Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
104
Mototsiklimni kasalxona darvozasi oldida qoldirdim. Ichkarilab chopdim. 
Qabulxonada odam mo‘l bo‘ldi. Birov kasalxona kiyimida bo‘ldi. Birov ko‘cha-ko‘y kiyimida 
bo‘ldi. 
Men dardimni tuynukdan aytdim. 
Oq xalatli yigit bosh irg‘adi. 
— Bilaman, olib keldi, bilaman, — dedi. 
— Ichkari kiraman, — dedim. 
— Yo‘q, mumkin emas. 
— Men... men xo‘jayini bo‘laman. 
— Qat’iy nazar, bemorga hozir tez yordam ko‘rsatilmoqda. 
U dedim, bo‘lmadi, bu dedim, bo‘lmadi. 
— Bo‘lmasa, momoni chaqirib bering? — dedim. 
— U kim? 
— Bizni enamiz. 
— Ha-ha, yonida bir kampir bor edi, o‘sha-da? Bu mumkin! 
Qabulxonada bari-bari menga qaradi. Birov achinib qaradi. Birov qayg‘urib qaradi. Birov bosh 
chayqadi. Birov bosh irg‘adi. Qabulxonada pichir-pichir boshlandi. 
— Erkagi ekan, sho‘rpeshonani erkagi ekan. 
— Hay, bechora-e, bechora. 
— E, tavba-e, tumanda bir oyda to‘rtta shunday ko‘rgilik bo‘ldi-a? 
— To‘rtov bo‘ldimi-a? 
— Esa-chi. Jobida birov, Mo‘minqulda birov, Sayrakda birov, bunisi bilan to‘rtov. 
— Qanday zamon bo‘ldi-a? 
— Oldinlariyam ko‘p bo‘lib edi, bildirishmadi. Endi bildirishayapti. 
— Ko‘rasiz, hali shuniyam bosdi-bosdi etadilar. 
— U-ku, chin. Oldingi to‘rttasiniyam bosdi-bosdi etdilar. 
— Oyday-kunday ko‘rinib turgan kuyikni qaytib bosdi-bosdi etadilar? 
— Eb-e, jo‘qchi desa, jo‘qchi deguliksan-da, eb-e. Kattalarni oldida oqni qora deyish nima degan 
gap... 
Oq xalatli yigit telefonda birov bilan gapirishdi. 
— Bir chetga? Bo‘pti, bir chetga, bo‘pti, — dedi. 
Yigit bilagimdan ushlab hovli yetakladi. Qo‘li bilan bir chetni — quyuq daraxtlar ostini ko‘rsatdi. 
— Ana o‘sha o‘tirg‘ichga borib o‘tirib turing, kampirni hozir yuboraman, — dedi. — Shovqin-
suron qilmay, tinchgana o‘tiringlar. 
— Kim shovqin qilayapti? 
— Siz emas, kampir shunday ekan. Kampir kelganda shunday baqirib-chaqirdi, shunday shovqin-
suron qildi, kasalxonani boshiga ko‘tardi! Shunga, bosh vrachimiz shovqin qilmasin, chetroqda 
gaplashsin, deyapti. Endi siz erkak odamsiz, kampirga aytib qo‘yasiz-da. 
Men yigit aytmish xilvat borib o‘tirdim. Oyoq uzatib o‘tirdim. 
14 
Sag‘al o‘tdi — onamiz paypanglay-paypanglay keldi. 
Onamiz rangida rang bo‘lmadi. Onamiz ko‘zlari shish-shish bo‘ldi. Onamiz burunlari oqib-oqib 
yotdi. 
Onamiz qabatimdan joy oldi. Doka ro‘moli bilan og‘zini ushlab... sel-sebor yig‘ladi. 
— Ko‘rgiliging ko‘p bo‘lsin, sendaychikin erkakni! — dedi. 
— Eb-e, men sizga nima qildim? 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish