Mavzu: Ekologik ta'lim berishda og’zaki uslublarning o’rni.
Reja:
1. Oldindan o’tkaziladigan suhbat va yakuniy suhbatlarni tashkil etish.
2 Suhbatlarning maqsadi, unga qo’yiladigan savollar.
3.Suhbatda didaktik maqsadni tasavvur qilish.
4.Suhbatda xilma-xil ko’rgazmali matеriallardan foydalanish.
1.Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga — oidindan o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qollaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o'rtasida aloqa o‘rnatishdir.
Yakuniy suhbat o‘rganilgan faktlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: ba’zi kuzatiladigan ob’yektlarning tor doirasini (masalan, issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar haqida, yovvoyi hayvonlarning o‘rmonda qishlashi va shu kabiiar), boshqalari hodisalarning keng doirasini (masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin.
Suhbat — bu bolalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotning yakunidir. Uning samaraliligi bolalarning tayyorgarliklariga bog‘liqdir.
Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiat haqidagi hikoyalar orqali suhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo‘lsa, faqat shu mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
2.Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi ya’ni, uning mazmunini aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat yakunida aniq bir xulosa chiqara olishi lozim.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo‘lib uchib keladi? Qora qarg‘ani qanday tanib oldik? Biz ulami qayerda ko‘rganmiz? Qora qarg‘alar dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg‘alar nima yeydi?» So‘ng keyingi savol beriladi: «Nima uchun qora qarg‘alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug‘urchuq, qaldirg‘och va shu kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi).
Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?» kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin.
Ular mazmunan aniq, to‘g‘ri, qisqa bolishi kerak. Har bir savolda bitta likr bo‘lishi shart. Qisqa «ha» yoki «yo‘q» javoblarini talab qiluvchi savollarni berib bo’lmaydi. Bunday savollar tafakkurning o‘sishini, munosabatlarning aniqlanishini ta’minlamaydi. Tarbiyachi suhbat davomida bola¬larning xulosa, umumlashtirishlarni o'zlari mustaqil chiqarishlariga g‘amxo‘rlik qiladi.
Suhbatda xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan ham foydalanish zarur. Bular tabiat jismlari, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illustratsiyalardir. Bundan tashqari topishmoqlar, she’rlar, qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokama qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg‘otadi.
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish uslubi sifatida, o‘rta va maktabgacha katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta guruhda suhbat, asosan, hodisalarni eslatishga, katta va maktabga. tayyorlov guruhlarida esa mavjud bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishga yo‘naltiriladi.6-7 yosh maktabga tayyorlov guruhi
Yillik ish rejasi:
Oktabr oyining 1-haftasida “Oltin kuz” mavzusida suhbat;
Haftalik ish rejasi:
Sentyabr oyi mavzusi: “Ona yurtim-O’zbekiston”
Rivojlantirish markazi O’quv tarbiyaviy faoliyat
Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Resurslar izoh
“Kechagi kun haqida” suhbat “Salomlashishodobihaqida” suhbat
Ilm fan va tabiat markazi “O’zbekiston-mening Vatanim” mavzusida suhbat “Ona shahrim Buxoro” mavzusida suhbat
Mashg’ulotlarning bir xillarida boshlang’ich bilimlar shakillantiriladi.shu maqsada tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko’rish badiiy asarlarni oqish xikoya dia’lim va kino ‘ilimlarni ko’rsatishdan ‘oydalanadi. Aytib otilgan metodlardan tashqari bu masahg’ulotlardan bolalarning tabiatdagi mexnatidan ham ‘oy-alanadi.
Uchunchi turdagi mashg’ulotlarni asosiy vazi’asi bilimlarni umum-ashtirish hamda sistemaga solishdir.
Mashg’ulotga tayanish-mashg’ulotning samarali pedagogikaga bog’liq. Mashg’ulot mavzusini belgilab o’zining Mavzu bo’yicha tabiatshunislik bilimlarini to’ldirishni aniqlash, so’ngra mashg’ulotning reja vazifalarini ishlab chiqishi lozim.
Mashg‘ulotga tayyorlanish. Mashg`ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi mashg'ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo‘yicha tabiatshunoslik bilimlarini to’ldirishi, so‘ng mashg'ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim. Bunda tarbiyachi «Ilk qadam» tayanch dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarak- atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg‘ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o`rni (mashg‘ulotda boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish jarayoni sodir bo‘lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo'llash mashq qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o'rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo`llaydi. Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad - o`rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to‘g’ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Mashg'ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g‘amxo`rona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Tarbiyachi mashg’ulot o’tkazishga tayyorlanar ekan, tarbiyachi ishlash uchun qanday ko’rgazmali qurollar tanlashini oldindan rejalashtirishi kerak bo’ladi, bular rasmlar, gerbariylar, su’ratlar, tabiatdagi ob-havo kalendarlari va shu kabilardir. Tanishtiradigan hayvonlarni, o’simliklarni parvarish qilishni va ekiladigan o’simliklarni bolalarni yoshiga mos ravishda o’ylab qo’yishi kerak. Faqat ana shundan keyingina u mashg’ulotaning borishi ustida fikr yuritishi mumkindir. Dastur mazmunini barcha bolalar tomonidan o’zlashtirilishi mashg’ulot davirida amaliy faoliyatlarini aktivlashtiradi va sistemasini izchil ishlab chiqadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg`ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilimlami bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg`ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yigilib boradi. Mashg`ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg'ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg`ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko`ra tanlanadi.
Ba’zi mashg'ulotlarda boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa metodik mashg`ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg`ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi - bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o‘yinlarda amalda qo'llaydilar.
Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada l martadan o`tkaziladi. Ekskursiyalar o‘rta guruhdan boshlab tashkil etiladi.
Barcha guruhlarda qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi
Foydalangan adabiyotlar: O.Xasanboyeva, H.Jabborova, Z.Nodirova “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” Toshkent-2013, 43-45-betlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |