www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
Urg‘ochi qamish yulish it azob bo‘ldi! Urg‘ochi qamishni tortdim — yulinmadi. Urg‘ochi
qamishni qayirdim — sinmadi.
Shu chayirligi uchun-da urg‘ochi qamishdan bo‘yra qiladilar!
Urg‘ochi qamish bargi kaftlarimni tildi. Urg‘ochi qamish bargi barmoqlarimni tildi. Misoli olmos
bilan kesmishday tildi!
Tiliklarimdan qip-qizil qon ko‘pirdi,
Men tiliklarimni lablarim bilan so‘rdim. Men tiliklarimni tupugim bilan namladim. Men
tiliklarimni quruq tuproq bosib doriladim.
Qonim qoldi. Ammo tiliklarim achishib-achishib og‘riy berdi.
Men qop-qora no‘xat hosilli ituzum yuldim.
Men handalak hidli zarpechak yuldim.
Qirqbo‘g‘in g‘o‘zalarimni yopib-yopib o‘sdi. Qirqbo‘g‘in g‘o‘zalarimni o‘rab-o‘rab o‘sdi.
Qirqbo‘g‘in g‘o‘zalarimni bo‘g‘ib-bo‘g‘ib o‘sdi.
Dalalarimda ko‘k chirmoviq-da serob bo‘ldi, sariq chirmoviq-da serob bo‘ldi.
Chirmoviqlar g‘o‘zalarim tanini o‘rab-o‘rab oldi. Chirmoviqlar g‘o‘zalarim jonini siqib-siqib oldi.
Men qirqbo‘g‘inlarni changallab-changallab yulib tashladim.
Men chirmoviqlarni tirnoqlab-tirnoqlab yulib tashladim.
14
Yotardan oldin qo‘llarimni olqindilab-olqindilab yuvdim.
Kaftlarimni qayroqtosh bilan qirdim. Barmoqlarimni qayroqtosh bilan ishqaladim.
Kaftlarim avi-buji kir bo‘lib qoldi. Barmoqlarim chiziq-chiziq qora bo‘lib qoldi.
15
Idoralab borib edim, raisimiz ostonada oldimni oldi. Ichkaridan qog‘oz o‘rog‘liq bir nima olib
keldi.
— Manavini biznikiga olib borib bering, Dehqonqul aka, — dedi.
— Bu nima? — dedim.
— Qo‘y go‘sht. Ayolga ayting, kattalarbop ovqat qilsin. Yuqoridan odam bor. Tag‘in, bera solib
qochmang, go‘shtni maydalab bering.
— Maylis nima bo‘ladi, rais bova?
— O‘sha o‘zingiz bilgan maylis-da, boring.
— Tag‘in qaytib kelayinmi?
— Kelib yurmang, ayolga qarashing, boring. Mototsiklimni raisimiz darvozasi oldida to‘xtatdim.
O‘zimizni uyga kirmadim — bolalar qo‘limdagn go‘shtni ko‘rsa tomog‘i tushadi, deya o‘yladim.
Raisimiz ayoliga go‘shtni berdim. Bor gapni aytdim.
— Nima ko‘p, yomon qovunni urug‘i ko‘p, nima ko‘p, katta ko‘p... — deya ming‘illadi raisimiz
ayoli.
— Unday demang-e, hamsoya, — dedim.
— Nimaga demayman, deyman! Umrim kattalarga qozon qaynatib o‘tdi! Yana-tag‘in, qirilgurlar
unday-bunday taomni yemaydi! Bola-baqraga boshqa qozon, kattalarga boshqa qozon qaynataman.
Bilmayman, kattalar osmondan tushganmi!
— Ha endi, katta bo‘lgandan keyin, nozikta’b bo‘ladi-da.
— Ha, kuydirgi chiqsin, nozik ta’biga, kuydirgigina chiqsin! Yana-tag‘in, maylis poylab qozon
qaynataman. Maylisi o‘lgur bo‘lsa, yarim kechasi tamom bo‘ladi!
Men raisi so‘rida joylashib o‘tirdim. Pichoqni qayroqtosh charxlab oldim. Go‘sht maydalab
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |