Kutubxonachi.uz
101
ruhning hech nima bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan, hech nima bilan o‘lchab bo‘lmaydigan ulkan fojeasi
ekanligini payqab qoldi. Shu paytda Filofey boshiga kosmonavtlarning katta shlyomini kiyib uni
kombinezon yoqasiga tugmalab qo‘ydi. Ana shu daqiqadan boshlab uning chehrasini ko‘rib bo‘lmay
qoldi. Hammasi tayyor bo‘ldi. Ochiq fazoga chiqish kerak edi. Filofey orqasiga qaradi, bir narsalar
deganday bo‘ldi, lekin so‘zlarini eshitib bo‘lmas edi. Qo‘li bilan vidolashar ekan, ochiq kosmosga sakrash
uchun tuynuk tomon yurdi. Tuynukning tabaqalari ochildi-yu, Filofey bo‘shliqqa qadam tashladi.
U yulduzlararo fazoga chiqib yuqorisi ham, pasti ham, chap tomoni ham, o‘ng tomoni ham, ufq ham,
chegaralariyu o‘lchovlari ham bo‘lmaydigan cheksizlikka indi.
U fazoda bir oz muallaq turib qoldi. Keyin kemadan tobora uzoqlashib intihosi va ibtidosi yo‘q fazoda
suzib ketdi.
U vaznsizlik holatida muallaq suzib, ko‘p o‘tmasdan ko‘zga ko‘rinmay qoldi.
O’ n b i r i n ch i b o b
Qirg‘oqqa otilgan kitlar sayozlikda ko‘zlarini chaqchaytirib qiynoq va dahshatda jon taslim qilmoqda
edi. Kitlarning jasadlari yong‘inda kuyib ketganga o‘xshab u yer-bu yerda dumalab yotar edi.
Yer esa hamon Quyosh atrofida aylanib-o‘rgilmoqda edi.
Keyingi kuni ertalab butun dunyo gazetalari kelishib olganday birinchi sahifalarida “Kosmosda birinchi
xudkushlik!”, “Samoviy rohib Filofey insoniyatni Kassandra tamg‘asining og‘ir sinovlaridan ozod qildi!”,
“Joyi jannatda bo‘lsin!” kabi shiorlar bilan chiqdi, gazetalar, teleekranlar va radiokanallar xilma-xil
sensatsiyalarni tarqatdi.
“Tribyun” gazetasida Entoni Yungerning bir necha shoshilinch satrlari bosildi: “Men otalarim Filofey
bilan Robert Bork izlaridan boraveraman...”
Shu bilan birga ichiqoralik bilan bayon qilingan tantanavor hayqiriqlar ham bor edi: “Soxta rohib arshi
a’loga ko‘tarila olmaydi. U hozirdanoq koinotda qorni osmonda bo‘lib qolgan!”
Xilma-xil hayratomuz yangiliklar orasida yana o‘sha sirli xabar: “Atlantika okeanining g‘arbiy sohilida
katta bir gala kitlar okeandan quruqlikka otilgan. Hammasi nobud bo‘lgan”.
Yana bir g‘alati, kurakda turmaydigan xabar Rossiya gazetalaridan ko‘chirib bosildi: “O’tgan kechasi
Qizil maydonda kimdir mavzoleyning ustiga o‘lgan boyqushni uloqtirgan. Qushning tanasida portlovchi
qurilma topilmagan”.
Ikki kundan so‘ng Robert Bork dafn etildi. Qabristonda shovqin-suron bo‘lmadi. Kuz. Osmon musaffo.
Dafn oldidan duo o‘qilayotgan paytda Entoni Yunger osmonga boqar ekan, xayolidan shu narsalar
kechdi: haqiqat yo‘lini tanlagan har ikkalasi taqdir etilgan o‘z joylarini egallashdi: biri – kosmik fazodan,
poyonsizlik oqimidan, ikkinchisi — yer qa’ridan, abadiylik og‘ushidan o‘rin oldi. Va haqiqat ham ular
bilan...
Do'stlaringiz bilan baham: |