafkuraning tarkibiy qismi hisoblangan davlatchilik g‘oyasining asosiy tamoyillari Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardan iborat:


  1. Vtanparvarlikka asoslangan mustaqil tafakkur13.

  2. Sharqona demokratiyaga asoslangan siyosiy tizim.

  3. Qonun ustuvorligiga asoslangan huquqiy davlat.

  4. Erkinlikka asoslangan fuqarolik jamiyati.

  5. Buyuk kelajakka yuz tutgan ozod va obod vatan.

Shu tamoyillar jamiyatimiz hayotiga tatbiq qilinishi, ularni ro‘yobga chiqarish mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davrdagi muhim vazifalari bo‘lib qolmoqda.

Bunyodkor g‘oyalarning yuzaga kelishida ijtimoiy barqarorlik muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ham Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida Oltinchi ustuvor yo‘nalish14 - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhad-larimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat qilib ko‘rsatgan.

6. Biroq, g‘oyaviy kurash tobora yangi-yangi qiyofaga kirmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov haqqoniy ravishda ta'kidlaganidek: «Ko‘p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar, fojealar, qatag‘onlarni boshdan kechirgan, asrimiz poyoniga yetayotgan, insoniyat yangi asr bo‘sag‘asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba'zan bir-biriga zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda».

Ana shu sababdan ham mustaqil O‘zbekistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda.



Bu mafkura mustaqillik yillarida erishilgan g‘alabalarni, eng katta yutug‘imiz bo‘lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizning baxtli kelajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sergak bo‘lishga yordam beradi. Zero, O‘zbekiston bizning umumiy uyimiz - uni asrash har birimizning vazifamizdir. Shu ma'noda milliy istiqlol g‘oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g‘oyamiz, ongimiz, dunyoqarashimizning tarkibiy qismidir.
Tayanch tushunchalar

Foya - ideya, fikr, qarash va h.k. Mafkura - «mufakkir», «mufakkiratun», muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat maqsad, intilishi. Ideologizatsiya - mafkuralashtirish. Deideologizatsiya - mafkurasiz. Reideologizatsiya - qayta tiklash, milliy g‘oya va mafkuraga e'tibor. Regressiv - reaksion, antidemokratik. Valyuntarizm - ob'ektiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim. Fatalizm - taqdirga tan berish. Fundamentalizm - «sof» islomni tiklash. Pragmatizm - voqyelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etuvchi. Ekzistensializm - mavjudlik, erkinlikka erishish.
Takrorlash uchun savollar

  1. Ijtimoiy taraqqiyotda g‘oyalar qanday o‘rin tutadi?

  2. «Bunyodkor g‘oyalar» tushunchasi tavsifi.

  3. Vayronkor va buzg‘unchi g‘oyalarga misollar keltiring.

  4. Foyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat tamoyillining tarixda namoyon bo‘lishi.

Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. «O‘zbekiston», 2003, 4-8-betlar.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka, tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. - T.: «O‘zbekiston», 1997, 31-40, 125-135, 149-162-betlar.

  3. Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. T.7.- T.: «O‘zbekiston», 1999, 84-102-b.

  4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 489-508-b.

  5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «O‘zbekiston», 2000.

  6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 462-467-b.

  7. Karimov I.A. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga so‘z boshi. T.9. - T.: «O‘zbekiston», 2001. 220-224-b.

  8. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11. -T.: «O‘zbekiston», 2003, 214-247-betlar.

  9. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch - qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. -T.: «O‘zbekiston», 2004.

  10. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutq. «Ishonch», 2004 yil 26 may.

  11. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq «Xalq so‘zi», 2004 yil 2 iyun.

  12. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. -T.11. -T.: «O‘zbekiston», 2003.-320 betlar.

  13. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch - qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. - T.12. -T.: «O‘zbekiston», 2004. - 400 b.

  14. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 64 b.

  15. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 96 b.

  16. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 160 b.

  17. Aflotun. Qonunlar. -T.: «Yangi asr avlodi», 2002. 161-204-betlar.

  18. Abdulla Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq». -T.: «Sharq», 1994. 18-35-betlar.

  19. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. -T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 5-38-betlar.

  20. Azizxo‘jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. -T.: «Sharq», «Akademiya», 2001. 59-96-betlar.

  21. Azizxo‘jaev A.A. Chin o‘zbek ishi. -T.: «Akademiya», 2003. 72-90-betlar.

  22. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, - T.: «Yangi asr avlodi», 2001. 23-54-betlar.

  23. Jo‘raev N. Mafkuraviy immunitet. - T.: «Ma'naviyat», 2000. - 16 b.

  24. Saifnazarov I. Ma'naviy barkamollik va siyosiy madaniyat. -T.: «Sharq», 2001.

  25. Saifnazarov I., Karimov T.: Muxtorov A. Xalqimizning hamjihatligi terrorizmga qarshi kafolatdir. - T.: «Yangi asr avlodi», 2004. - 56 b.

  26. Bekmurodov A.Sh. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat: ustuvor masalalar va innovatsiyalar. - T.: TDIU, 2005. - 44 b.

  27. Muxtorof A. Shaxs tarbiyasida milliy g‘oya, ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligi. -T.: Yangi asr avlodi, 2003. -138-bet.

  28. Tohir Karim. Muqaddas «Avesto» izidan. T.: «Cho‘lpon», 2000. 176-bet.

  29. Tohir Karim. Milliy tafakkur taraqqiyotidan. T.: «Cho‘lpon», 2003. 160-bet.

  30. Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar. -T.: «O‘zbekis-ton», 2004. - 136 b.

  31. Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti. -T.: «Yangi asr avlodi», 2004. 36-bet.

  32. Jo‘raev U., Saydjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. -T.: Sharq, 1998.

  33. Ergashev I. Siyosat falsafasi. T.: «Akademiya», 2004. 130-bet.

  34. Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005. 31-79-betlar.

  35. O‘zbekiston jamiyatini demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish yo‘lida. -T.: Akademiya», 2005. -640-bet.


Quyidagi internet saytlaridan foydalanildi

  1. www.gov.uz.

  2. www.press-service.uz.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. www.filosofiya.ru.

  6. www.philosophy.nsc.ru.

  7. http//philosophy.albertina.ru.

  8. www.history.ru.


3-MAVZU: GLOBALLAShUV ShAROITIDA MILLIY

FOYaGA EHTIYoJNING ORTIShI

Ma'ruza rejasi:

  1. Jamiyat goballashuvi tushunchasi, mohiyati va aksil globallashuv.

  2. Globallashuv jarayonida milliy g‘oyaga ehtiyoj.

  3. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi va milliy madaniyat.

  4. Milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash, qadrlay olish va shaxsiy e'tiqod - ma'rifiy taraqqiyot omili.


1. Jamiyat globallashuvi tushunchasi, mohiyati va aksilgloballashuv

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo‘lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo‘lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko‘proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o‘rtasida bo‘lgan. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit'a mamlakatlari ishtirok etgan.

Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo‘q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma'naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq.

Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko‘p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi:

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.

3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta'rif beradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o‘zlashtirishdan iborat».

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».

Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.

Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma'naviyatiga o‘tkazayotgan ta'siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo‘lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.

1. Glabalistlar - globallashuv tarafdorlaridir. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi.

XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionlashuvi (tashkil-lashuvi) kuchaygandan keyin bu jarayon tezlashdi. Masalan, Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlari glabalistlar ta'sirida vujudga keldi.



2. Aksilglobalistlar - globallashuv muxoliflari bo‘lib, ular orasida ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib turadilar.

Aksilglobalistlar faoliyati ham bugungi kunda kuchaydi. Lekin faqat uning salbiy oqibatlarigagina emas, umuman unga qarshi chiqmoqda. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda shunday degan edi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘lini ko‘rmayapman. Faqat qarshilik!».

Umuman globalashuv «mafkuralashishdan» xoli bo‘lishi kerak.

Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo‘q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.




3.1-chizma.
Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun

kurashning namoyon bo‘lish xususiyatlari

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi o‘zgarib bormoqda



Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi ro‘y bermoqda












Jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar kuchaymoqda




Ko‘p qutbli dunyoning mafkuraviy tizimi to‘la barqarorlashmagani aniq bo‘lib bormoqda










Geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat uyg‘unlashmoqda




O‘rta Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar murakkablashmoqda










Mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatlarda yangi mafkuraviy tamoyillar ahamiyati tobora ortmoqda




Mustaqil O‘zbekiston o‘ziga xos milliy istiqlol mafkuravi tamoyillari asosida yashamoqda



«Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqyealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar

olishni... kutadi».
I.A.Karimov, 2005 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasi, 52-bet.

XX asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tu solgan davr bo‘ldi. XX asr so‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o‘zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jo‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va ko‘lami jihatidan noyob o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o‘ylab ko‘rishni, balki ko‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo‘lgan ko‘p qoidalar, tamoyillar va g‘oyalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim bo‘lib bormoqda, unda o‘zi - o‘zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o‘rin yo‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo‘ymoqda»15.

3.2-jadval

«Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro

poligonlariga nisbatan ham ko‘proq kuchga ega»

I.KARIMOV (Asarlar. T.7. 86-bet).

XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta'siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘lindi. Ana shu rivojlangan ba'zi mamlakatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko‘rinadi:



1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua mil-latchiligining o‘ta reaksion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go‘yo to‘laqonli bo‘lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qi-lishga da'vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‘ib etadi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa