Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
30
Men endi g‘o‘zalarimni suvdan omonladim — ko‘p suv shona to‘kadi. 
Men endi g‘o‘zalarim umrini chilladan tiladim — o‘tkir jazirama shona to‘kadi. 
 
31
G‘o‘zalarim gunogun-gunogun gulladi. 
G‘o‘zalarim ost-ostidan gulga kirdi. 
Ilk hosilshox ayrilish bo‘g‘inidan ilk gulini ochdi. 
Men g‘o‘zalarimga bir suv ichirib oldim. 
Ikkinchi qavat hosilshox ayrilish bo‘g‘inidan gulladi. 
Men g‘o‘zalarimga ikki suv ichirib oldim. 
Uchinchi qavat hosilshox gul berdi. 
Men uchinchi bor suv ichirdim. 
G‘o‘zalarim gullay berdi-gullay berdi — men suv ichnrib gul salom eta berdim-suv ichirib gul 
salom eta berdim! 
 
32
G‘o‘zalarim noparmon-noparmon gulladi. Men g‘o‘zalarim gulini iskab-iskab ko‘rdim. 
G‘o‘zalarim gulidan... qoraqoshgul isi keldi. Men g‘o‘zalarim gulini tag‘in bir bor iskab ko‘rdim. 
G‘o‘zalarim gulidan... is kelmadi. G‘o‘zagul issiz-issiz gul bo‘ldi! 
 
33
G‘o‘zalarim qirmiz-qirmiz gulladi. 
Qirmiz-qirmiz gullarimga kapalak doridi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
90
Kapalak qoramtir-sariq bo‘ldi. Uzun-uzun qanot bo‘ldi. Qanotlari uchida yoyma to‘q tasma bo‘ldi. 
Qanotlari o‘rtasida ikkita qo‘ng‘ir dog‘ bo‘ldi. Bir dog‘ buyraksimon bo‘ldi, bir dog‘ oysimon bo‘ldi. 
Kapalak kunduz kunda bir joyda biqinib yotdi. 
Kapalak qora tunda bo‘ydor-bo‘ydor g‘o‘zalar aro uchdi. Gullarga moyak qo‘yib-qo‘yib uchdi. 
Kapalak moyagi gumbazsimon bo‘ldi. Yigirma olti-yigirma sakkiz qobirg‘ali bo‘ldi. Sarg‘ish-oq 
rangli bo‘ldi. 
Moyak uch-to‘rt kunda ochdi. Ichidan chorak enlik qurt yorib chiqdi. Qurt qoramtir-yashil bo‘ldi. 
Qurt ustlari hamda yonlarida qo‘ng‘ir-qo‘ng‘ir yo‘llari bo‘ldi. Yo‘llar to‘lqinsimon-to‘lqinsimon 
bo‘ldi. Yo‘llarda siyrak tuklar bo‘ldi, to‘qrang xollar bo‘ldi. 
Ko‘sakqurt ana shu bo‘ldi! 
Ko‘sakqurt oldin ust kurtaklarni kemirdi. Ust gullarni kemirdi. 
Ko‘sakqurt to‘lishdi-to‘lishdi — g‘o‘za ost shoxlariga enib tushdi. Hosildor gullar ichiga kirib oldi. 
Ko‘sakqurt gul ich-ichidan qurigunichayin gul yedi. 
Ko‘sakqurt gul chirib-chirib to‘kilgunchayin gul yedi. 
Ko‘sakqurt tishlari o‘tmaslanib qolgunchayin gul yedi. 
Indamayin— kapalak qirq kun umr suradi. Qirq kunda uch-to‘rt minggachayin moyak qo‘yadi. 
Indamayin — ko‘sakqurt yigirma dona hosilgul yeydi. 
Yigirma dona hosilgul demak — o‘n ikki-o‘n besh foiz paxtam ko‘sakqurtda ketdi, demakdir. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish