Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
100
— Da, ov haqida! — dedi hokimona. — Qashqir ovi haqida! 
— Esladim-esladim! — deya bosh irg‘adim. — Endi esladim. Picha xayolimdan ko‘tarilibdi. Ovga 
qiziqmagandan keyin shu-da. 
— Nu, ovga qiziqmaydigan odam ham bo‘ladimi? 
— Qiziqqanim bilan, dalamizda bo‘ri yo‘q-da, ov qilayin desam. 
— Nu-nu, bo‘ri yo‘q!.. Bir vaqtlar bu dalalar bo‘rilar makoni edi, bo‘rilar makoni! 
— Bo‘rilar makoni? — deya angraydim. 
— Da, bu dalalar bo‘rilar makoni edi! 
Men dalalarimda ilon ko‘rdim, chayon ko‘rdim, tulki ko‘rdim. Ammo bo‘ri ko‘rmadim. 
— Mana shu dalalar-a? — dedim. 
— Da, bu dalalar bo‘rilar uyasi edi, bo‘rilar uyasi! 
— Shunday-ya? — dedim. 
— Da-da, bu dalalarda bo‘ri galalari to‘da-to‘da bo‘lib izg‘ib yurar edi! 
— Yo‘g‘-e? — dedim. 
— Da-da, bu dalalarda yirtqich bo‘rilar uvillab-uvillab daydib yurar edi! 
Men nima deyishimni bilmadim. 
— Bo‘ri o‘z uyasidan olislab ketmaydi, deyishadi, — dedim. — Unda gala-gala bo‘ri qayoqqa 
ketadi? 
— Sho‘ro hukumati qirib tashladi! Mana bunday paq-paq otib qirib tashladi! Sho‘ro hukumati ikki 
milliontacha yirtqich bo‘rini ana shunday qiriy tashladi! O-o-o, Sho‘ro hukumati bo‘lmasa, bu 
dalalarda dehqonchilik qilish qayoqda edi? O-o-o, Sho‘ro hukumati bo‘lmasa, bu dalalarda dehqon 
qayoqda edi? 
— Ha! — deya yana kesak olib berdi Ideologiya. — Sovet Ittifoqida sotsializmning g‘alaba qilishi 
natijasida ekspluatator sinflar tugatildi va kishining kishi tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham 
berildi, ishsizlik va qashshoqlik yo‘q qilindi, mehnatkashlarning moddiy va madaniy farovonligi yil 
sayin o‘sib bordi, milliy zulmni keltirib chiqargan va xalqlar orasida bir-biriga ishonmaslikni 
kuchaytirib kelgan ekspluatator sinflarning tugatilishi, Sovet hokimiyati tomonidan SSSRdagi barcha 
xalqlar o‘rtasida haqiqiy tenglikni yuzaga chiqarishga qaratilgan lenincha milliy siyosatning amalga 
oshirilayotganligi, ayrim millatlarning xo‘jalik, siyosiy va madaniy jihatdan o‘tmishdan meros bo‘lib 
qolgan qoloqligini yo‘q qilishda rus xalqining sistemali suratda yordam berib kelayotganligi natijasida 
sovet qishlog‘i hayotida juda katta o‘zgarishlar yuz berdi, sotsialistik qishloq xo‘jaligining 
ekonomikasini mustahkamlash negizida kolxozchi dehqonlarning moddiy farovonligi oshdi, qishloq 
hayoti shahar hayoti bilan tenglashdi, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi tafovut yo‘qoldi... 
— Mana bu yonimda o‘tirgan zot barcha davrlar va barcha xalqlar adibidir, — dedi kosag‘ul shoir. 
— «Samarqand osmonida yulduzlar» romani muallifi bo‘ladi. 
— «Samarqand osmonida yulduzlar»...
Buyuk adib gapimni ilib oldi. 
— «Samarqand osmonida yulduzlar» romanida ham yirtqich qashqirlar hayoti qalamga olinadi, — 
dedi. — Faqat unda qadim-qadimgi qashqirlar tasvirlanadi. Farqimiz — u kishi nuqul tarixiy 
qashqirlar... nuqul tarixiy qashqirlar hayotiga murojaat qiladi, xolos... 
Shoirlar jo‘na-jo‘na bo‘ldi. 
— Siz idoragacha yuring, ish bor, — dedi raisimiz. Shoirlar mashina ket o‘rindig‘ida joylashdi. 
Men raisimiz imosi bilan haydovchi qabatidan joy oldim. 
Mashina Sayrak qishlog‘i yonalab yurdi-yurdi — Aqrab shahid qoralab keldi. 
Haydovchi mashinani ohistalatdi. Chap qo‘lida mashina boshqardi. O‘ng qo‘lini yuzlari aro 
ko‘tardi. Aqrab shahidga qarab pichir-pichir fotiha o‘qidi. O‘ng kaftini yuzlariga surtdi. 
Men haydovchiga qo‘shilib fotiha o‘qidim. 
— Tanho mozorda yotgan zot kim bo‘ldi? — dedi buyuk adib. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish