«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet18/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

3. Uchinchi ustuvor yo‘nalish. Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat.

4. Eng muhim ustuvor yo‘nalish - bu inson huquqlari va erkin-liklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamo-yillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. Ommaviy axborot vositalari tom ma'noda «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilmog‘i lozim.

5. Beshinchi ustuvor yo‘nalish - fuqarolik jamiyatini shakllanti-rishning muhim sharti bo‘lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. «Adolat qonun ustuvor-ligida» amalga oshadi.

6. Oltinchi ustuvor yo‘nalish - bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo‘yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirishdan iborat. Qaerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar.

7. yettinchi ustuvor vazifa - bu barcha islohotlarimizning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir.

Prezident Islom Karimov 2005 yil 28 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida yuqorida zikr etilgan maqsad va yo‘nalishlarning barchasi avvalo mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan tamoyilni o‘zida nazarda tutganligini yana bir bor bayon etdi. Bunda nimalar nazarda tutiladi?



1. «Avvalambor, hokimiyat vakolatlarining ma'lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish. Yana bir muhim vazifa - o‘zini o‘zi boshqarish organlari - mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozim.

2. Ikkinchidan, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta'sirini tubdan kuchaytirish...

Odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir».50


3. Milliy istiqlol g‘oyasi har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-

istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati

Ozod va Vatan, erkin va farovon hayot qurishdan iborat bo‘lgan bosh g‘oyamiz, pirovard maqsadimiz quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi:

1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasining negizlarini.

2. Milliy g‘oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida.

3. Jamiyat barqarorligi - erkin farovon hayot qurish omili.

4. O‘rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurish-ning o‘zaro aloqadorligi.

5. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayotning bog‘liqligi.

6. Erkinlik va taraqqiyot g‘oyalarining mushtarakligi.

7. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari.

Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari. Prezident Islom Karimovning «Biz hyech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz» degan chaqirig‘ining zaminida boy mazmun mujassamlashgan. Bunda bugungi yutuqlarimizdan faxr tuyg‘usi ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga chorlov ham, mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonch ham o‘z ifodasini topgan. Aslida bu yoshlarimizga g‘amxo‘rlik, mehr-muhabbat, ularning kuch va imko-niyatlariga katta ishonchni anglatadi. Yoshlarni jismonan baquvvat ma'nan barkamol, aqlan yuksak, ruhan uyg‘oq avlod qilib tarbiyalash millat g‘oyasi sifatida ilgari surildi. Ta'lim sohasini tubdan isloh qilishdan tortib, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishgacha bo‘lgan barcha keng miqyosdagi islohotlarning maqsadi ham shunga qaratilgan.

Komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma'na-viyatining uzviy bir qismi bo‘lib kelgan. U islom falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma'no-mazmun, kasb etgan. Tasavvuf (so‘fiylik) ta'limotida inson ruhiy kamolotga erishishining asosiy yo‘nalishi-yo‘llari 4 bosqichdan iborat deb hisoblaydi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma'rifat; 4) haqiqat.

Erkin hayot - bu insonning o‘z ixtiyori, qobiliyatini erkin namoyon eta olishidir. Hayot erkin bo‘lgan joyda taraqqiyot bo‘ladi. Shunda inson o‘z salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobiliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, o‘zi sevgan kasb, mehnat faoliyatini erkin tanlashiga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir.51 Ana shunday hayotni yaratishni o‘zining oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo‘ladilar. Bu uning mistiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi ekanligi, shubhasiz, chuqur falsafiy ma'no va ahamiyat kasb etadi. «Erkin hayot» degani bu xohlagan ishni qilish, el, xalq, Vatan oldida hyech qanday mas'uliyat sezmaslik degani emas... Erkin hayot degani bu raqobatga kirisha olish imkoniyatidir. O‘z salohiyatini yuzaga chiqarish uchun bahslashish, namoyon eta olish, bunyodkorlik yo‘lida orzu-maqsadlarga yetishish uchun yashash, shunga intilish, xohish - istak sezishdir.

Milliy istiqlol mafkurasining yana bir vazifasi jamiyatda sog‘lom ma'naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu esa, o‘z navbatida, hurfikrli, mutelik va jur'atsizlikdan xoli insonni tarbiyalash vazifasi bilan bog‘liq. Faqat hurfikrli, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insongina mutelik va jur'atsizlikdan xoli bo‘ladi. Ana shunday insongina ozod va obod Vatanni barpo etadi, erkin va farovon hayotni yarata oladi.

Bulardan tashqari milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifa-laridan yana biri vatanparvarlikdir. Milliy istiqlol mafkurasining xalqimizga xos bo‘lgan: imon-e'tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish talab etiladi. «O‘zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish mustaqil-ligimizga xizmat qiladigan vazifalardir.

Milliy istiqlol mafkurasining yana bir muhim vazifasi kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi, g‘oyaviy himoya vosita ekanligi bilan belgilanadi. U xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan o‘lmas e'tiqodi sifatida yosh avlodni tarbiyalashning beqiyos omilidir. Shu ma'noda milliy istiqlol g‘oyasi yoshlar hayotining ma'nosi va mazmunini belgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kelajak barpo etish uchun yashash va kurashish chinakam insoniy saodat ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.


Tayanch iboralar

Ozodlik - barcha demokratik erkinliklarga erishishning, haq-huquq-lari kafolatlangan va ta'minlangan jamiyatning bosh sharti. Mustaqillik - bu huquq. Obod Vatan - fuqarolari erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo‘lgan, xavfsizligi ta'minlangan farovon hayot qurish makoni. Erkinlik - bosh g‘oyadagi inson hayotining mohiyati. Demokratiya - xalq hokimiyati. Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushuncha.
Muhokama uchun savollar

1. Milliy istiqlol g‘oyasining bosh pirovard maqsadini bayon eting?

2. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat! g‘oyasini asoslab bering?

3. Moddiy va ma'naviy uyg‘unlik nima degani?

4. «Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalarini izohlang?

5. O‘rta mulkdorlar qatlami qanday shakllanadi?

6. Fuqarolik jamiyatini bayon eting?

8-MAVZU: MILLIY FOYa VA DeMOKRATIK RIVOJLANISh, millatlararo totuvlik hamda diniy

bag‘rikenglik masalalari
Ma'ruza rejasi:

1. Milliy g‘oyada miliy rivojlanish va demokratiya tushunchalarining o‘zaro munosabati.

2. Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik g‘oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O‘zbekistonda milliy-diniy bag‘rikenglik va dunyoviylik.
1. Milliy g‘oyada milliy rivojlanish va demokratiya

tushunchalarining o‘zaro munosabati

Demokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g‘oyasi. Mamla-katimizda demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».

Shu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an'analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.

Har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.

Bizga ma'lumki, sobiq sho‘rolar davrida Sharq xalqlariga K.Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘rilgan edi. Bu nazariyaga ko‘ra Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan despotizmga, ya'ni zo‘rovonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat bo‘lgan. yevropatsentristik qarashlar (Gegel), yevropani jo‘g‘rofiy jihatdan ustun qo‘yish (Monteske), kapitalizmning tarixan aynan yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi Sharq turmush tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot bir narsa, degan, bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda Sharqning ham o‘ziga xos davlatchilik an'analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u Farbdan sira ham kam emasligi barchaga ayon bo‘lib qoldi.

Xususan, Sharq demokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma'naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me'yor» tushunchasi aslida demokratik me'yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.

Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:

1. Sharqona demokratiya (o‘zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o‘ziga xos ko‘rinish).

2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).

3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayo-niga e'tibor) ko‘rinishlari mavjud bo‘lib kelgan.

Umuman, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne'mat, ko‘pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an'analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Fransiya (boshqa yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an'analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar negizida amal qilmoqda.

Shubhasiz, O‘zbekistonda ham biz ana shunday bo‘lishi uchun intil-moqdamiz. Yurtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda. Biz demokratiya yo‘lini, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga yetish uchun bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz52.

Shunga ko‘ra milliy g‘oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi) zararli va umrini o‘tab bo‘lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina yetuk ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam o‘z erkini boshqalar erki bilan birga deb biladi, o‘zgalarning yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug‘ ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy ana shunday yetuk, komil inson bo‘lish uchun kurashganlar. «Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o‘zi ham hyech kimga qul emasligidan faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g‘oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo‘lib kelmoqda.

Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o‘zaro uyg‘un va bir biri bilan bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O‘zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.

Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko‘p. Zero, demokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o‘z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to‘la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma'naviyat egasi bo‘lish, mas'uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas'uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak. O‘zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Demokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim o‘zar»ga bardosh berishni talab qiladi. Biz hozir demokratik davlat qurishning boshlang‘ich davrini boshimizdan kechirayapmiz, bu jarayon uchun muayyan vaqt kerak53. Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olg‘a intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yishga mayllik vujudga kelishi muqarrar.

Milliy g‘oya, erkin fuqaro va ozod shaxs masalasi. Prezident Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasida so‘zlagan ma'ruzasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan o‘tkazar ekan, yaqin yillardagi muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida «jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish» zarurligini bayon etdi. Xo‘sh, buning eng ustuvor yo‘nalish bo‘lgan «mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish» vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish mumkinki, bevosita aloqasi bor. Chunki, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish degan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish demakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning o‘zi. Shu boisdan ham birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 14-sessiyasida va 2-chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiya-sida siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy sohalarni erkinlash-tirishga qaratilgan strategik dastur qabul qilindi. Shunday ekan, fuqa-rolar o‘z haq-huquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bo‘lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi.

Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro chinakamiga fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bo‘lishi lozim.

Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to‘rt jihatni o‘zida qamrab oladi, ya'ni:

1) o‘z haq-huquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;

2) o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini ko‘radigan;

3) atrofida sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan;

4) shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib faoliyat yuritadigan bo‘lishi lozim.
2. Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik g‘oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O‘zbekistonda milliy-diniy

bag‘rikenglik va dunyoviylik

1. Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikning asoslari. Jahon keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O‘zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo‘lmoqda. Bunday ahillik, do‘stlik va hamkorlik o‘zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir»54, - degan qoida ana shu bag‘rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir.

Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg‘u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator tamoyillar belgilab qo‘yilgan.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat'iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan.

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e'tiqodidan qat'iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta'kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma'naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilik-dan g‘ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatil-maganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g‘oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidapa-rastlik va irqchilik qarashlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko‘plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylan-tirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‘yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak55.

Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g‘oyalaridan biri bo‘lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g‘oyasi umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

Bu g‘oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma'naviy asosidir.

Milliy g‘oya - har bir millat vakilining iste'dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o‘rtasida hamjihatlik bo‘lishi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g‘oyaning ahamiyatini tushunib yetmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta'siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar. XX asrda yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo‘lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g‘oyasiga asoslangan kommunizm g‘oyasi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

O‘zbekiston hududida qadim-qadimdan ko‘plab millat va elat vakil-lari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi.

Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. U xalqimizga bo‘lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.

Demak, mamlakatlarda ko‘p millatlilik omili demokratik o‘zgarish-larni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishining ta'sirchan vositasiga aylanib qolgan.

Milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e'tiborsizlik ham tinchlik va barqaror-likka salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. I.A.Karimov o‘z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: «Ayni chog‘da insoniyat tarixida buning aksini, ya'ni ko‘p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg‘unlikning yo‘q-ligi, butun-butun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiy-siyosiy falokatlarga olib borganini ko‘rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko‘p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butun-butun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsiz-ligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan».

Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g‘oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol g‘oyasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o‘rtasida mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo‘lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo‘limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an'analari, madaniy merosini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.



3. Diniy bag‘rikenglik - xilma-xil diniy e'tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor, hamjihat bo‘lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a'zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.

Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardush-tiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharimizda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo‘lgan xalqlar, qavmlar o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega bo‘lganidan dalolat beradi56.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tash-kilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifoda-sini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.

O‘zbekistonda milliy-diniy bag‘rikenglik va dunyoviylik. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo‘lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag‘rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O‘sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o‘rganganlar, ustoz-shogird bo‘lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini o‘zaro teng huquqlilik, hamdo‘stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag‘rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo‘stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e'tiqodidan qat'iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo‘lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko‘ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko‘ra ham inson eng oliy mavjudotdir.

Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do‘stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta'limot-lar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo‘lishga undaydi.

Diniy bag‘rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish yo‘lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g‘oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.

Aksincha, diniy bag‘rikenglikni tor ma'noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg‘itib, kishilarni o‘zaro guruhlarga bo‘lib yuborishi mumkin. Shuningdek, ayrim guruhlarning g‘arazli manfaat-lariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi.

Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday yozadi: «Afsuski, insoniyat taraxida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e'tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Fanatizmning o‘ziga xos xususiyati va ko‘rinish-lari, avvalambor, o‘z dinining haqiqiyligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladilar»57.

O‘zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o‘tish davrida diniy bag‘rikenglik qanchalik muhim bo‘lsa, diniy bag‘rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g‘oyalari, o‘z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasini to‘g‘ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hyech qanday o‘rin qolmaydi.

Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat Sharq emas, balki, Farb sivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e'tiqod, an'ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma'naviy mezonlarni o‘zida aks ettiradi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa