«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari



Download 1.01 Mb.
bet15/20
Sana11.01.2017
Hajmi1.01 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

4. Milliy istiqlol g‘oyasining O‘zbekiston mustaqilligini mustah-

kamlashda namoyon bo‘lishi va uning o‘ziga xos rivojlanish

xususiyatlari

Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning-butun xalqimizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».



5.19-chizma.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning

quyidagi umumiy manfaatlarini ifodalaydi


Mamlakatning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlar dahlsizligi






Yurtning tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy, ekologik, informatsion tahdid-lardan muhofaza etilishi










Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlash



Har bir oila va butun

xalqning farovonligi


Jamiyatda qonunning ustuvorligi, adolat, demokratiya,

erkinlik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillarining

amal qilishi



Milliy istiqlol mafkurasi

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi.

2. Xalqning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarning o‘lmas merosidan oziqlanadi.

3. Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalq-ning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi.

4. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi.

5. Jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekiston-ning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi.

6. Millati, tili va dinidan qat'iy nazar, mamlakatning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi.

7. Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yo‘l bilan singdiriladi.

8. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma'naviy mezondir.

9. Bu - O‘zbekistonda istiqomat qiladigan va o‘z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog‘lagan har bir kishining «Vatanim menga nima berdi» deb emas, balki «Men Vatanim ravnaqi uchun nima qilyapman» degan mas'uliyat tuyg‘usi bilan yashashi demak.

Mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki bo‘sh qolgan mafkura mafdonini bizga begona, yot g‘oyalar egallashi ayon bo‘ldi. «Hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda», degan edi Prezidentimiz Islom Karimov.

Milliy istiqlol g‘oyasining mustaqillikni mustahkamlaщda namoyon bo‘lish jarayoni o‘zining bir qator quyidagi xususiyatlariga ega:

1. Bugungi kunda odamlar «Mafkura poligonlari yadro poligonlari»ga nisbatan ko‘proq kuchga ega ekanligini anglab yetmoqda.

2. Harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiqni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin. Ammo g‘oyaviy tazyiqning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab olish qiyin.

3. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib hyech bir jamiyat o‘z oliy maqsadiga erisha olmaydi, chunki milliy g‘oya - millat tafakkuri va ongining mahsuli, siyosiy ong darajasi har bir millatning rivojini belgilaydigan omillardandir. Milliy mafkura, avvalo, o‘zligimizni, muqaddas an'ana-larimizni anglashga yordam berishi shart.

4. Jamiyatimizda mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar, har qanday insonning e'tiqodi va dunyoqarashidan qat'iy nazar ularning barchasini milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan bo‘lishi lozim.

5. Milliy mafkura har qanday tajovuzkor millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa xalq, millat, elatlarni kamsitish kabi qarashlardan xoli bo‘lib, jahon hamjamiyatida munosib izzat qozonishi zarur.

6. Milliy g‘oya, birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalamog‘i darkor42.

Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti va buyuk kelajagi bir qancha muhim vazifa va muammolarni hal etishga bog‘liq. Shunday vazifalardan biri milliy istiqlol mafkurasiga ishonch va e'tiqodni mustah-kamlashdan iborat. Bu bir qator shart-sharoitlardan kelib chiqadi:

1) Mustaqillikning dastlabki yillarida eski, yagona mafkuradan butunlay voz kechilayotgan, hali yangi mafkura ishlab chiqilmagan va shakllanmagan, ilmiy asoslanmaganligi bilan bog‘liq edi.

2) Hyech qanday jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. Odamlar qandaydir sog‘lom bir g‘oyaga muhtoj bo‘ladi.

3) Demokratik jamiyat qurish jarayonida mustaqillikni mustah-kamlash uchun milliy mafkura suv va havodek zarur. Milliy g‘oya - jamiyat hayotining barcha sohalarini o‘zida qamrab oladi. Shu boisdan ham Prezident Islom Karimov mustaqillikning ilk yillarida, 1993 yildayoq «Milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etish» zarurligini uqtirgan edi (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203-bet).

O‘zbekiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning demokratik jamiyat qurishdagi o‘rni bir qator quyidagi muammolarni hal etish bilan ham bog‘liqdir:

1. Milliy istiqlol mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g‘ururning usishi va rivojlanishini ta'minlash omili sifatida mustaqillikni mustahkamlashda muhim yahamiyatga ega.

2. Milliy istiqlol mafkurasi kishilarda milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usini shakllantirishga, tarbiyalashga xizmat qiladi.

3. Milliy istiqlol mafkurasi xalqni sevishga, qadrlashga da'vat etadi, mustaqillik barqarorligini ta'minlab odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini yaratishda 30 ga yaqin xorijiy davlatlardagi qonunchilik tajribalari o‘rganildi. Kommunistik mafkuradan, sinfiylikdan, partiyaviylikdan holi bo‘lgan asosiy qonun yaratildi. Prezident Islom Karimov milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini yaratishda ko‘plab asarlar yozdi va ularni sharxlab bera oldi.

4. Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish borasida bir talay ishlar amalga oshirildi.

5. Ko‘ppartiyaviylik yanada shakllanib bormoqda.

6. Muxolifat konstitutsiyaviy mezon doirasida faoliyat ko‘rsatib, aniq dasturiy hujjatga ega bo‘lishi kerak.

7. Haqiqiy muxolifatning vujudga kelishi uchun, uning hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy takliflar kirita oladigan bo‘lishi lozim.

Mustaqillikni mustahkamlashda O‘zbekiston milliy istiqlol mafku-rasining ilmiy-nazariy jihatlari quyidagi xulosalarda o‘z ifodasini topadi:

- Mafkura O‘zbekiston jamiyati hayotida juda zarur, chunki mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar.

- XX asrda yashagan zamondoshlarimiz ko‘p sinovlar, azob-uqubatlar, fojialar, urushlar, qatag‘onlarni boshidan kechirdi.

- Insoniyat tarixida axborot asri deb tan olingan XXI asrda ham turli mafkuralarning o‘zaro kurashi shiddatli tus olmoqda.

Milliy istiqlol g‘oyasi butun jamiyat, butun millat, butun o‘zbekis-tonliklar uchun xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baholaganda, ularning milliy g‘oyaga nechog‘lik mos ekanini nazarda tutamiz. Lekin biz baholash jarayonida faqat alohida bir inson, muayyan ijtimoiy guruh manfaatini emas, balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha o‘zbekistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. Shu bois, yuqorida zikr etilgan mezon va tamoyillardan foydalanib, O‘zbekistonimizni jahondagi eng ilg‘or davlatlar qatoriga qo‘shishga harakat qilinmoqda. Bu mamlakatimizning jahondagi nufuzini, uning kelajagini belgilaydi.



5.20-chizma.


Iqtisodiy va intellektual

salohiyati






Dunyo sivilizatsiyasi rivojiga

qo‘shgan hissasi





Mamlakatning

jahondagi nufuzi



Xalqaro me'yorlarga

amal qilish






Tinchliksevar tashqi



Tayanch tushunchalar

Milliy g‘oya - inson va jamiyat hayotiga ma'no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Milliy mafkura - milliy o‘zlikni anglatuvchi kuch. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish. Demokratiya - xalq hokimiyati. Strategik maqsad - uzoqqa mo‘ljallangan umumiy aniq reja. Sotsial fenomen - ijtimoiy hodisa.
Takrorlash uchun savollar

  1. Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz?

  2. Foya deganda nimani tushunasiz?

  3. Milliy g‘oyaning mohiyati nimadan iborat?

  4. Milliy istiqlol g‘oyasining mohiyatini, asosiy maqsadini qanday tushunasiz?

  5. Jamiyatni isloh etishning besh tamoyilini bayon eting?

  6. O‘zbek modelining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?

  7. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarini sharxlang?

  8. Milliy istiqlol mafkurasining umumbashariy va milliy xususiyatlarini bayon eting?


Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. «O‘zbekiston», 2003.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Nukus: Qoraqalpo-g‘iston, 1993.

  3. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi. T.: «O‘zbekiston», 2005. 5-33 - betlar.

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka, tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: «O‘zbekiston», 1997. 31-40, 125-135, 149-162-b.

  5. Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. T.7.- T.: «O‘zbekiston», 1999. 84-102-b.

  6. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 489-508-b.

  7. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‘zbekiston», 2000. 462-467-betlar.

  8. Karimov I.A. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga so‘z boshi. T.9. -T.: «O‘zbekiston», 2001. 220-224-betlar.

  9. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch - qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. -T.: «O‘zbekiston», 2004.

  10. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish har bir rahbar-ning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. «Ishonch», 2004 yil 26 may.

  11. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq Deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. «Xalq so‘zi», 2004 yil 2 iyun.

  12. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. -T.: 2 - T. «O‘zbekiston», 2003. -320-b.

  13. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamji-hatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. T.12. -T.: «O‘zbekiston», 2004. - 400 b.

  14. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 96 b.

  15. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. - T.: «O‘zbekiston», 2005. - 160 b.

  16. Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri», - T.: «Adabiyot», 1993. 39-52 betlar.

  17. Alisher Navoiy «Mahbub ul - qulub». - T.: «Adabiyot», 1996. 24, 28 betlar.

  18. Fitrat. Najot yo‘li. - T.: «Sharq», 2001. 7-19 betlar.

  19. Azizxo‘jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. - T.: «Sharq», «Akademiya», 2001. 59-96 betlar.

  20. Azizxo‘jaev A.A. Chin o‘zbek ishi. - T.: «Akademiya», 2003. 101-118 betlar.

  21. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, - T.: «Yangi asr avlodi», 2001. 68-78 betlar.

  22. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Izohli ko‘rgaz-mali vositalar to‘plami), - T.: «Yangi asr avlodi», 2001. -80-betlar.

  23. Saifnazarov I., Karimov T.: Muxtorov A. Xalqimizning hamjihatligi terrorizmga qarshi kafolatdir. - T.: «Yangi asr avlodi», 2004. -56-bet.

  24. Bekmurodov A.Sh. Ma'naviy - ma'rifiy faoliyat: ustuvor masalalar va innovatsiyalar. - T.: TDIU, 2005. -44 b.

  25. Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005. 120-130-bet.


Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi.

  1. www. gov. uz

  2. www. press - service. uz.

  3. www. bilim. uz.

  4. www. philosophy.ru.

  5. www. filosofiya.ru.

  6. www. philosophy.nsc.ru.

  7. http // philosophy.albertina.ru.

  8. www. history.ru.

  9. www. philosophy.com.


6-MAVZU: MILLIY FOYa - XALQNING IShONChI

VA E'TIQODI

Ma'ruza rejasi:

  1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g‘oya» tushunchasi, ma'no va mohiyati hamda uning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanish zarurligi.

  2. Milliy g‘oyani xalq ishonchi, ongi, e'tiqodiga singdirish shart - sharoitlari, vazifalari va mezonlari.

  3. Jamiyat mafkurasining inson manfaatlarini ifoda etishi.

  4. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni.


1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g‘oya» tushunchasi, ma'no va mohiyati

hamda uning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanish zarurligi

Jamiyat mafkurasi. Prezidentimiz Islom Karimov jamiyat mafkura-siga quyidagicha ta'rif beradi:

«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman».

«Jamiyat mafkurasi» haqidagi bu tushuncha Prezident I.A.Karimov-ning 1998 yil «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida o‘z ifodasini topgan. Bu suhbat «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» deb nomlanib, Prezidentimiz asarlarining 7-jildiga kiritilgan. Unda Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotidagi o‘rni, ta'lim-tarbiya, milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarining mazmuni haqidagi chuqur nazariy xulosalarni bayon etgan. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin». Asarda mafkuraning jamiyat taraqqiyotida, hozirgi sharoitda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.


Milliy mafkura - millatni birlashtiruvchi bayroqdir.

Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo‘lsada, turli xil maqsad-manfaatlar mavjud bo‘lib, bu tortishuvlardan ko‘zlangan maqsad - inson, yoshlar qalbini egallashga qaratilgan, ularning ongi, dunyoqarashiga, turli yo‘llar bilan ta'sir qilib, o‘z maqsadlari yo‘liga burishdan iborat. Axborot asri, elektronika asrida mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko‘proq kuchga ega. Bugungi kunda informatsion olamida globallashuv jarayoni kechmoqda.


Mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotadi.

Informatsiya olami globallashuvida kompyuter, faks, «uyali» telefon, parabolik antenna, elektron pochta kabi mo‘jizalardan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.



6.1-chizma.

Milliy Foyaning tashkiliy

asoslari

O‘z milliy g‘oyasiga tayanmagan jamiyat

inqirozga duchor bo‘ladi, o‘z yo‘lini

yo‘qotadi





Milliy g‘oya




Demokratik,






adolatli jamiyat

qurish maqsadiga

milliy istiqlol


Milliy

mafkura





g‘oyasisiz erishib

bo‘lmaydi






Siyosat



Jamiyatning

rivojlanish

strategiyasi





Jamiyat hayotida hyech qanday g‘oyaviy bo‘sh-

liqqa yo‘l qo‘yib

bo‘lmaydi


Milliy g‘oya millatning

o‘zligini anglatib

turadi

Bugungi kunda g‘oyani, fikrni taqiq bilan, ma'muriy choralar bilan yengib bo‘lmaydi. Foyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin.



Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlash-tiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin.

Kommunistik mafkura odamlar ongiga soxta g‘oyalarni singdirishga qaratilgan g‘oyalar tizimidan iborat edi.

Mafkurani bir kunda yoki bir yilda yaratib bo‘lmaydi. Uning tamoyillarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Mafkurani shakllantirishda quyidagi ikki jihatga e'tibor berish kerak.

1. Mamlakatning bugungi hayoti, o‘tmishi, kelajagi, butun taqdiri uchun qayg‘uradigan, Vatan qismatini o‘z qismati deb biladigan keng jamoatchilikning ilg‘or dunyoqarash va tafakkuriga asoslanish lozim.

2. Milliy va umumbashariy taraqqiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shgan buyuk zotlar ilmiy, falsafiy merosi va qarashlarini o‘rganish kerak. Masalan, Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Hozirgi dunyoda turli xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kurash yadro poligonlaridan mafkura poligon-lariga ko‘chgan.
Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir.

«Jamiyatimiz mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbai bo‘lishi lozim».

O‘zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan xalqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko‘ramiz. Masalan, eramizdan evvalgi VI asrda - eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning I asrlarida - xitoyliklar, VII asrlarda - arab badaviylari, XII asrlarda - mo‘g‘il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, keyin «Qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashagan.

Ana shu uzoq davom etgan milliy fojialarning asosiy sababi - millatning g‘oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Mustaqillik uchun kurashgan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g‘oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g‘oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e'tiqodiga to‘la aylanmaganligi sababli mag‘lub bo‘lganlar. Mamlakat yovlar oyog‘i ostida payhon bo‘lgan, millat g‘ururi, sha'ni toptalgan.

O‘zbekiston 1991 yili o‘z milliy mustaqilligiga erishgach, kommu-nistik mafkuradan bezib, zada bo‘lib qolgan o‘z milliy g‘oyasi negizlari bo‘lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va va an'anlaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo‘llab-quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo‘li - o‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish bilan bog‘liq edi. Prezident Islom Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kengash 12-sessiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir...» (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203. 217-betlar), degan edi.
Mafkura - o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir.

Asarda Prezident Islom Karimov milliy g‘oya, milliy mafkura quyidagi holatlarni o‘zida mujassam qilib, mazkur talablarga javob berishi kerakligi masalasini bayon etgan:

1. Milliy mafkura o‘zligimizni anglash, asrlar davomida shakllangan ezgu niyatlarni, oliy maqsad va vazifalarni o‘zida qamrab olishi kerak.

2. Yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan yagona g‘oya - mafkura bo‘lishi lozim.

3. Har qanday millatchilik, mensimaslik kayfiyatlaridan xoli bo‘lishi, xalqaro maydonda izzat qozonishi va rahnoma bo‘lishi darkor.

4. Milliy g‘oya yosh avlodni vatanparvarlik, el - yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi kerak.

5. Shonli o‘tmishi va kelajagini uzviy bog‘lab turishda, jahon va umumbashariy yutuqlarni qo‘lga kiritishga da'vatkor bo‘lishi darkor (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 91-92-betlar).

6.2-chizma.
Milliy g‘oya tizimi

Xususiyatlari





Konsepsiyasi






Tashkiliy asoslari
















Milliy va umuminsoniy

qadriyatlarning uyg‘unligi






I.A.Karimov

asarlari






















Insonparvarlik





O‘zbekiston Respublikasi















Konstitutsiyasi







Ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi



















Ijtimoiy-

gumanitar fanlar









Millatning eng muqaddas tuyg‘ulari, orzu-umidlarini o‘zida mujassamlashtir-ganligi




Ilmiy-nazariy umumlashmalar











Millatning, xalqning hamjihatligi taraqqiyot garovidir.
«Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -

yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».

Abdulla Avloniy
Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.

Ongli turmush - jamiyat hayotining bosh mezoni

Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturi - taraqqiyotning umumiy maqsadlariga erishish omili va shartidir.

Hayotimizni ijobiy ma'noda «portlash effektiga» olib kelishi uchun «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalar amalga oshgan taqdirda:

- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi;

- insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi, bu ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega;

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantiradi;

- jamiyatimiz potensial kuchlarini ro‘yobga chiqaradi;

- fuqarolik jamiyati qurish tezlashib, davlat funksiyalari kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari g‘oyasi amalga oshadi.


«Kuch - bilim va tafakkurda»

Islom Karimov.
«Jaholat - ma'rifatning kushandasi»
Demak, kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish natija-sida jamiyatning quyidagi ijtimoiy jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi:

1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitini ijobiy tomonga o‘zgartiradi:

- ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarga demokratik prinsiplar va qonun ustuvorligi joriy etiladi.

- ijtimoiy ongda tafakkur erkinligiga olib keladi.43

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olish jarayoni tezlashadi:

- ijtimoiy faollik va harakatchanlik sotsiallashib boradi;

- odam o‘z qobiliyatlarini erkin namoyon qilishga o‘ta boradi.

3. Ta'limning milliy modelini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxs shakllanishiga olib keladi.

4. Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyatning potensial imko-niyatlarini ro‘yobga chiqaradi.

5. Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarish milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirib jamiyat asoslarini shakllan-tiradi.

6. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish O‘zbekiston-ning xalqaro maydonda munosib o‘rin olishiga imkon yaratadi.

7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi - Milliy istiqlol g‘oyasining tarkibiy qismi hamdir.


Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, bugungi va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shaklidir.

Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkura-larning shakllanishiga sharoit tug‘ilishi mumkin. Shunday ekan, millat, jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Har bir avlod, har bir xalq, har bir davlatning o‘z rivojlanish xususiyatini aks ettiradigan g‘oyalari bo‘lgan.

Turkiya respublikasi 1923 yil 29 dekabrda mustaqillikka erishganda «Hokimiyat - shak-shubhasiz halqnikidir» tamoyili tanlandi. Turkiya 1-pre-zidenti Mustafo Kamol Otaturk (1938 - 1981) o‘z mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishini belgilab beruvchi quyidagi tamoyillarni ishlab chiqqan:

1. Jumhuriyatchilik. 5. Inqilobiylik.

2. Millatparvarlik. 6. Madaniyatparvarlik.

3. Davlatchilik. 7. Xalqchillik.

4. Vijdon erkinligi.


O‘zbek milliy g‘oyasi esa - Prezident Islom Karimov asoslab bergan o‘zbek xalqi milliy mafkurasining g‘oyalari umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bu g‘oyalar: 1. Vatan ravnaqi. 2. Yurt tinchligi. 3. Xalq farovonligi. 4. Komil inson. 5. Bag‘rikenglik (Tolerantlik). 6. Millatlararo totuvlik. 7. Ijtimoiy hamkorlik.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa