«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet1/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


«Milliy istiqlol Foyasi» fanining

maqsad va vazifalari

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘layotganligini ta'kidlab o‘tgan edi. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini xalqqa, yoshlar tarbiyasi jarayoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb masalasi qilib qo‘yildi. Bu avvalo 3 jihatni o‘z ichiga qamrab oladi:

1) Milliy dasturning asosiy maqsadi barkamol shaxsni shakllan-tirish. Aslida bu Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ham ustuvor jihatidir.

2) Milliy dastur maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi huquqiy davlat qurish, tafakkur va munozara madaniyatini rivojlantirish, shaxs ichki dunyosini boyitishdan iboratdir.

3) Milliy istiqlol g‘oyasini ijtimoiy ong sifatida shakllantirishni davr taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasi» kengaytirilgan majlisining 2000 yil 30 sentyabrdagi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini uzluksiz ta'lim tizimiga joriy etish haqida»gi Qaroriga ko‘ra 2000-2001 o‘quv yilining 2-choragidan e'tiboran umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quv rejasidagi 7-9-sinflar uchun «Ma'naviyat asoslari» o‘rniga «Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari» o‘quv fani joriy etildi. 2000 yil 9 oktyabrda Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari bu masalani yana bir bor ko‘rib chiqib uni hayotga joriy qilish uchun zaruriy ishlarni belgilab oldilar.

2001 yil 18 yanvarda O‘zbekiston Prezidentining «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta'lim dasturlarini yaratish va respublika ta'lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1.

Fanni o‘rganish zaruriyati. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g‘oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O‘zbekiston o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgach Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘zbek xalqi o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo‘ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun bizga yot va begona g‘oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga yetkazish, bu yo‘lda g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta'minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.

Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g‘oya»dan voz kechildi. O‘zbekiston xalqi o‘z milliy g‘oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo‘lini tanladi. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:

1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o‘ziga xos yo‘lni tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Bu xalqimizning ma'naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.

2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g‘oya»si o‘zbek xalqini ma'naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma'naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo‘lish ehtiyoji paydo bo‘ldi.

3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma'naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma'naviy g‘oyalarida aks etgan bo‘lib, milliy istiqlol g‘oyani o‘rganish zaruriyatga aylandi.

4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g‘oyalar hukmronlik qilib kelgan bo‘lib, g‘oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g‘oya bilan g‘oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish lozim.

5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g‘oya ekanligiga qarab baho beriladi.

6. Ayrim g‘oyalar ma'lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o‘z g‘oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g‘oyalardan ogoh bo‘lish uchun milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganmoq kerak.

7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g‘oyalar yoshlarni o‘ziga rom qilib o‘z shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g‘oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.

Milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan ta'limotdir. Milliy istiqlol g‘oyasining mazmuni quyidagilardan iborat:



  1. Tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish, o‘zlikni anglash mezoni.

  2. Xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a'zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy vazifani bajaradi.

  3. Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e'tiborining manbaidir.

  4. O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday taalluqlidir.

  5. Millat aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.

  6. Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir.

  7. Biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylanmaslik.

  8. Har qanday ilg‘or g‘oyani singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish.

  9. Sub'ektivizm, valyuntorizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi ob'ektiv mafkura bo‘lish.

  10. So‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish2.

  11. Davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.

Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga javob bergan taqdirdagina kutilayotgan maqsadlarga erishish mumkin. Ammo, milliy istiqlol g‘oyasi o‘z-o‘zidan inson ongiga, tafakkuriga singib, ishonch va e'tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson o‘z hayoti davomida erishib boradi.

Milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyatini tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo‘lish xususiyatlari, uni xalqimiz qalbiga singdirish yo‘llari va usullari ushbu fanning mohiyatini belgilaydi. Uning tushuncha va kategoriyalari bir butun, yaxlit tizim shaklida namoyon bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasining fan sifatida e'tirof etilishi uning o‘ziga xos predmeti, ob'ekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi.



Birinchidan, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanining ham muayyan bilimlar tizimi, o‘ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari mavjud.

Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o‘z predmeti, ob'ekti, maqsad va vazifalari bor.

Milliy istiqlol g‘oyasining ob'ekti sifatida O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e'tirof etish mumkin. Shuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy merosini, odamlarning ijtimoiy munosabat-larini qator toptirish bilan bog‘liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo‘lishini tahlil etish ham muhimdir. Shuningdek, fanning ob'ekti - O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma'naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.

Ilmiy adabiyotlarda g‘oya, mafkura, ideya va ideologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq Farb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logos - ta'limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi:

- g‘oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

- muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.



1.1-chizma

O‘quv fanining predmeti



Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy




O‘rganiladigan tushuncha va mavzular




O‘rganiladigan asosiy g‘oyalar

asoslari, ilmiy, falsafiy













ildizlarini

o‘rganish






«Foya» tushunchasi,

uning shakllari






Yurt

tinchligi

































Milliy istiqlol g‘oyasining yaxlit




«Mafkura» tushunchasi, uning shakllari




Vatan

ravnaqi


ta'limot sifatidagi













qonunlari, asosiy













xususiyatlarini bilib olish




Insoniyat tarixi -

g‘oyalar tarixidir






Xalq

farovonligi
































Ozod va obod Vatan,






Hozirgi zamonda inson

ongi va qalbi uchun






Komil

inson


erkin va farovon




kurash







hayot barpo etishning

strategik maqsad-















larini va o‘ziga xos

tamoyillarini






O‘zbekiston taraqqiyoti

va mafkuraviy






Ijtimoiy

hamkorlik



o‘rganish




muammolar



























Milliy istiqlol





Millatlararo



Milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz




g‘oyasining mohiyati va

mazmuni





totuvlik

qalbi va ongiga













singdirish sohalari,













vositalari, usul

va yo‘llarini

o‘rganish





Milliy istiqlol g‘oya-

sining asosiy tamo-yillari maqsad va





Diniy


bag‘rikenglik







vazifalari







Bu orzu-umidlar va intilishlarni amalga oshirish ushbu fanni o‘qitishda bir qator talablarga ahamiyat berishni zaruratga aylantiradi.

1.2-chizma

Milliy istiqlol mafkurasining vazifalari


Mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish




Erkin fikrli, siyosiy faol inson-ni tarbiyalash




Umummilliy

birlik muhitini yaratish

















Milliy o‘zlikni anglash





Tarixiy xotiraga sadoqat






Milliy qadriyatlarni rivojlantirish
















Ko‘p millatli xalqimiz ongida «O‘zbekiston - yagona Vatan» tuyg‘usini shakllantirish



Milliy tabiati-mizga xos bunyodkor fazilatlarni rivojlantirish





Milliy iftixor va g‘ururni tarbiyalash



Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo‘lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular:

  1. Dialektik metod.

  2. Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod)

  3. Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o‘tish)

  4. Axloqiy metod.

  5. Izohlash metodi.

  6. Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldini olish).

  7. Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya'ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish.

  8. Eksperiment metodi.

  9. Kuzatish metodi.

  10. Empirik sotsiologik metodlar (so‘rov, anketa, matematik model).

  11. Statistik umumlashtirish metodi.

  12. Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.).

1.3-chizma

Fanning maqsad va vazifalari

Œšuv fanining maqsadi - milliy istiqlol

g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini

yosh avlod qalbi va ongiga singdirish

O‘quv fanining asosiy vazifalari


Yosh avlodni Vatan ravnaqi,

yurt tinchligi, xalq

farovonligi kabi olijanob g‘oyalar ruhida tarbiyalash






Milliy istiqlol g‘oyasining O‘zbekiston taraqqiyoti va mustaqillikni mustahkam-lashning mafkuraviy tamo-yillari to‘g‘risidagi yaxlit nazariya ekanini tushuntirish










Yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish




O‘sib-unib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida mafkuraviy immunitet asoslarini shakllantirish









Yoshlarni ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik g‘oyalari ruhida kamol toptirish






Yoshlarni jamiyatimizga yot va begona, buzg‘unchi va zararli oyalarga qarshi kurashishga o‘rgatish, ularda ogohlik

va hushyorlik ko‘nikmalarini hosil qilish




Foya tushunchasi: Foya - inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Foya - inson tafakkuri mahsuli, milliy g‘oya esa millat tafakkurining mahsulidir. Foya - ob'ektiv voqyelik hodisalarining inson tafakkurida aks etishidir. Foyalar dunyoni o‘rganishga va amaliy o‘zgaruviga xizmat qiladi.

Foya - mafkura - ijtimoiy ong formalaridan biri bo‘lib, u har qanday jamiyatning ustqurmasida o‘z ifodasini topadi. Foya - mafkura falsafiy tushuncha bo‘lib, ma'lum maqsadga qaratilgan inson aql-zakovatini ifoda etuvchi g‘oyalar va qarashlar yig‘indisidir. Ammo, har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Foya inson ongida paydo bo‘lsada inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. U odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, yetaklovchi kuchga aylanadi.

Xo‘sh, mafkura nima, u qanday g‘oyalar asosida shakllanadi va qay tarzda jamiyatni harakatga keltiradi? Nega ayrim mafkuralar ba'zi millatlarning, yuksalishiga sabab bo‘lsa, ayrimlari butun-butun xalqlarni inqiroz va tanazzulga duchor etadi? «Milliy istiqlol g‘oyasi» bo‘yicha mazkur ma'ruza matnlari aynan shu va shu kabi masalalar talqiniga bag‘ishlangan.

«Milliy istiqlol g‘oyasi»ning predmetini quyidagi 1-chizma asosida izohlash ham mumkin.

Umuman, g‘oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. Foya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in'ikosidir.

Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi. Foyalar tabiatiga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar; b) badiiy g‘oyalarga bo‘linadi. Foyalar xarakteriga ko‘ra: a) borliqning to‘g‘ri, real in'ikosidan iborat g‘oyalar, b) borliqning xato yoki fantastik in'ikosidan iborat g‘oyalar. Shuningdek, g‘oyalar: a) progressiv va b) reaksion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaksion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi.



Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya'ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam (bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya'ni mantiq fani o‘rganadi).

Falsafaning oltin qoidalaridan biri - til va tafakkur birligidir. Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifoda-lanadi; ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz.

Inson tafakkuri voqyelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta'limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta'sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Foyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. Foya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko‘rsatgan nazariya, ta'limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste'dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon, Konfutsiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir.

Foyalarning turlari. Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san'at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivoj-lantiradi. Ma'lum ma'noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan:

- diniy g‘oyalar; - ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar;

- ilmiy g‘oyalar; - milliy g‘oyalar;

- falsafiy g‘oyalar; - umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

- badiiy g‘oyalar;




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa