«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet16/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

2. Milliy g‘oyani xalq ishonchi, ongi, e'tiqodiga singdirish

shart - sharoitlari, vazifalari va mezonlari

Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblari «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» deb nomlangan bo‘lib, mazkur asar Prezidentning 8-jildidan joy olgan.

Har qanday jamiyatni, xalqni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlash-tirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor g‘oyalari mavjud bo‘lib kelgan. Prezidentimiz ta'biricha, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy mazmuni, intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o‘z manfaatlarini milliy g‘oya, milliy mafkura orqali belgilab oladi. Hozirgi zamonda eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prezident Islom Karimovning «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» asarida ko‘tarilgan asosiy g‘oyalar quyidagilardan iborat:



  1. Mamlakat, damlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi.

  2. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi.

  3. Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o‘ziga qaratish uchun kurashmoqda.

  4. Mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo‘shliq tufayli yuz bermoqda.

  5. Odamning qalbida ikkita kuch - bundyokorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi.

  6. Yot mafkuraviy ta'sirga ayrim yoshlar kirib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak.

  7. Maqsad huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.

  8. Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim.

  9. Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish.

  10. Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtiso-diyotiga qaratilishi kerak.

  11. Jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.

  12. Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo‘nda qilib tushuntirishda turli vositalardan samarali foydalanish.

  13. Mafkura qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo‘lganligi boisdan millat manfaatlariga javob berishi darkor.

  14. Milliy mafkurani tepadan turib yaratib bo‘lmaydi, u prinsipial masaladir.

  15. Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg‘usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga e'tiborda bo‘lishi, oila, mahalla, ya'ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, diniy qadriyatlarga, ma'rifat tamoyiliga monand rivojlanishi kerak (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 489-508-betlar).

Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o‘z ta'sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intiladi.

Bugungi kunda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda. XX asr 80-yillarning oxirida mamlakatimizga o‘zini «do‘st», «dindosh», «millatdosh» qilib ko‘rsatib, go‘yo islom dini sofligi uchun kurashga «da'vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib keldi. Aqidaparastlar juda «chiroy-li da'vatlar» bilan chiqib, ayrim yoshlarni o‘ziga rom qilishga ulgirdi.

Aslida odamning qalbida ikkita kuch: bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi. Inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq.

Mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun:

- birinchidan, odamlarimiz, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mus-tahkamlash, irodasini baquvvat qilish, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlar qilib tarbiyalash lozim;

- ikkinchidan, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak;

- uchinchidan, milliy mafkurani shakllantirish;

- to‘rtinchidan, turmush darajasi va erkinligini ta'minlash;

- beshinchidan, siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish, (ayniqsa siyosiy va davlat qurilishini);

- oltinchidan, ko‘ppartiyaviylik muhitini vujudga keltirish;

- yettinchidan, davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipidagi 3 ta hokimiyatning mustaqilligini ta'minlashdan iborat;

- sakkizinchidan, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiya-sini amalga oshirish;

- to‘qqizinchidan, oilani mustahkamlash;

- o‘ninchidan, iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtiso-diyotini rivojlantirish, mulkchilikni qaror toptirishdan iborat;

- o‘n birinchidan, jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanib, jamiyatni rivojlantirish;

- o‘n ikkinchidan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik va h.k.

Milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchi, talabalarga sodda, lo‘nda qilib tushuntirish lozim. Buning uchun taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi haqida maxsus darsliklar, qo‘llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratilayot-ganligining boisi ham shundan.

Milliy mafkurani yaratishda quyidagi holatlarga e'tibor bermoq kerak:

1. Xalq, millat o‘z milliy mafkurasini butun umri davomida boyitib boradi. Chunki mafkura qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas. Bu yo‘lda fidoyi ziyolilar mehnat qilishi kerak.

2. Milliy mafkurani tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo‘lmaydi, bu prinsipial masala.

Milliy istiqlol, mafkurasi o‘zida xalqimizning muqaddas tuyg‘u-larini ifoda etishi kerak. Masalan, Vatan tuyg‘usi. Bu inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otadi. «Men nechun sevaman «O‘zbekistonni?» degan chuqur ma'noli savolni o‘zimizga berishimiz kerak. Yoki ona tiliga muhabbat masalasi. Ona tili - bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.

Milliy qadriyatlar - milliy mafkuraning - tarbiyaviy element-laridan biri. Masalan, ayolning oiladagi, jamiyatdagi mavqyei. Oila va mafkura tushunchasi chambarchas bog‘langan.

Mahalla - o‘zini o‘zi boshqarish maktabi, demokratiya darsxonasi.

Umuminsoniy qadriyatlar - Asrlar davomida umumbashariy, umumin-soniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan.

Din masalasi - muqaddas dinimiz milliy istiqlol mafkurasining ildizi. Dunyoviylik dahriylik emas.

Ma'rifat - ijtimoiy fanlar orqali olib boriladi.

Haqqoniy yoritilgan tarix. Tarixni bilmay turib mafkuraning falsafiy, tarixiy negizlarini anglab bo‘lmaydi.

Xalq - ulkan karvon, o‘zining ming yillik an'ana va tajribalari, so‘nmas xotirasi va buyuk tuyg‘ulari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch.

Milliy istiqlol g‘oyasining jamoatchilik ongiga ko‘chganligini aniq-lash mezonlari:



E'tiqod (arab, - ishonmoq, imon, amin bo‘lmoq) - inson faoliyati uchun ma'naviy asos, yo‘l-yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida anglangan bilimlar, g‘oya va tasavvurlar ifodasi bo‘lgan tushuncha. E'tiqod - psixologik hamda ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, odamning muayyan qarash, ta'limot, nazariya, hayotiy aqida, qadriyat yoki faoliyat tamoyillarini emotsional-hissiy qabul qilish jarayonida shakllan-gan sobit fikr va tasavvurlar majmuidir. Yoki boshqacha aytganda, e'tiqod ma'lum qadriyatlar, diniy yoki dunyoviy maslaklar, munosabatlarning inson qalbida yashash falsafasi, faoliyat dasturi sifatida qabul qilinishidir. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi ham ma'lum ma'noda uning e'tiqodi bilan belgilanadi. Lekin e'tiqod soxta bo‘lishi ham mumkin. Soxta e'tiqod o‘z yuzakiligini qachonlardir bari bir namoyon etmay iloji yo‘q. Vatan tuyg‘usi kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joyga, yurtga, davlatga bo‘lgan muhabbatidir. Taraqqiyotga yetaklovchi ishonch va e'tiqod bilan buzg‘unchi, aldamchi, adashtiruvchi, yolg‘on «e'tiqod»ni farqlash juda muhim. Milliy istiqlol g‘oyasi mustaqil O‘zbekiston fuqarolarining umumiy manfaat va qadriyatlarini ifodalaydi hamda shakllanayotgan sog‘lom va barkamol avlod e'tiqodining mazmun-mohiyatini belgilaydi.

6.3-chizma.


Ong va tafakkurida milliy istiqlol g‘oyasi to‘g‘risidagi tasavvurlari, bilim va ko‘nikmalari




Ishonch va e'tiqod

darajasi va faoliyati


Amal qilish darajasi










Milliy-madaniy merosini

bilish darajasi






Milliy-ma'naviy merosga hurmat va uni asrab avaylash










Xalqning tarixi

to‘g‘risidagi bilimi






Tarixini sevish, unga

bo‘lgan intilish












Urf-odatlarni bilish




Amal qilish










An'analarni bilish




Amal qilish










Ona tilini bilish




Ona tiliga bo‘lgan

sadoqat











Diniy qadriyatlarni

bilish




Diniy qadriyatlarni hurmat









qilish va e'tiqodi

San'atni bilish
















Musiqani bilish




Hurmat bilan qarashi,







tinglashi

Me'morchilikni

bilish







Halq e'tiqodi va uning ruhi shunday qudratli ta'sir kuchiga egaki, u har bir sog‘lom fikrlovchi insonni ijodiy faoliyatga, kasbkorning halol bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘zbek xalqi ana shunday ilohiy marhamatga sazovor bo‘lgan, o‘z milliy e'tiqodiga ega millatlardan biridir. Buni biz buyuk insonlar, mutafakkirlar timsolida ko‘rsak bo‘ladi. Chunki xalq ruhi va undagi e'tiqodni millatning eng ilg‘or vakillari, mutafakkirlar ifoda etadi. Masalan, Amir Temurning davlat qurilishi va sarkardalik bobidagi yuksak iqtidori, xalqimiz ruhiyatidagi salohiyat va imkoniyat ifodasi bo‘lgan A.Navoiyning ijodi ham xalq e'tiqodining o‘lmas namunasidir. Xalq e'tiqodi har bir shaxs e'tiqodining yo‘nalishini belgilaydi.

Shu jihatdan qaraganda milliy g‘oya va mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari:

1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish.

2. Shu g‘oya maqsad yo‘lida uyushtirish, jipslashtirish, birlashtirish.

3. Safarbar etish.

4. Kishilarni ma'naviy-ruhiy rag‘batlantirish.

5. Foyaviy tarbiyalash.

6. Foyaviy immunitetni shakllantirish.

7. Harakat dasturi bo‘lishi lozim.

Shu bilan birga g‘oyaviy-mafkuraviy zaminni yaratish zurar Xalqi-mizda «Suv bo‘lmagan joyda qamish o‘smaydi», degan hikmatli so‘zi bor. Qamish o‘rilsada, yoqilsada, suv bo‘lsa o‘saveradi, uni yo‘q qilishning birdan bir yo‘li suvni quritish. Demak, yot g‘oyalarning ildizini quritish lozim bo‘ladi.

Milliy g‘oyaning ishonch va e'tiqodga aylanish shart-sharoitlari, jarayoni muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishiga nisbatan o‘z munosabatini aniqlab olishi zarur. Inson mohiyatini, uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimini narsa va hodisalarga bo‘lgan ongli munosabati belgilab beradi. Insonning ichki botiniy e'tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma'no-mazmunini belgilaydigan sifat ko‘rsatkichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Shaxsning individual g‘oyalari ijtimoiy birliklarning maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e'tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g‘oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Shaxs e'tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi44. Milliy g‘oya xalqning ishonchi va e'tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi.

Jamiyat mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo‘nalishlari: ta'lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma'naviy-ma'rifat, adabiyot va san'at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integratsiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:


  1. Uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi.

  2. Totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institutsional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko‘nikish effektini» vujudga keltirdi, qullik elementlari shakllantirildi. Mafkuraviy qolipga moslashtirildi. «Davlat seni boqayapti, sen davlatga qul bo‘lishing darkor» degan tamoyili g‘oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib keldi.

  3. Yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga harakat qilib, «g‘oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e'tiqodiga aylan-tirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifani kun tartibiga qo‘ydi. Bularni 1) ichki va 2) tashqi yo‘nalishlardan iborat deyish mumkin.

Milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga singdirib, e'tiqodiga aylantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

1. Tarbiya yo‘li bilan e'tiqodiga singdirib borish.

2. Yoshlarni g‘oyaviy (demokratik) tarbiyalash.

3. Mas'uliyatni his qilish, fuqarolik mas'uliyatini oshirish.

4. Imon-e'tiqodiga aylantirish.

5. Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy muhit orqali ta'sir etish.

6. siyosiy ong huquqiy madaniyatni o‘stirish yo‘li bilan.

7. Yoshlarning bilim darajasiga e'tiborni kuchaytirish yo‘li orqali.

8. Yangicha ilg‘or fikrlashga o‘tish.

9. Ota-onalar savodxonligini oshirish yo‘li bilan.

Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish mezonlari quyidagilardan iborat:


  1. Millatning o‘zligini, jahondagi mavqyeini anglashi, tarixiy jarayonga qo‘shayotgan xissasini e'tirof qilishi.

  2. Millat mustaqilligi, uni mustahkamlash, Vatanga sodiqligi.

  3. Jahon hamjamiyatidagi mavqyeining mustahkamlanishi, o‘ziga xos va mos nufuzga ega bo‘lishi.

  4. Milliy taraqqiyot istiqbolini belgilaydigan strategik maqsadi ishlab chiqilishi, milliy va umuminsoniy madaniyatining uyg‘unligining zarurligi.

Sobiq SSSR parchalanib ketganidan so‘ng jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo‘la boshladi:

  1. Mafkuraviy hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan mamlakatlarni tanlashda muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq jarayon yuzaga keldi.

  2. Hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti, aloqa vositalari, ommaviy axborot infrastrukturasi, murakkab kommunikatsiyalar vujudga kelib, mafkuraviy munosabatlar intensivlashdi va universallashdi.

  3. Birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqqan holda millatning tarixiy xotirasi, an'analari, ma'naviy merosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga xos bo‘lgan ongni, tafakkurni shakllantirish, mustahkamlash, uni ishonch-e'tiqodiga aylantirish vazifasi bilan bog‘liqdir45.

Milliy g‘oyaning ishonch, e'tiqodga aylanishida ob'ektiv va sub'ektiv omillar. Ob'ektiv shart-sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy hayot negizlari, madaniy hayotni rivojlantirish manbalari, inson salohiyati, millatning tarixiy merosi va unga bo‘lgan munosabat, hududning tabiiy-jug‘rofiy joylashishi, tabiiy resurslari, millat mentalitetiga xos xususiyatlar, demografik holat, etnik tuzilish va h.k. Sub'ektiv omillarga: milliy g‘oyani xalq ishonch va e'tiqodiga aylantirishga yo‘naltirilgan insonlar, turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ta'lim-tarbiya tizimi, ommaviy axborot vositalari, ma'naviy-ma'rifiy kompleks ishlari, xalqning intellektual salohiyatini yuksaltirish va h.k.
3. Jamiyat mafkurasining inson manfaatlarini

ifoda etishi

Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shu ma'noda, «O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalay-digan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir».



Jamiyat mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma'naviy mezon hamdir.

Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqi-mizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».



Manfaatlar nimalardan iborat? Ular, birinchidan, mamlakatning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlash, chegaralarimiz butunligi va daxlsizligini qo‘riqlash. Buni yurtimizning fazo va vaqtdagi yaxlitligini ta'minlovchi manfaat deb atash mumkin. Ikkinchidan, yurtning tinchligi va osoyishtaligi, ya'ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (energetik), ekologik, informatsion va g‘oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi. Bu yurtning barqarorligini ta'minlash borasidagi eng muhim omillardandir. Uchunchidan, mamlakat fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlaydi. Bu jamiyatning ijtimoiy poydevorini mustahkam-lashga xizmat qiladigan manfaatdir. To‘rtinchidan, har bir oila va butun xalqning farovonligini ta'minlash, ya'ni badavlatlilik manfaati. Bu manfaat fuqarolarning jamiyatda milliy daromadga egalik qilish, uni ko‘paytirishdagi imkoniyatlari orqali ro‘yobga chiqadi. Beshinchidan, jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari amal qilishining ta'minlanishi. Bu manfaat inson hayotining huquqiy jihatdan kafolatlanishini ifodalaydi.

Bunday manfaatlar barcha xalq va hamma davlatlar uchun birday xosdir. Bu manfaatlarning ta'minlanishi, eng avvalo, har qanday davlat mustaqilligining asosiy garovi bo‘lib, shundagina xalq o‘z kelajagiga o‘zi egalik qila oladi. Bu manfaatlar muayyan jamiyat fuqarolarining hamjihat mehnati va intilishlari tufayli ta'minlanadi.




6.4-chizma.
Milliy istiqlol mafkurasida ifodalanadigan

umumxalq manfaatlar

1. Mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi,

sarhadlar daxlsizligi

2. Yurt tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy,

ekologik, informatsion tahdidlardan muhofaza etilishi.

3. Mamlakatda fuqarolararo va mamlakatlararo totuvlik,

ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlash

4. Har bir oila va butun xalqning farovonligi

5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o‘z-o‘zini

boshqarish tamoyillarining amal qilish

Milliy g‘oyaning muhim vazifalaridan biri komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalash vositasi bo‘lgan ta'lim-tarbiya, fan, madaniyat va ma'rifat, adabiyot va san'at, din, sport sohalariga, fanlarning mazmuniga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish alohida ahamiyatga ega. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqodli bo‘lishda ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq:

1) Yoshlarning milliy o‘zligini anglashi, ularning xulq-atvor, ma'mu-riy-huquqiy, nazariy-metodologik asoslarini integratsiyalashtirish lozim.

2) Ta'lim-tarbiya tizimi barcha bo‘g‘inlarida ijtimoiy-siyosiy fanlarni uzluksiz o‘qitish talab qilinadi.

3) Ta'lim-tarbiya tizimida yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish, ishonch-e'tiqodiga aylantirishda ijtimoiy-gumanitar va siyosiy fanlarning nisbatan mustaqil ta'lim hamda tarbiya jarayonida bir tomondan integratsiyalashuv, ikkinchi tomondan esa differensiallashuv xususiyatlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta'minlash zarur.

Insonlar kirishadigan o‘zaro munosabatlar, aloqalar tizimi zami-rida har bir shaxs, har bir fuqaroning manfaatlari yotganligini anglash qiyin emas. Agar biz odamlarning birgalikdagi munosabatlarini binoga qiyos qilsak, har bir insonning manfaatlari shu binoga qo‘yilgan g‘ishtlarga o‘xshaydi. Alohida g‘ishtlardan ulkan bino bunyod bo‘lgani kabi, har bir inson manfaatlaridan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ularni bog‘lab turuvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar barpo bo‘ladi. Odamlarni bir-biriga mushtarak bog‘laydigan asos bo‘lib esa manfaatlar uyg‘unligi xizmat qiladi.

Prezident Islom Karimov masalani shu tarzda qo‘yar ekan, «jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur»,46 deb uqtiradi.

Manfaatlarning ijtimoiy adolat munosabatlariga aloqadorligi nimalarda nimoyon bo‘ladi?

Manfaat - biror-bir narsaga jalb etilish darajasi, undagi ishtirok, qiziqish bildirish, moyillikdir. Moddiy jihatdan manfaat - foyda, unum bilan bog‘liq (shu ma'noda «o‘z manfaatiga ega bo‘lish» iborasi ishlatiladi)47 deyiladi. Agar bu doimiy xususiyatga ega bo‘lsa, u manfaatli shaxsga aylanadi. Manfaatga daxldor narsa - bu insonlarda qiziqish uyg‘otuvchi narsalar, voqyealardir. Ular insonlarning amaliy, kundalik ehtiyojlari uchun ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra moddiy va ma'naviy, umumiy va xususiy manfaatlar to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Agarda jamiyatga beg‘araz xizmat qilish shaxsiy foyda bilan uyg‘unlashsa, sog‘lom manfaat tug‘iladi.

Shuni alohida aytish zarurki, manfaatlar doimo bir-biri bilan muvofiq kelavermaydi. Zero, odamlarning o‘z-o‘zini anglashlari turli tarzda kechadi. Inson o‘z ehtiyoju manfaatlarini his etishi orqali o‘zi uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishni topa biladi.

Ijtimoiy barqarorlik qoidalarini hayotga joriy etishda manfaatlar o‘rtasidagi uyg‘unlikka alohida e'tibor berish zarur. bunga adolat asosida erishiladi. Ammo bu masalada bir jihatga e'tiborni qaratmoq kerak. Hayotda taqdirga ko‘ra omadliroq bo‘lgan guruhlar o‘z ijtimoiy mavqyelarini saqlab qolishga urinadi. Boshqa guruhlar esa iloji boricha o‘zlarining imkoniyatlarini yaxshilashga urinadilar. Shu holatda ziddiyat kelib chiqishi mumkin.

Shuningdek, har bir inson o‘zi uchun jamiyatda qulay o‘ringa, vaziyatga erishish yo‘lida yaxshiroq bo‘lgan imkoniyatlarni qo‘lga kiritishga urinadi. Xuddi shunday xatti-harakatlarni boshqa kishi ham sodir etadi. Oqibatda xatti-harakatlar o‘zaro zid keladi. Shuning uchun jamiyatda barcha uchun barobar bo‘lgan «o‘yin qoidalari» yoki umumiy talablar bo‘lishi zarur. Ana shunday talablar sharoitida har kim teng imkoniyatlar sharoitida «start» oladi va keyinchalik o‘z qobiliyatlari, mehnati va harakatlariga yarasha jamiyatda o‘z o‘rnini topadi.

Lekin real ijtimoiy hayotda boshqalar manfaatidan ajralib qolgan, xudbin manfaatlar ham borki, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy manfaatlarga zid bo‘ladi. Shu ma'noda manfaatlarni muvozanatlashtirish muammosi yuzaga qalqib chiqadi. Bunga shaxsiy manfaatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, yiriklariga mayda-chuydalarini, istiqbolli manfaatlarga qisqa muddatli manfaatlarni bo‘ysundirish, ular o‘rtasidagi to‘qnashuvni rag‘batlantirish emas, aksincha, uyg‘un holatga keltirish yo‘li bilangina erishish mumkin.

Manfaatlarning aniq ifodalangan shakli - bu ularning siyosiy turi ekanligini unutmaslik kerak. Darhaqiqat, manfaat - siyosatning tayanch nuqtasi hisoblanadi. Manfaatlar ijtimoiy guruhlarning jamiyat tuzilmasidagi o‘rni bilan bog‘liq ekan, shu ma'noda ularning muvozanati siyosatni ham ma'lum ma'noda belgilab beradi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa