Kutubxonachi.uz
109
Va har ehtimolga qarshi sen o‘z qilmishlaringni XX asr oxirzamonini oldindan sezganing bilan
oqlamoqchi bo‘lding, holbuki buni geopolitik miqyosda butun dunyo anglab tashvishga tushgan. Axir
termoyadroviy kashfiyotlarining mudhish, tubsiz jahannami yoqasida hech kim fan otining jilovini
tortmagan, shu sohada ish olib borayotgan olimlardan birontasi olamning umuman hayotni xavf ostida
qoldiradigan sirli negizlariga burun suqmaslik uchun cho‘rt orqaga qaytmagan, bunga o‘zini majbur ham
qilmagan edi. Fan kashfiyotlarning dohiyonaligi ila yumushlarning jinoyatkorligi orasida beparvolik bilan
ish ko‘rib, ularni baravarlashtirmoqchi bo‘ldi, strategik mulohazalarga ko‘ra maxfiy tutilgan, lekin vaqt
o‘tishi bilan atom bombalarining otalari deb e’lon qilingan, umri oxir bo‘lgan sari tobora ko‘proq vijdon
azobini tortgan va coyada qolmasmikinman deb o‘ylagan olimlarni fan butun dunyoga ma’lum va
mashhur qildi va ularning fani olg‘a boraverdi. Axir fan arboblari uchun hech qayoqqa qaramasdan va
hech narsani nazar-pisand qilmasdan atomning ichki dunyosiga kirib borishdan, odam bolasining g‘arib
jismi-joniga nisbatan bahaybat ana shu dev kuchini tezroq qo‘lga kiritishdan muhim vazifa yo‘q edi,
axir, bu kuch odamlarga butun koinotda cheksiz qudrat egasi bo‘lishga da’vo qilishga imkon berar edi-
da! Ana shu ilmiy g‘oyalarning g‘irt mutaassibligidan kelib chiqadigan halokatli xavf haqida, yadrochilar
kashfiyotlarining muqarrar oqibatlari to‘g‘risida shuni aytish kerakki, bu tashvishlar avlodlar chekiga
tushar edi. Otalarning vasvasaga tushib qilgan kashfiyotlarining mashaqqatlarini shu avlodlar tortishi
kerak edi, qanday ish ko‘rish lozimligi haqida, tirikchilik qilish uchun qaysi yo‘l bilan moddalarni yanada
boshqa holatlarga aylantirish ustida bosh qotirish ham avlodlar zimmasiga qoldirilgan edi. Hozircha
hammasining iloji topilayotgan edi. Sen ham shunga umid bog‘lar eding...
Ha, sen ham tabiat inson oldida mas’ul bo‘lmagan kabi, olim ham o‘z tadqiqotlarining samaralari
uchun javobgar emas, deb astoydil ishonarding. O’z burchingning xaloskorligiga bo‘lgan ishonchingga
hech nima putur yetkazmas, sen hech narsadan xijolat chekmas eding.
Ha, sen nigohdan yashiringan ko‘zgu orti ilmiy dunyosida chiqib kelayotgan yulduz eding. Va hatto
xotining Yevgeniya birdan vabodan qochganday seni tashlab ketib, viloyat teatrlari bo‘ylab kezar ekan,
azob-uqubatdan boshi chiqmagan kampirlar roliga rozi bo‘lib yurganda ham, barcha voqeadan xabar
topib, ko‘p narsalarni sen bilan birgalikda boshidan kechirgandan so‘ng birdan qarib qolganda, hatto
sendan qochib ketganda ham o‘zingni yo‘qotmading, iztirobga tushmading, alanglab qarab qolmading,
uning ketidan quvib ketmading, eng muhimi, uning ko‘ziga o‘ta dahshatli bo‘lib ko‘ringan narsalarni
tanqidiy nuqtai nazardan xayoldan o‘tkazishga ham harakat qilmading. Yevgeniya tadqiqotlaringning
ma’nosini chaqishga biron marta ham urinmadi. Eksperimentlaringning mohiyatini biron marta ham
tasavvur qila bilmadi. Xotining ilmiy maqsadlardan uzoq edi, o‘zga muhitda yashar edi, lekin u senga
qadrdon edi va sen u bilan ko‘p yillar bir yostiqqa bosh qo‘ygan eding, u sen faqat ish bilan ovora
bo‘lganingda ham, hatto o‘zing uni tez-tez abort qilib turganingda ham (keyinchalik bu haqida o‘zing
achchiq alam aralash afsuslanding, axir bu bilan sen o‘z oilaviy hayotingning ildiziga bolta urgan,
risoladagi ayolning qat’iy nafratiga uchragan eding-da) — Hamma-hammasiga chidadi, lekin seni hech
narsa to‘xtata olmas edi. Sen fanga fidoiylik bilan kirib ketib boshqalarning, eng avvalo sevikli
xotiningning his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari bilan hisoblashmasdan to‘g‘ri ish qilayotirsanmi-yo‘qmi –
bu savolga javob berishga harakat ham qilmading, bu haqda o‘ylab ham ko‘rmading. Yevgeniya sening
nima ishlar qilib yurganlaringdan, yillar o‘tib, nimalarga erishganingdan va bundan qanday maqsadlarni
ko‘zlayotganingdan xabar topgach, sening oldingda tiz cho‘kib yig‘ladi, hammasini tashlab, Moskvadan
uzoq-uzoqlarga, aytaylik ilmiy markazlarida ishlar to‘lib yotgan, professorlar yuksak qadrlanadigan va
Moskvadagidan kam maosh olmaydigan Uzoq Sharqqa ketishni iltimos qildi; xotining o‘sha tomonlarda
teatrlardan ish topishini aytib, yangidan turmush boshlashni, nihoyat, bolalik bo‘lishni o‘tinib so‘radi,
lekin sen rafiqangning tavallolarini inobatga olmading, ayolingning, o‘zing aytganday
eksperimentlaringdan soddalarcha qo‘rqishi, injiqliklari senga chivin chaqqancha ham ta’sir etmadi, sen
o‘zingga ishonib topshirilgan yumushlardan voz kechishni xohlamading. Buning uchun keyinchalik
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |