Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
23 
Kun g‘o‘zalarim uchida ilashib-ilashib qoldi. 
Men omborxonadan bir orqa dorixalta orqalab keldim. 
Dorixaltalarni varr-parr yirtdim. Bo‘lak-bo‘lak etdim. Kaftday-kaftday etdim. 
O‘qariq bilan egat quloqqa doriqog‘oz qo‘ydim. Sharsharasimon-sharsharasimon etib qo‘ydim. 
Quloqqa bosib-bosib qo‘ydim. 
Bosh-adoq o‘qariqni ana shu maqomda doriqog‘ozladim. 
Mirobdan suv haydab keldim. 
Suv o‘qariqlab-o‘qariqlab oqdi. 
Malla chumchuq suv pishinib-suv pishinib o‘ynadi. Qulrang chumchuq qanot tarab-qanot tarab 
o‘ynadi. 
Kun so‘lidi-so‘lidi—oq bilan qorani farqlab bo‘lmayin qoldi. 
Men bir qo‘yin doriqog‘oz olib oldim. 
Fonus yoqib o‘qariq yoqaladim. 
O‘qariq ohista-ohista to‘ldi. 
Suv doriqog‘oz sharsharalab keldi. Suv doriqog‘oz sharsharadan toshdi. Suv shirr-shirr egat tushdi. 
Men o‘qariq yoqalab qadamladim. Doriqog‘ozlarga fonus tutib-fonus tutib qadamladam. 
Doriqog‘oz tushib ketmish quloqlar bo‘ldi. 
Men egatda tushib yotmish doriqog‘ozni olib quloqqa qo‘ydim. Quloq tevaragini loylab-loylab 
shibbaladim. 
Doriqog‘oz oqib ketmish quloqlar-da bo‘ldi. 
Men bundayin quloqlarga qo‘ynimdan boshqa doriqog‘oz olib qo‘ydim. 
Doriqog‘oz qiyshayib-qiyshayib qolmish quloqlar bo‘ldi. 
Men ana shu doriqog‘ozlarni sozlab-sozlab qadamladim. 
Chilla tunlar oppoq yuzli-oppoq yuzli bo‘ldi. 
Chilla yulduzlar bolaladi. 
Chipirtkalar chirr-chirr etdi. 
Fonusimni turli-tuman hasharotlar o‘rab-o‘rab aylandi. Fonusimni hasharotlar gir-gir aylandi. 
Fonusimni hasharotlar chirt-chirt chertib aylandi. 
Hasharotlar birin-ketin o‘lib-o‘lib aylandi! 
O‘qariqda suv urib ketmish joylar bo‘ldi. 
Men suv urib ketmish joylarni qo‘lim bilan bitab-bitab qadamladim. 
O‘qariq bir joyini yomon-yomon suv urdi. Suv egatlar osha shildir-shildir toshdi. Suv egatlar osha 
varaq-varaq toshdi. 
Men bilaklarimni turdim. Suv urib ketmish yoriqqa qo‘l tiqdim. Yoriqqa kesak tiqdim. Yoriqni 
nuqilab-nuqilab mushtladim. 
Suv hamon buloq bo‘lib tosha berdi. 
Men o‘qariq ostidan loy olib tiqayin, deya qo‘l uzatdim. Bir changal loy tortib ola-ola — ko‘ksim 
bilan suvga tushib ketdim. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
88
Men shilta bo‘lmish ust-boshimni tashladim. Ishtonchan bo‘ldim. Yalang oyoq bo‘ldim. 
Men ishtonchan bo‘lib suv bitadim. Men yalangoyoq bo‘lib suv bitadim. 
Bir ko‘nglim ishtonchan bo‘lib suv taray berayin, dedim. Yana-tag‘in, pashshadan qo‘rqdim. 
Shiltadan-shilta ust-boshimni siqib-siqib kiyib oldim. 
Men o‘qariq bosh-adoqlab borib kela berdim. 
G‘o‘zalarim jildir-jildir suv ichdi. 
G‘o‘zalarim miriqib-miriqib suv icha berdi. G‘o‘zalarim tiniqib-tiniqib suv icha berdi. G‘o‘zalarim 
qonib-qonib suv icha berdi. 
Chilla suv — tilla suv bo‘ldi! 
Tun qaytdi. Oy og‘di. 
Oyoq-qo‘lim bo‘shashib-bo‘shashib qoldi. Ko‘zlarim ketib-ketib qoldi. 
O‘qariq boshida oyoq ildim. Fonusimni qabatimlatib qo‘ydim. 
O‘qariq bo‘yida maydaroq kalladay bir kesak bo‘ldi. 
Men ana shu kesakka yonboshladim. Yonboshdan chalqancha yotdim. 
Kesak boshimga botib-botib yotdim. 
Osmon ko‘rib-osmon ko‘rib yotdim. 
Chilla yulduzlar so‘lg‘in-so‘lg‘in bo‘ldi. 
Ko‘zim ilindi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish