www.ziyouz.com
kutubxonasi
85
Shunda, ayolimiz o‘ng qo‘ltig‘i ostiga ko‘zim tushdi.
Og‘zimdagi og‘zimda qoldi, bo‘g‘zimdagi bo‘g‘zimda qoldi. Bir nafas kavshanmay qoldim.
Ayolimiz qo‘ltig‘iga tikilib qoldim.
Ayolimiz ko‘ylagi qizil bo‘ldi, qo‘ltiq osti... ola-chalpak oq bo‘ldi.
Ko‘zim adashayaptimikin deya, tikilib-tikilib qaradim. Ayolimiz bilib-bilmay qizil ko‘ylagini oq
bilan yamab oldimikin deya, bor e’tiborim bilan qaradim.
Yo‘q, oqarib turmish olachalpak yamoq bo‘lmadi. Olachalpak... ter bo‘ldi, qotib qolmish ter bo‘ldi.
Chang aralash, kir aralash, jun aralash ter bo‘ldi...
Ayolimiz olachalpak qo‘ltig‘i... sho‘r dalamiz betiday-sho‘r dalamiz betiday bo‘ldi.
Ko‘nglim aynidi. Taomni ta’bim tortmadi.
Qoshiqni taom tashladim. Yuzimni chet oldim. Tevarak-bosh alangladim.
Bo‘lmadi — qornim ochligidan taom ichdim, o‘lmayinni kunidan taom ichdim.
Taom icha-icha ayolimizga razm soldim.
Bechora dalada-da bir ko‘ylakda yuradi, uyda-da bir ko‘ylakda yuradi.
Bechora kunda-da bir ko‘ylak kiyadi, tunda-da bir ko‘ylak kiyadi.
Bechora haftalab bir ko‘ylak kiyadi, oylab bir ko‘ylak kiyadi.
Ko‘ylak almashtirayin demaydi. Ko‘ylak tugul, qo‘ltiq tugul — oyna qaramaydi.
Oyna qarash uchun vaqt topolmaydi — qo‘ltiq qaraydimi, qo‘ltiq eslaydimi...
Og‘zim taomda bo‘ldi, ko‘zim ayolimizda bo‘ldi. Tikilib-tikilib taom yedim.
Shunda... shunda... go‘zallar xayolimdan bir-bir o‘tdi. Xayolimda —go‘zallar bo‘ldi, ko‘z oldimda
ayolimiz bo‘ldi.
Men o‘ylab-o‘ylab qoldim...
Bu zot... bu zot... go‘zallar namoyishida ishtirok etsa... nechanchi o‘rinni... nechanchi sovrinni olar
bo‘ldi?
18
Men bolish yonboshladim.
Bolishimni ayolimiz bolishiga qo‘shdim.
Qo‘limni ayolimiz bo‘yni ostidan oshirdim. Boshini bilagimg‘a oldim. Peshonamni peshonasiga
tekkizdim. Ko‘zlarimni yumib yotdim.
Shunda... ayolimiz sochlaridan... ayolimiz sochlaridan... butifos... butifos hidi keldi!
Ko‘zlarim yalt etib ochildi.
«Yo, pirim-e, hali dalaga butifos sepmadik, butifos hidi qaerdan bino bo‘ldi? — deya o‘ylay-o‘ylay
topdim. — Ayolimiz Jarariqdan molga o‘t olib keladi. O‘tni boshida ko‘tarib keladi. Bu hid o‘tgan yili
sepilib, haliyam o‘tlarda yotmish butifos hidi bo‘ldi».
Men ko‘zlarimni chirt yumdim. Men butifos hidini bilib-bilmaslikka oldim. Men butifos hidini
ko‘rib-ko‘rmaslikka oldim.
Ayolimiz yelkalarini silab-siypadim.
Ayolimiz silab-siypovlarimni o‘zicha o‘yladi... Ayolimiz silab-siypovlarimni o‘zicha yo‘ydi...
— Sidirg‘a yotsin, — dedi. — Suv sovuq...
Qo‘limni yelkasidan olib tashladi.
Ko‘nglim uvishdi. Ko‘nglim ezildi. Ko‘nglim o‘yildi!
Men bolishimni ayolimiz bolishidan xolisroq oldim.
«Endi... bu zot-da... ayol-da? — deya ko‘nglim kuydi. — Ayoldir-da, ana, noz etayapti-ku?
Ayoldir-da, ana, nozlanayapti-ku?»
Men yuzlarimni bolish bosdim.
«Kim bo‘lsa-da... bolalarimni onasi, — deya ko‘nglim iydi. — Kim bo‘lsa-da... pushti kamarimdai
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |