Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
111
edi. Sen iqror bo‘lishing kerak – oradan ko‘p o‘tmasdan «ikszurriyot» degan yangi so‘zga qulog‘ing 
o‘rganib ham qoldi, sen qilayotgan ishga yuraging, qalbing odatlanib qoldi – sen o‘zingni o‘zing shu 
narsaga ishontira oldingki, sening eksperimentlaring bor-yo‘g‘i fandir, tajribalardan nimalar kelib 
chiqishi esa sening ishing emas.
To‘xta! Oshiqma! Bu yerda hamma narsani ipidan ignasigacha gaplashib olishga to‘g‘ri keladi. Ha, 
«ikszurriyot» atamasini yuqoridan taklif etishgani tushunarli, bunda insoniyatning yangi zotini 
yaratishning uzoq muddatli programmasi ko‘zda tutilgan edi. Lekin ishning eng boshida strategik 
maqsadlar tilga olinganda, sen e’tiroz bildirmading, undan voz kechmading, o‘zingni chetga olishga 
harakat ham qilmading. Va seni yangi Darvin deb ko‘kka ko‘targanlarida ham, tsivilizatsiya tarixidagi bu 
mislsiz programma sening nazariy va amaliy ishlaringdan, bu boradagi bashoratlaringdan kelib chiqdi, 
deganlarida xijolat ham tortmading. Seni ilmiy rahbarlikka taklif qilganlarida go‘yo shunday bo‘lishi 
tabiiyday, o‘sha zahoti rozilik bildirmagan bo‘lsang ham, o‘ylab ko‘raman, deding, lekin butunlay voz 
kechmading. Ha, voz kechish kerakmi, shunday qilish mumkinmidi? Yolg‘iz otning changi chiqmas. 
O’sha paytga kelib, rasmiy doiralar da’vatiga shunday uchgan edingki, xo‘jayinlarning bironta iltimosiga 
yo‘q demasding.
* * *
Bu gap to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Fanlar Akademiyasi prezidentining taklifiga javoban «o‘ylab ko‘raman» 
degan kuningoq sen Eski maydonga, Siyosiy byuro a’zosi, KPSS MKning mafkuraviy masalalar va xalqaro 
kommunistik harakat bo‘yicha sekretari Konyuxanov Vadim Petrovich huzuriga taklif qilinding.
Eski maydonga sen deyarli o‘z uyingga kelganday yetib kelding, tez-tez bo‘lmasa ham turli masalalar 
yuzasidan yiliga bir necha marta bu yerga kelib ketar eding-da. Bu safar ham o‘zingning derektorlik 
qora «Volga»ngda kelding, Moskva ko‘chalarida izg‘ib yurgan mashinalarga, chumoliday qaynab yotgan 
yo‘lovchilar oqimiga alang-jalang qarab qo‘yar eding. Sening qayoqqa va qanday maqsad bilan 
ketayotganingni bilganida bormi, olomon ko‘chani to‘sib olib mashinangning dabdalasini chiqarib 
tashlagan, o‘zingni esa toshbo‘ron qilgan bo‘lar edi. Buni vahshiylik deyolmasding, ularning bu 
shafqatsizliklarini Parvardigor afv etgan bo‘lur edi.
Har doimgiday, tushdan keyin Moskva, ayniqsa, shahar markazi odam dengiziga aylangan edi. 
Odamlar bu haqda fikr qilib ko‘rishdimi-yo‘qmi, lekin xuddi shu soatda ular uchun turmushning jamiki 
muammolari biron narsani qidirib topish haqida bosh qotirishdan va qo‘lga kiritish, sotib olish, shu 
niyatda itday izg‘ib yurishdan iborat edi desa bo‘ladi. Lekin ulardan birontasi ham sal nariroqda 
kimningdir Tabiatga, Tarixga, Xudoga, odamlarga – Hamma-hammasiga qarshi qandaydir ish qilish 
niyatida ekani, shundan so‘ng dunyoning qaytadan yaratilganday o‘zgarib ketishi haqida bir lahza bo‘lsa 
ham o‘ylab ko‘rmas edi.
Darvoqe, ana shu rejani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kishi ularning yonginasida ko‘zni 
kuydirib salobatli avtomobilida suzib ketayotgan edi va tabiiyki, xuddi shu onda bu kishining oila, nasl-
nasab, avlodlarning vorisiyligi tushunchalari o‘tmishning sarqitlari bo‘lib qoladigan zamon kelishi uchun 
ishlayotganini, oqibatda har kim ibtido va intiho bo‘lib qolishi mumkin ekanligini, kishilar kimlardan 
paydo bo‘lgani va kimlarni dunyoga keltirgani haqida zig‘irchayam tasavvurga ega bo‘lmay qolishini 
ulardan birontasi xayoligayam keltirmas edi... Bu vazifalarni oila o‘rniga Ota-Davlat bajarishi kerak edi.
Ammo bu sening shaxsiy jahonshumul programmang emas edi, albatta. Mafkuraviy g‘oya lop etib 
sening miyangga kelgani yo‘q, bu boshqalarning fikri, shunday bo‘la qolsin, lekin bunga shaxsan sen 
va sening ilming xizmat qildi, tajribalaring totalitar davlatning qora kuchlariga ulardan o‘z maqsadlarida 
foydalanish yo‘lini shipshitib qo‘ydi. B haqda sen endi, bo‘lari bo‘lgandan keyin gapiryapsan. Biroq sen 
o‘sha kezlarda ham kashfiyotingdan qanday amaliy xulosalar chiqarish mumkinligiga fahming yetar edi, 
ammo sen bu narsaning bevosita menga aloqasi yo‘q deb hisoblading va bu haqda o‘ylamaslikka 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish