Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
17
Mototsiklimni oshxonamiz devori suyadim. 
Ohista-ohista ichkariladim. 
Timirskilanib to‘shak toldim. Ust-boshimni yon-bosh qo‘ydim. Oyoqlarimni uzatib kerishdim. 
Ko‘zlarimni yumib-yumib yotdim. 
Ammo uyqum kelmadi. Boyagi go‘zallar ko‘z oldimdan ketmadi... 
Ayolimiz taraf ohista qo‘l uzatdim. To‘shak siladim. To‘shak bosh-adog‘ini paypasladim. 
Ayolimiz joyida bo‘lmadi. 
Ayolimizda bolalarni naryog‘iga o‘tib yotib olish odati bor edi. Y
O
,
shunday etdimikin, dedim. 
— Ay... —dedim ohista. Ovoz bo‘lmadi. 
Men ohista turdim. Kaftlarimni gilam tirab to‘rt oyoq bo‘ldim. Bolalarni boshi tarafdan o‘rmalab 
bordim. Yuzimni bolalar yuziga tutib qaradim. Birin-birin qaradim. 
Ayolimiz bo‘lmadi. 
To‘shakni eng chekkasini — ayolimiz mendan bezor bo‘lib borib yotib olgich chekkasini qaradim. 
Ayolimiz u yerda-da bo‘lmadi. 
— Ay, qaerdasan? — dedim. 
Shunda, chindan-da ayolimiz uyda yo‘qligini bildim. 
Oyog‘imda tik turdim. Serrayib qoldim. Bir-bir bosib dahliz chiqdim. Undan mehmonxona o‘tdim. 
Chiroqni yoqdim. 
Ayolimiz mehmonxona to‘rida yotdi. 
O‘rtada dasturxon yoyiqlik bo‘ldi. Dasturxonda bir korson taom bo‘ldi. Taom usti non bilan 
yopig‘lik bo‘ldi. 
Chiroq yonishi bilan ayolimiz bolishdan bosh oldi. 
Tirsak suyanib o‘tirdi. Kaftini peshonasilab soyabon etdi. 
— Qayoqda yuribdi?.. — deya miig‘illadi. 
— Yuqoridan kattalar keldi, — dedim. — Kattalar bilan o‘tirib qoldim. 
— Unda, qorni to‘qdir-da? 
— Ko‘cha-ko‘yda qachon qorin to‘yib edi-da, endi to‘yadi. Bolalarni ovloq qoldirib, sen buyoqda 
nima qilib yotibsan? 
— Bu kishini xo‘ragini qo‘rib yotib-yotib, uxlab qolibman. Ana, anavi xo‘ragini yesin. 
Ayolimiz shunday deya, tag‘in yostiqqa bosh tashladi. 
Men ko‘rpacha joylashib o‘tirdim. Qoshiq bilan taom qo‘zg‘adim. 
Taomda tag‘in go‘sht yo‘q bo‘ldi! 
Men ayolimizga bir zahrimni sochayin, dedim-dedim — tag‘in indamadim. Chin-da, go‘sht 
bo‘lmasa ayolimizda nima ayb? 
Men taomga non to‘g‘radim. Korson non bilan to‘ldi. Go‘sht o‘rnini non bosdi. 
Ko‘nglim tortib-tortmay kavshandim. Tevarak alanglab-alanglab kavshandim. 
Uzala yotmish ayolimizga tikildim. 
Ayolimiz pish-pish uxladi. Ayolimiz hur-hur uxladi. Ayolimiz o‘ng qo‘lini belidan boshiga olib 
qo‘yib uxladi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish