www.ziyouz.com
kutubxonasi
101
Men: otamiz, deyish uchun og‘iz juftlab edim — raisimiz og‘zimdan gapimni ilib oldi.
— U zot urush qahramoni! — dedi raisimiz.
— Urush qahramoni? Qanaqa urush? — dedi barcha xalqlar adibi.
— Ulug‘ Vatan urushi qahramoni! — dedi raisimiz.
— O-o-o, Ulug‘ Vatan urushi qahramoni! — deya xitoblandi buyuk adib. — Ocherk yozib, nomini
abadiylashtirish kerak edi!
— Hali ham kech emas, — dedi barcha xalqlar adibi. — Adham Rahmatga aytamiz, kelib yozib
ketadi.
— Adham Rahmat bo‘lishi shart emas, — dedi raisimiz. — Toshkanda qahramonni yozuvchi
jiyani bor. Shu jiyani yozsa-da bo‘ladi.
— Yozuvchi? Kim deydi? — dedi kosagul shoir.
— Tog‘ay Murod, deydi.
— Tog‘ay Murod? Tog‘ay Murodni bilamiz! — dedi kosagul shoir. — O-o, Tog‘ay Murod xudoni
balosi u, xudoginani balosi u!
— Jiyan tog‘aga tortadi-da! — dedi raisimiz. Ideologiya kerma qosh bo‘ldi. Ideologiya lab burdi.
— Ulug‘ Vatan urushi qahramoni... Ulug‘ Vatan urushi qahramoni... — deya o‘ylandi Ideologiya.
— Shunday odam vafot etadi, nega men bilmayman, o‘rtoq rais? Bu voqea qachon bo‘lib o‘tdi?
— O‘tgan besh yilliklarda bo‘lib o‘tib ketdi, — dedi raisimiz.
— A-a, vot kak! — dedi Ideologiya. — Men unda Moskvada o‘qishda edim!
10
Bir haftadan keyin supraday bir ro‘znomada mana bunday maqola o‘qidim:
YoZUVChILAR PAXTA DALALARIDA
OPPOQ TONG YuLDUZLARI
Tong kiprik qoqmoqda. Bobotog‘ cho‘qqilarida osmon oqarib ko‘rinmoqda. Ona quyosh dastlab
qaldirg‘och qanotiga o‘xshab ko‘rinadi-da, zum o‘tmay tog‘ning yassi cho‘qqisida qip-qizil mis
tovoqday tovlanib, vohaga ajib bir zar to‘kadi. Hur, baxtiyor kun boshlanadi.
Shu lahzada Xursandoy bilan Norguloy so‘qmoq yoqalab borishmoqda. Ular bugun Jarariq anhor
bo‘yida «oq oltin» terishadi. So‘lim, suluv Jarariq anhori! Anhor bo‘yida «oq oltin» terish naqadar
gashtli! Yana-tag‘in o‘n kunlikning oxiri. Bir yuz qirq uch kilogrammdan paxta terishsa, jami besh
tonnaga yetadi. Dugonalar kecha oqshom maslahatlashib olishgan. Xursandoy birinchi egatga
tushadi. Norguloy uni yonlab tushadi.
Paxta yuzini shudring bosgan, qo‘l tegsa, yomg‘ir yoqqanday duv etib to‘kiladi, qo‘l jiqqa ho‘l
bo‘ladi.
— Xursandoy, shudringning yaltirashini qara, xuddi yomg‘ir yoqqanday-a, — dedi Norguloy.
— Bahor, misoli so‘lim bahor!
Xursandoy shunday deb, Norguloyga bir nima uzatdi.
— Dugonajon, manavi atirdan sepib oling, chivin chaqmaydi.
— Voy, bu nima?
— Frantsuz atiri.
— Rahmat, dugonajon, rahmat, dalaga frantsuz atiriyam bo‘laveradi.
Brigadir Dehqonqul aka bizning iltimosimizga binoan ikkita dala yulduzini, ikkita tong yulduzini
bir-ikki daqiqaga olib qoldi. Biz dala yulduzlari bilan suhbatda bo‘ldik.
— Hormang endi, ona qizlarim!
— Salomat bo‘ling, — javob berdi dala yulduzlari lablarida tabassum o‘ynab.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |