Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 0,71 Mb.
bet2/190
Sana11.01.2017
Hajmi0,71 Mb.
#75
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Fanni o‘rganish zaruriyati. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g‘oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O‘zbekiston o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgach Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘zbek xalqi o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo‘ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun bizga yot va begona g‘oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga yetkazish, bu yo‘lda g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta'minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.

Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g‘oya»dan voz kechildi. O‘zbekiston xalqi o‘z milliy g‘oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo‘lini tanladi. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:

1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o‘ziga xos yo‘lni tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Bu xalqimizning ma'naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.

2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g‘oya»si o‘zbek xalqini ma'naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma'naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo‘lish ehtiyoji paydo bo‘ldi.

3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma'naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma'naviy g‘oyalarida aks etgan bo‘lib, milliy istiqlol g‘oyani o‘rganish zaruriyatga aylandi.

4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g‘oyalar hukmronlik qilib kelgan bo‘lib, g‘oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g‘oya bilan g‘oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish lozim.

5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g‘oya ekanligiga qarab baho beriladi.

6. Ayrim g‘oyalar ma'lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o‘z g‘oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g‘oyalardan ogoh bo‘lish uchun milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganmoq kerak.

7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g‘oyalar yoshlarni o‘ziga rom qilib o‘z shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g‘oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.

Milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan ta'limotdir. Milliy istiqlol g‘oyasining mazmuni quyidagilardan iborat:



  1. Tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish, o‘zlikni anglash mezoni.

  2. Xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a'zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy vazifani bajaradi.

  3. Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e'tiborining manbaidir.

  4. O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday taalluqlidir.

  5. Millat aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.

  6. Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir.

  7. Biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylanmaslik.

  8. Har qanday ilg‘or g‘oyani singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish.

  9. Sub'ektivizm, valyuntorizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi ob'ektiv mafkura bo‘lish.

  10. So‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish2.

  11. Davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.

Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga javob bergan taqdirdagina kutilayotgan maqsadlarga erishish mumkin. Ammo, milliy istiqlol g‘oyasi o‘z-o‘zidan inson ongiga, tafakkuriga singib, ishonch va e'tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson o‘z hayoti davomida erishib boradi.

Milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyatini tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo‘lish xususiyatlari, uni xalqimiz qalbiga singdirish yo‘llari va usullari ushbu fanning mohiyatini belgilaydi. Uning tushuncha va kategoriyalari bir butun, yaxlit tizim shaklida namoyon bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasining fan sifatida e'tirof etilishi uning o‘ziga xos predmeti, ob'ekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi.




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish