«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet17/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

4. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni

Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin:

1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‘ladi.

2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi.

3. Mehnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o‘ynaydi.

Milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishni takomil-lashtirishning umumiy qonuniyatlari, talablari quyidagilardan iborat:



  1. Milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi.

  2. Ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi.

  3. Umuminsoniyat ma'naviy merosiga tayanib, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish.

  4. Madaniy sohani erkinlashtirish.

  5. Foyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlarini hisobga olish.

  6. Foyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish.

Ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish jarayoni davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‘zaro muvozanati va mutano-sibligini ta'minlash bilan bog‘liq (Karimov I.A. Asarlar. T.10. 322-bet).

O‘zbekistonda milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish jarayonlarida davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarda ko‘rinadi:

1) Ma'naviy-madaniy hayotni, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tash-killashtirish, boshqarish va nazorat qilishning siyosiy institutlari tizimi-ni, mukammal mexanizmlarini, vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda.

2) Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarning takomillashtirilishi, milliy g‘oyani rivojlantirish manfaatlariga mos kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgi-laydigan mezonlardan biridir.

3) Davlatning xalqaro ma'naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy munosa-batlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga mos kelmoqda.

4) Foyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va demokratik rivojlanishini ta'minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo‘lmoqda.

Umuman, g‘oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi:

- ziddiyatga olib keluvchi inqilobiy o‘zgarishlardan, siyosiy qarash-lardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustu-vorligini e'tirof qilish orqali;

- g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratlashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni, xalqaro huquq me'yorlariga qat'iy rioya etish tufayli;

- millatlararo ma'naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas'uliyat va imkoniyatlari tengligini ta'minlash natijasida;



- g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g‘oyalarning mavqyelarini e'tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo‘ladi.
Tayanch iboralar

Jamiyat mafkurasi - xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat qiluvchi kuch. Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bayroq. Ongli turmush - jamiyat hayotining bosh mezoni. Jaholat - ma'rifaatning kushandasi. Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini mujassam bog‘lab, ko‘priq bo‘lib xizmat qiluvchi g‘oya. Jamoatchilik ongi - ijtimoiy ong shakli. Milliy qariyatlar - milliy mafkuraning tarbiyaviy elementi. Mahalla - o‘zini o‘zi boshqarish maktabi. E'tiqod - ishonmoq, amin bo‘lmoq.
Muhokama uchun savollar

  1. «Jamiyat mafkurasi» tushunchasini izohlab bering?

  2. «Milliy g‘oya» tushunchasini bayon eting?

  3. Jamoatchilik ongiga milliy g‘oya qanday singdiriladi?

  4. Foyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat tamoyilining ma'no va mazmuni nimani anglatadi?

  5. E'tiqod qanday singdiriladi?

  6. Milliy istiqlol mafkurasining umumxalq manfaatlarini tushuntirib bering.

Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. «O‘zbekiston», 2003.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka, tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6.-T.: «O‘zbekiston», 1997. 31-40, 125-135, 149-162-b.

  3. Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. T.7.-T.: «O‘zbekiston», 1999. 84-102-b.

  4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8.-T.: «O‘zbekiston», 2000. 489-508-betlar.

  5. Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 6-12, 14-26, 28-38, 47-48-betlar.

  6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 462-467-betlar.

  7. Karimov I.A. «Egali yurt erkini bermas». T.9. -T.: «O‘zbekiston», 2001. 70-98-betlar.

  8. Karimov I.A. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga so‘z boshi. T.9. -T.: «O‘zbekiston», 2001. 220-224-betlar.

  9. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutq. «Ishonch», 2004 yil 26 may.

  10. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq «Xalq so‘zi», 2004 yil 2 iyun.

  11. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan, hamkorlik yo‘li. -T.: «O‘zbekiston», 2003. 320 b.

  12. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch - qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. -T.12. -T.: «O‘zbekiston», 2004. - 400 b.

  13. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi. T.: «O‘zbekiston», 2005. 64-bet.

  14. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 96 b.

  15. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 160 b.

  16. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: A.Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti, 1993. 53-67-betlar.

  17. Nizomiddin Shomiy. «Zafarnoma». -T.: «O‘zbekiston», 1996, 9-13-betlar.

  18. Azizxo‘jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. -T.: «Sharq», «Akademiya», 2001, 59-98 betlar.

  19. Azizxo‘jaev A.A. Chin o‘zbek ishi. - T.: «Akademiya», 2003. 101-118-betlar.

  20. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: «Yangi asr avlodi», 2001. 222-betlar.

  21. Nazarov Q., Ochildiev A. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. - T.: «Yangi asr avlodi», 2002. 192 b.

  22. Saifnazarov I., Karimov T.: Muxtarov A. Xalqimizning hamjihatligi terrorizmga qarshi kafolatdir. - T.: «Yangi asr avlodi», 2004. - 56 b.

  23. Xolbekov A.J., Matiboev T.B. Ijtimoiy adalat va demokratiya: barqaror taraqqiyot yo‘lida. -T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 101-105-betlar.

  24. Bekmurodov A.Sh. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat: ustuvor masalalar va innovatsiyalar. -T.: TDIU, 2005. - 44 b.

  25. Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005. 131-149-betlar.


Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi.

1. www. gov. uz

2. www. press - service. uz.

3. www. bilim. uz.

4. www. philosophy.ru.

5. www. filosofiya.ru.

6. www. philosophy.nsc.ru.

7. http // philosophy.albertina.ru.

8. www. history.ru.

9. www. philosophy.com.



III-BO‘LIM.

MILLIY ISTIQLOL FOYaSI - O‘ZBeKISTONNING

O‘ZIGA XOS VA MOS RIVOJLANISh

KONSePSIYaSI uchun asos
7-mavzu. Milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish
Ma'ruza rejasi:

1. Milliy istiqlol g‘oyasi - O‘zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot konsepsiyasi.

2. O‘zbekistonda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog‘liqligi.

3. Milliy istiqlol g‘oyasi har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati.


1. Milliy istiqlol g‘oyasi - O‘zbekiston istiqbolini ifoda

etuvchi milliy taraqqiyot konsepsiyasi

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish - milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi hisoblanadi. Insonning ijtimoiy-siyosiy mohiyati faqat ozodlik va erkinlik sharoitidagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi - «ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilish-larini, bunyodkorlik faoliyatining ma'no-mazmunini ifodalaydi.

Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasida mustaqillik, ozodlik, erkinlik tushunchalari ustuvor va yetakchi o‘rinda turadi. Bu g‘oya Vatan ozodligi barcha orzu-intilishlarimiz, istiqlolni mustahkamlashga doir amaliy faoliyat ko‘lami va yo‘nalishlari uchun asos ekanligidan dalolat beradi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Biz uchun mustaqillik - o‘z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o‘z hayotimizni o‘z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan holda tashkil etish, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish huquqidir».

Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh maqsadi - buyuk demokratik davlat barpo etishdir. Davlatning buyukligi nima bilan belgilanadi? Davlatning buyukligi, avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi, xalqning erkin va farovon hayoti bilan belgilanadi.

Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma'naviy ne'matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.

Erkin va farovon hayot qurishning quyidagi 3 omili ham mavjud:



1) Demokratik qadriyatlar erkin va farovon hayot ko‘rishning birinchi omili. Prezident Islom Karimov jamiyatning demokratlashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo‘lmasligini ta'kidlaydi. «Demokratiya, - degan edi Prezidentimiz Islom Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». (Šarang: Karimov I.A. Asarlar. T.7. 160- bet).

2) Jamiyat barqarorligi, barqaror taraqqiyot - erkin va farovon hayot qurishning muhim qadriyatlaridan biridir. Mamlakatimizda barqaror taraqqiyot uning asosiy omillari va shartlarini Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asarida barqaror taraqqiyotni ma'lum bir shartlar bilan bog‘liq holda tahlil etadi. Bular:

a) ma'naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi;

b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkam-lash;

v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakl-lantirish;

g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi;

d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi (Qarang: Karimov I.A. Asarlar. T.6. 125-190-betlar).



3) O‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish - farovon hayot qurishning uchinchi omili, hamda fuqarolik jamiyatining tayanchi hamdir. O‘rta qatlam bu o‘z shaxsiy mulki, ya'ni turar joylari, shaxsiy transport vositalariga ega bo‘lgan. O‘zini va o‘z oilasi hayotini munosib tarzda ta'minlay oladigan, o‘zining va oila a'zolarining fundamental ehtiyoj-larini (ta'lim olish, dam olish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish) qondirish uchun yetarli moddiy imkoniyatlari mavjud bo‘lgan va eng muhimi - bu imkoniyatni o‘z ish haqi va daromadlari evaziga ta'minlay oladigan hamda faol ravishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etadigan fuqaro-lardir.

Mamlakatimizda o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun:

1) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni rag‘-batlantirish;

2) qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish hisobiga ko‘p ukladli iqti-sodiyotni vujudga keltirish;

3) kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish;

4) tadbirkorlikni rivojlantirish (Karimov I.A. Asarlar. T.6, 162-178-betlar).

Forobiy fikriga ko‘ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir.48 Forobiy «Aflotun qonunlari mohiyati» asarida fozil jamiyat konsepsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Uning fikriga ko‘ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgina farovonlikning o‘zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdagi jasorat emas, balki odamlarning o‘z illatlari ustidan g‘olib kelib, tinchlikni ta'minlashlaridir.49 Demak, insonlaning o‘zaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan haraka-tidan farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kelib chiqadi.

Demokratik tamoyillarga asoslangan farovon hayot qurish g‘oyasi xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi. Lekin bunga erishish uchun demokratiyani yaratish, uni ijod qilish, unga ko‘nikish, u bilan yashash ko‘nikmalari, tajribasi, bir so‘z bilan aytganda demokratik madaniyat ham zarur. Demokratik jarayonlar tarixi shundan guvohlik beradiki, uni o‘rganishdagi eng oson yo‘l - taqlid, eng ishonchlisi - o‘rganish va eng achchig‘i - tajribadir.

Bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Mazkur strategik bosh maqsadlar quyidagi sohalar bo‘yicha belgilab berildi:



I. Siyosiy sohada: Ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarini demok-ratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi ma'no-mazmun bilan boyitish, uning izchilligi va samarasini ta'minlash – dolzarb vazifadir.

1. Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish.

2. Ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish.

3. Nodavlat tuzilmalar, hukumatga qarashli bo‘lmagan va jamoat tashkilotlarining, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish. Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgan sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borish zarur.

4. Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta'minlash.

5. Inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.



II. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:

1. Hokimiyat tizimlari bo‘linishining konstitutsion prinsipiga amal qilishini ta'minlash. Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqil faoliyatini erkinlashtirish.

2. Ma'muriy sohada amalga oshirilayotgan islohatlarning samarador-ligini kuchaytirish. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, erkin tadbirkorlikni demokratik rivojlantirish. Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishini ta'minlash.

3. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va yangilash tizimini takomillashtirish zarur.



III. Iqtisodiyot sohasida:

1. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosh vazifa – eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish, xususiy bines faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat.

2. Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish.

3. Mamlakat iqtisodiyotiga xorix sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish taqozo etilmoqda.

4. Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotimizda ustuvor o‘rin olishi darkor.

5. Mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta'minlash.

6. Mamlakatimiz iqtisodiy mustaqillini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davot ettirish.

IV. Ma'muriy sohada:

1. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o‘rnini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish.

2. Ko‘ppartiyaviylik, ko‘pfikrlilik sharoitida fuqarolarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qila olishi jamiyatimizda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning negizi bo‘lmog‘i kerak.

3. Dinga hurmat va e'tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir.

4. Oila, onalar va ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni va mavqyeini oshirish.

5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish.

6. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va an'analarini rivojlantirishga ko‘maklashish, ular faoliyatini kengaytirish.

7. Keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek noyob insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash.



V. Sud-huquq sohasida:

1. Huquqiy davlat mohiyatini belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, me'yoriy xujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy davlatni ta'minlash.

2. Davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida qabul qilingan qonun va me'yoriy xujjatlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash.

3. Mustaqil tarmoq sifatida sudlarning faqat qonunga bo‘ysunishini ta'minlash. Advakatura idoralari mavqyeini oshirish.

4. Aholi, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sora-tadbirlar dasturini keng ko‘lamda amalga oshirish.

VI. Tashqi siyosat sohasida:

1. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xavfsizlikni ta'minlash.

2. Afg‘on muammosini “6Q2” guruhi atrofida hal etish.

3. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga keng miqyosda integratsiyalashuvini ta'minlash zarur.



VII. Xavfsizlikni ta'minlash sohasida:

1. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi xalqalarning xavfsizligini ta'minlash.

2. Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy hamkorlik miqyoslarini har tomonlama kengaytirish.

3. Yagona davlat siyosati asosida armiya, chegara va ichki qo‘shkinlarimizni bosqichma-bosqich va izchil isloh etish.

4. Davlat chegaralarini yanada mustahkamlash va unga tegishli inshootlarni barpo etish.

5. Xavfsizlikning bo‘linmas va yaxlitligini haqidagi bosh prinsipgsha tayanib, Terrorchilikka qarshi kura bo‘yicha xalqaro markaz barpo etishga oid O‘zbekiston tashabbusini amalga oshirish ishlarini yanada kuchaytirish.

6. Huquq-tartibot organlari tizimini isloh etish va ularning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash.
2. O‘zbekistonda demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurish

insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog‘liqligi.

Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob'ektiv qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganishi asosida faoliyat olib borish va hayot kechirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.

Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o‘z manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlatiradigan insongina milliy g‘oyamiz tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Demokratiya (yunon. «demos» xalq va «kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e'lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma'noda demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar qilishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda barpo etilayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini ta'minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘otda yashashga imkon beruvchi, birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz ko‘zlagan maqsadga xizmat qiladi. XX asr boshlarida ozod yurt qayg‘usida yashagan Abdulla Avloniy fikricha, «Har bir mamlakatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘ilqdir».

Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko‘lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.

Fuqarolik jamiyati va davlat tuzilishini quyidagi chizma asosida izohlash mumkin.

Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, kooperativlar, ishbilarmonlar uyushmalari, klublar va boshqalar fuqarolik jamiyatining yadrosini tashkil etadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasi amaliyotga tadbiq etilmoqda. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, «fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan joyda siyosiy kelishuvning ham bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ayondir». Zero, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish degani davlatning kuchliligi yo‘qoladi, degani emas, fuqarolik jamiyati qanchalik taraqqiy topgan bo‘lsa, davlatdagi birdamlik, barqarorlik va uyg‘unlik shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Biz bir narsani yaxshi anglab olishimiz kerakki, umumiy va maxsus bilimlarga ega ongli, tafakkur ham har xil «izmlar»dan ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘lgan insonlargina fuqarolik jamiyatini barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga qodir bo‘ladi.

Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni demokratlash-tirish hamda yangilash yo‘lidagi harakatlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish va so‘zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat'iyat bilan davom ettirish, ularni xalqimiz orzu qilgan marralarga yetkazishdir.

Ana shunday maqsadlarni o‘zida mujassam etgan dasturning negizini quyidagi ustuvor vazifalar tashkil etadi:

1. Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad tengsiz oliy ne'mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo‘lib qolaveradi.

2. Ikkinchi ustuvor yo‘nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashdan iborat.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa