«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet9/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20

Hozirgi davr-dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus

olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham

kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir.

Bunday yondashuv o‘ta xavfli ekanligi hyech kimga sir emas. Zero, u insoniyatning diniy asosda qarama-qarshi qutblarga bo‘linib ketishiga, ba'zan «sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» deb ataladigan hodisaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, demokratik, huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero, ko‘zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilish-larni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq.

«Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir»degan fikrini ko‘p mushohada qilaman.

Buyuk ma'rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir» (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 93-94-betlar).

Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz ta'kidlagandek, ularga g‘oya va ma'rifat yo‘li bilan qarshi kurashish lozim.

Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yo‘li bilangina qo‘lga kiritilgan istiqlolni himoya qilamiz. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan tarix taqozosi bilan aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli munosabat, o‘zaro manfaatli aloqalar esa mustaqil-likni mustahkamlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ana shundagina, Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, mintaqamiz hyech qachon sivilizatsiyalar to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta'sir etib, bir-birini boyitish-ning ibratli namunasini beradigan makonga aylanadi.

1. Geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi mafkuraviy ta'sir o‘tka-zishning «Bo‘lib tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilining quyidagi yo‘llari mavjud:

1) Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish.

2) Mintaqa davlatlari o‘rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirish. Mintaqada gegemonlikka asoslanib, davlatni zaiflashtirish orqali o‘z «ittifoqchisiga» aylantirishga erishish.

3) Xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto‘g‘ri, noxolis tasav-vurlarni shakllantirish.

2. Mintaqada geostretegik manfaatlarni ifodalovchi «Bo‘lib tashla, va hukmronlik qil» tamoyilini to‘ldirishga xizmat qiluvchi «Imtiyozli hamkorlikni belgilash» tamoyili ham mavjud. Uning maqsadi:

1) Har bir davlat kim balandir shiori bilan imtiyozli hamkorlikka asoslanishi.

2) Ayirmachilikni shakllantirish.

3) «Nomaqbul» davlatlar imkoniyatlarini cheklash.

4) Maqsad - muayyan mintaqaga ta'sir o‘tkazish plandarmiga ega bo‘lish.

3. «Teng huquqli va o‘zaro foydali hamkorlik» tamoyili geostro-tegin manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkam-lashning eng oqilona va to‘g‘ri yo‘lidir. O‘zbekiston bunga amal qilib kelmoqda.



Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon - (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‘oya yoki mafkurani mablag‘, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma'naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o‘z foydasi yo‘lida boshqarib turadigan g‘oyaviy markazga aytiladi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Bugungi kunda odamzod ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis - yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma'no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta'sirini doimiy sezib yashamoqda». (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 85-86-betlar). Shuning uchun ham bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli.

Chunki ularning ta'siri radio, televidenie, gazeta-jurnal, Internet; umuman, hamma axborot tarmoqlari orqali kirib kelmoqda. Ular odamlarni uyda ham, ko‘chada ham, ishda ham tinch qo‘ymasligi mumkin.

Yadro poligonida tayyorlangan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi, ammo mafkuraviy poligonlardan turli axborotlar, badiiy asarlar, o‘yinchoqlar, kundalik ehtiyoj mollari shaklida tarqalayotgan vositalar esa insonlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir. Masalan, «diniy adabiyot» niqobi ostida xorijdan olib kelinayotgan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, jihod haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar targ‘ibotlariga ishonib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishi mumkin. Yoki behayolikni, vahshiylik va zo‘rovonlikni targ‘ib etadigan filmlar ham mafkuraviy poligonlardan yuborilayotgan zararli ta'sirlardandir.

Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta'sir o‘tkazishning yangidan-yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy voqyea-xodisalarni umuman bo‘lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-faniga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarimizning bizga aloqasi yo‘qdek qilib ko‘rsatishga urinishlar mavjud.

Shuningdek, mintaqa davlatlari o‘rtasida ziddiyatlar keltirib chiqa-rish va jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘di-rishga bo‘layotgan intilishlarni hyech qachon e'tibordan chetda qoldirmas-ligimiz lozim.



3.5-chizma.
Milliy g‘oya: zarurligi, ma'no-moHiyati



Milliy g‘oya - inson va jamiyat hayotiga ma'no mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar

majmuidir.






Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, ijti-moiy qatlam, millat, davlat, xalq va ja-miyatning ehtiyojlari, maqsad va muddao-lari, manfaatlari, orzu-intilishlari ham-da ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir.

O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li

Mamlakat oldida turgan maqsadlar

Rivojlanish strategiyasi

Xullas, hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash nihoyatda murakkab tus olgan. Bu gepolitika va globallashuv jarayonlari bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketmoqda. Markaziy Osiyoda ham, unga nisbatan ta'sirlarda ham ana shunday serqirra jarayon, xilma-xil xususiyat, turlicha xatti-harakatlar mavjud. Bularning barchasini anglash, ro‘y berayotgan voqyea-hodisalarning mag‘zini chaqish, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakl-lantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
3. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi (yer sharini qamrab olish, dunyo miqyosidagi, umumiy). - g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga yer yuzining barcha mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya'ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Masalan, Internet tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda.

Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiladigan ikki yo‘nalish, tendensiya mavjud:

1. Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma'naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliy va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kuchmoqda.

2. Millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatlaridagi o‘ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o‘z millatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, funda-mentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda. Biron bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada, odamzot ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning bosimini sezib yashamoqda.

Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan qo‘shilishib ketganidir. Mafkuraviy globallashuv saviyasi past audio va videokassetalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ‘ib qiladigan «san'at asarlari»ning ham keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Foyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni ko‘rishi zarur bo‘lmoqda.

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va ma'naviyati ham Sharq va Farbni tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham Farb madaniyatidan bahramand bo‘lgan. Natijada har bir xalq o‘zlari uchun ana shu madaniyatning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirgan, ularga ijodiy yondashib yangi cho‘qqilarga ko‘targan. Masalan, Abu Rayxon Beruniy Xitoy, Hindiston, Yunoniston va rim falsafasi, tabiiy fanlarini chuqur o‘zlashtirgan edi. Forobiy ham o‘nlab tillarni bilgan va o‘nlab xalqlar madaniyati va ma'naviyatini chuqur o‘rgangan. Yaxshi, ijobiy g‘oyalar o‘rganilgan, ijodiy rivojlantirilgan. Lekin ular negizida yot g‘oyalar ham kirib qolgan. Shunday g‘oyalar borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib kirib keladi. Shunday g‘oyalar ham borki, ular «o‘g‘ri» kabi tuynuk qidiradi.

Eshik qoqib keladigan g‘oyalar milliy ma'naviyatni boyitadi, rivojlantiradi. XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniyati va ma'naviyati hamda uning asr oxiridagi holati o‘rtasida jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san'at, fan, hatto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin. XX asr boshida o‘zbek adabiyotida dramaturgiya janri shakllanmagan edi. M.Behbudiy, Fitrat, M.Abdura-shidxonov singari ma'rifatparvarlarning sa'y-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllandi...

Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoylmoqda. Natijada odamzod ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqala-digan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda.

Bunday vaziyatda o‘z mustaqil fikriga, sobit e'tiqodiga, mustahkam iroda va dunyoqarashiga ega bo‘lmagan odam goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishda namoyon bo‘layotgan mafkuraviy tazyiqlarga bardosh bera olmaydi. Yaponiyada paydo bo‘lgan «AUM Sinrikyo» kabi zarali oqimlar turli mamlakatlardagi minglab yosh yigit-qizlarni irodasidan, ong-shuuridan mahrum qilib, zombiga aylantirib qo‘ygani bu fikrning dalilidir.

Umuman, dunyodagi misilsiz ilmiy kashfiyotlar, universal texnologiyalar va axborot tarqatishning globallashuvi yuzaga keldi. Bu jarayonlar o‘z navbatida dunyodagi yuz berayotgan mafkuraviy vaziyatga, munosabatlarga jiddiy ta'sir ko‘rsata boshladi. Ilmiy kashfiyotlar globallashuvida mafkura bevosita ta'sir etishi ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan uzviy bog‘lanib ketgan.

Demak, g‘oyalar va qarashlarning jamiyatdagi ma'lum guruh manfaatlariga bo‘ysundirilishi va mafkuralashtirilishi - jamiyat uchun, sivilizatsiyalar uchun «salbiy omilga» aylanadi.

Natijada, jamiyatlar bir - biriga qarama - qarshi bo‘lgan qutblar bo‘linishigacha borib yetadi. Hodisani «turmushdan», «jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizi»da deb tushunish falsafasi bir tomonla-madir. Bu - «turmush, ijtimoiy borliq ongni belgilaydi», degan an'anaviy falsafaga xos bo‘lib, unda muayyan maqsadlar jamiyat hayotining «mafkuralashib» borishiga asos bo‘lgan.

Buni sobiq totalitar mafkuraga xos bo‘lgan tarixiy voqyelik to‘la tasdiqlaydi. Hozirgi zamon falsafasi esa turmushning ongga ta'sirini hisobga olgan holda, ongning faol ta'sir ko‘rsatishi va uni belgilashi to‘g‘risidagi g‘oyaga asoslanmoqda. Jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda uning taraqqiyot yo‘li inson ongi va tafakkuri darajasiga bevosita hamda uning taraqqiyot yo‘li inson ongi va tafakkuri darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. (Ergashev I. Taraqqiyot falsafasi. Toshkent: «Akademiya», 2000. 15- bet).

Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri o‘ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinmoqda.

3.6-chizma.
Hozirgi davrda mafkuraviy

jarayonlarning xususiyatlari


Integratsiyalashish




Globallashish




Differensiyalashish
















Demokratiyalashish




Insonparvarlashish




Siyosiylashish
















Milliy chegaralar doirasida qolib ketmaslik




Jamiyat hayotining hamma sohalariga ta'sir ko‘rsatish




Inson umrining bar-cha bosqichlariga umu-miy ta'sir ko‘rsatish

XXI asrning boshlariga kelib mafkuraviy jarayonlarning universallashuvi shu darajaga yetadiki, undan biror kishi chetda qolayotgani yo‘q. U butun yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab oldi, dunyodagi barcha

odamlar uning ta'siri ostida hayot kechirmoqda

Markaziy Osiyoda ham murakkab mafkuraviy jarayonlar bormoqda. Bunda, avvalo, Markaziy Osiyo xalqlari mustahkam do‘stligining ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma'naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladilar. Shu ma'noda ham ular birligini mustahkamlash umummintaqaviy ma'naviy yuksalishimizga o‘zining ijobiy ta'sirini o‘tkazib turaveradi. Bu jarayonga qarshi qaratilgan har qanday mafkuraviy ta'sir yoki harakatlar umummintaqaviy barqarorlikka xalaqit beradi.

Nima uchun kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Gap shundaki g‘oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma'naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da'vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo‘llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda.

3.7-chizma.
Iqtisodiy munosabat va

aloqalarning kuchayishi


Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning kengayishi






Mafkuraviy

jarayonlarni





Ma'naviy munosabat-lar va madaniy aloqalar ko‘lamining ortishi







globallashtiruvchi

va universallash-








Axborot va aloqa kommunikatsiyalari-ning taraqqiyoti






tiruvchi omillar




Fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko‘payishi

Texnik va texnologik

imkoniyatlarning o‘sishi

Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya'ni ularning butun kurash zaminini qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Bu jarayonlar jahon taraqqiyotining muhim xususiyati ekanini e'tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta'sir vositasi

ekanini ham unutmaslik darkor.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afg‘onistonda 2001 yil kuzigacha davom etgan fuqarolar urushi ham alohida o‘rin egalladi. Yigirma yildan ortiq davom etgan harbiy majoralar oqibatida umumiinsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‘oniston hududi xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurol-yaroq va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi o‘chog‘i bo‘lib keldi. Bu esa turli zararli g‘oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika yo‘li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‘dirgan edi.

Keng miqyosli integratsiya va globallashuv jarayonlari jahon taraqqiyotining hozirgi paytdagi muhim xususiyatlaridan biri ekanini e'tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta'sir o‘tkazish vositasi ekanini ham unutmaslik darkor.

3.8-chizma.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyo siyosiy xaritasida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli bu mintaqaga nisbatan geopolitik yondashuvlarning ifodasi bo‘lgan mafkuraviy jarayonlar murakkablashib bormoqda. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon hayotga bo‘lgan ishonch–e'tiqodni mustahkamlash yo‘lida xavf–xatarlarning oldini olish uchun muttasil ogoh bo‘lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi.

Markaziy Osiyo mintaqasida mafkuraviy jarayonlar





Integratsiya jarayon-

larining kuchayib

borishi











«Turkiston - umumiy uyimiz» g‘oyasining amalga oshishi



















Mustaqil davlatlar o‘rtasidagi hamkor-likni kuchaytirish




Ijobiy ta'sir

ko‘rsatuvchi

omillar





Terrorchilikka qarshi kurash markazini tashkil etish



















Diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda umumiy faoliyat olib borish









«6+2» guruhi faoliyatini kuchaytirish







Globallashuvning ijobiy natijalari - XX asrdagi zamonaviy ilm-fan yutuqlari odamlar tasavvurini keskin o‘zgartirib yubordi. Respub-likamiz intellektual salohiyati XX1 asrga kelib jahondagi ko‘pgina rivoj-lanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketdi. Olimlarimiz buyuk bobolarimiz-ning o‘zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur o‘rganib, dolzarb muammolarni tadqiq qilishga dadil kirishib, o‘z mehnatlari bilan Respublikamiz ijtimoiy-iqtisoidiy rivojiga hissa qo‘shmoqdalar. Respublikamizda quyi-dagi yo‘nalishlar bo‘yicha jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratilgan:

1. Matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi. Astranomiya sohasida qadim zamonlardayoq kashfiyotlar yaratilgan (Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ulug‘beklarning kashfiyotlari).

2. Sanoat usulida o‘zlashtirish uchun yaroqli mineral xom ashyo zahiralarining hosil bo‘lishiga olib keladigan geologik jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar.

3. Molekulyar genetika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya sohasidagi tadqiqotlar. Bular mikrobiologiya sanoatida, atrof-muhitni muhofaza qilishda fan-texnika taraqqiyotini ta'minlashning zarur omilidir. Respublikada organik va noorganik kimyo, o‘simlik moddalari kimyosi, biologiya va genetika, biotexnologiyalarni yaratish sohasida ilmiy maktablar shakllandi va rivojlandi. O‘zbek seleksiyalari yutuqlarini alohida ta'kidlash lozim. Keyingi yillarda g‘o‘zaning 30 dan ortiq istiqbolli navlari yaratildi.

4. Moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o‘rga-nish bilan bog‘liq tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston radiotsion materialshunoslik va geliomaterialshunoslik kabi yo‘nalishlarda butun dunyoda e'tirof etilgan ustunlikka ega. O‘zbekistonda yuqori energiyalar fizikasi sohasida ilmiy maktab vujudga keldi.

5. Jahon va mamlakatimiz tarixi, O‘zbekistonning madaniy va ma'naviy merosi, o‘zbek tili va adabiyotining tarixiy rivojlanishi tadqiq etilmoqda.

2000 yilning sentyabr oyida ham BMT Bosh Assambleyasi «Ming yillik sammiti»da, 2003 yil 29 mayda ShHTning Moskva sammitida, 2004 yil 17 iyunda Toshkent sammitida, 2005 yil 5 iyulda Ostona ShHTning sammitlarida Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro terrorizm va narkobiznessga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash va jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish muammolariga e'tibor qaratdi. Mintaqa xalqlari uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu jarayonni to‘g‘ri anglab yetgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari faqat 2000 yilning o‘zida bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, 2000 yil oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari» to‘g‘risidagi o‘ta muhim hujjat imzolandi.

Umuman, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va globallashuv jarayonlari aqidaparastlik (arab. e'tiqod) va jaholatga tamomila ziddir.

Diniy aqidaparastlik - esa siyosiy maqsadlar yo‘lida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya'ni mazkur din paydo bo‘lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. Islomiy aqidaparastlik - zamonaviy islomda mavjud 3 yo‘nalishdan (qolgan 2 tasi: traditsionalizm va modernizm) biri. Islom aqidaparastligining asosiy g‘oyasi - «sof islom» qat'iyatlariga (prinsiplariga) qaytish, maqsad esa - islomiy davlat va taraqqiyot yo‘lini joriy etishdan iborat.20

Globallashuvning salbiy oqibatlariga albatta o‘z vaqtida kurash olib borish lozim. Yoshlarda dunyodagi mafkuraviy manzarasini va globallashuv ja-rayonlarini teran anglash va bu borada zarur ko‘nikmalar hosil qilib bormoq lozim. Buning uchun biz yuqorida bayon etganimizdek, islom ekstremizmi va aqidaparastligiga keskin kurash olib bormoq uchun siyosiy, huquqiy, ma'naviy bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz lozim. Diniy ekstremizm va aqidaparastlikning keltirib chiqarayotgan sabablarini o‘rganmoq kerak.

1) Birinchi sababi - mustamlakachilik va yangi mustamlakachilik, buyuk davlatchilik shovinizmi.

2) Xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo‘rovonlik, musulmon davlatlarining Farb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga erishish niyati, «parchalab tashla va hukmronlik qil» degan ko‘p sinalgan siyosatni davom ettirish.

3) Uchinchi sabab - iqtisodiy kamsitishlar, kalondimog‘lik. Boshqa madaniyat, boshqa sivilizatsiyaning, xususan, ko‘p asrlik ildizlariga ega Sharq falsafasining bir qismi bo‘lgan islom sivilizatsiyasining fazilatlarini, umuman, islomning o‘zini yaxshi bilmaslik, tushunmaslik hollari kabi sabablarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin.

3.9-chizma.

Markazlashgan Osiyo mintaqasidagi

mafkuraviy jarayonlar


Islom xalifaligi bayrog‘i ostida musulmon xalqlarini yangi imperiyaga birlashtirishga intilishlar

Salbiy

ta'sir ko‘r-


Yosh mustaqil davlatlarni sobiq ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi






satuvchi mafku-

raviy tah-






Tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar

didlar

Axloqsizlik g‘oyalarini yoyib, xalqni ma'naviy jihatdan buzishga intilishlar



Turli mafkuraviy vositalar orqali

mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni

keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa