Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
Bog'liq
True

Epilog
 
“Otang kim?” — deb so‘rashsa, 
“Shamoldan bo‘ldim”, der emish. “Onang 
kim?” — deb so‘rashsa,
“Tumandan bo‘ldim”, der emish.
Qirg‘iz xalq qo‘shig‘idan.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 
Kutubxonachi.uz
102
“Vaqtimning kuyib kulga aylanishiga sanoqli onlar qoldi. Shu bois vidolashuv maktubimni 
kompyuterda terishga oshiqyapman. Nihoyat, yana g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘ldim: Yerda tag‘in 
yangi kun tug‘ilishi uchun yorug‘ kunni tun zulmati yamlab yutayotir. Mana sizga mangulikning zohiriy 
oqimi, mana sizga vaqtning ayoniy poyonsizligi. Biroq orbitadan kuzatayotgan shaxsning qismati bitdi.
Koinot miqyosida inson umri pashshaning umriday gap. Biroq insonga tafakkur ato qilingan, shu 
narsa uning umrini uzaytiradi. Lekin aksi ham bo‘ladi — keskin qisqartiradi ham. Kun bilan tunning 
almashinishi sirini necha martalab beixtiyor kuzatganman, o‘shanda o‘zimga oxirgi nuqtani o‘zim 
qo‘yaman deb sirayam o‘ylamagan edim. Endi mening kunim bitdi, gunohkor hayotimning oxirgi kuni, 
mening uchun qiyomat kuni yetdi. Har qanday kishining hayoti bilan bog‘liq barcha narsalari kabi, 
mening qiyomat kunim ham o‘zim bilan birga ketadi. Men qiyomat kunimni o‘zim belgiladim, ayanchli 
imtiyozim ham, inqirozim ham shunda.
Mana shu satrlarni bitib bo‘lgach, nasib qilsa, kosmik matbuot konferentsiyasida so‘zga 
chiqmoqchiman. Shundan so‘ng hayot bilan vidolashib o‘z jonimga qasd qilaman. Mening o‘zimga 
chiqargan hukmim shundoq. Men turmushning qonun-qoidalarini buzdim. Men millionlar nafratiga 
yo‘liqdim. Robert Borkning o‘limiga men aybdorman. Men boshi berk ko‘chaga kirib qolganman. Men 
daf bo‘lishim, hayotdan ko‘z yumishim lozim. Boshqa yo‘l yo‘q.
O’lim oldidan nafas olib to‘ymaysan deyishadi. Lekin men pirovardida hamma gapni ochiq aytib 
olmoqchiman. Yerdagi la’nati hayotning, joningga tegib bo‘lgan bu dunyoning sendan keyin qanday 
bo‘lishining nima ahamiyati bor? Senga bari bir emasmi? To‘ng‘iz qo‘pmaydimi? Biroq o‘z qo‘lim bilan 
hozirlagan ajalim oldidan meni vahima bosmoqda — odamlar nima bo‘ladi, Kassandra tamg‘asi 
hodisasini ertangi kun kishilarining aql-idroki, qalbi qanday qabul qiladi? Nima bo‘lganda ham, 
la’natlangan haqiqat haqiqat bo‘la olmaydi. Bugun inkor etilgan muammo ertaga yana paydo bo‘ladi, 
bunday qutilish hecham mumkin emas.
Mening kun-soatim bitdi. Bundan tonib bo‘lmaydi. Orqaga yo‘l yo‘q. Odamlar, men sizlarga 
tavbatazarrumni qoldirayotirman. Bundan siz keyinchalik o‘zini samoviy rohib deb e’lon qilgan 
kaminaning kim ekanini, nasl-nasabimni, umrimni qanday o‘tkazganimni, nima ishlar qilganimni 
mash’um kashfiyotim — Kassandra tamg‘asining sir-asrorini qanday bilib olganimni tushunib yetasiz...
Vidolashar ekanman, yana ikki og‘iz so‘zim bor. Kosmosdaligimda mening ongimda mislsiz 
kechinmalar, xayol-fikrlar jo‘sh urdi. Nima uchun shunday bo‘ldi — bilmayman sababini. Har safar 
kosmosdan bulutlar pardasi orqali yerga boqar ekanman, tahsinlar o‘qiyman: yo Rabbim, qanday buyuk 
bir samoviy xilqat Yer o‘zi. Quyosh ham insoniyat maskani bo‘lmish Yer uchun yaratilgan bo‘lsa ajab 
emas, yo‘qsa bularning hammasi na kerak? Dunyo inson uchun kerak — odam uning asl mohiyatini 
tushunib olish uchun yaratilgan, shu bois ham dunyo turibdi. Bo‘lmasa butun boshli galaktikasi nimaga 
kerak, aks holda na mazmuni bor, na mundarijasi bor dunyosining? Xudo haqida ham shunday deyish 
mumkin! U odam uchun zarur, shuning uchun ham u Xudo, shuning uchun ham u barhaq! Lekin inson 
shu koinotga, dunyoviy qonunlarga munosibmikin? Ana shu ulkan ochunga arzirmikin? Olamning 
jumbog‘i ana shunda!
Bas, kunpayakun bo‘lish fursati yetdi. Sanoqli daqiqalar qoldi. Ko‘p o‘tmasdan o‘zimni uloqtirib 
tashlayman, stantsiyadan ochiq fazoga sakrayman. Yerdan uzoqda. Benihoya uzoqda. Va butunlay gum 
bo‘laman.
Meni afv etinglar.
Filofey”.
Filofeyning xati va uning Tavba-tazarrusining ruscha matni orbital stantsiyaga astronavtlar kelishi 
bilanoq kosmik rohibning xonaqosidan Yerga jo‘natildi. Kosmik kema qo‘mondonining shoshilinch 
xabarnomasida aytilishicha: shaxsiy kompyuterning xotirasida Filofeyning vasiyati saqlangan, bu 
vasiyatda samoviy rohib kosmik stantsiyaning bo‘lajak xodimlariga murojaat etib, kompyuter xotirasida 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish