Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
113
o‘zgarib ijtimoiy-siyosiy idealga aylanishi. Men tushunib turibman, Andrey Andreevich, siz hozir bu 
gaplarning nima keragi bor, bu qanday lektsiya o‘zi, deb hang-mang bo‘lib qoldingiz. Lekin meni afv 
eting, bu masala sizga, sizning faningizga bevosita aloqador! ha, ha! Ajablanmang, shunday!
Ikkovlaring guruh-guruh odamlarni yig‘ib o‘tkaziladigan kengashlar uchun mo‘ljallangan katta stol 
atrofida o‘tirdinglar, kotiba jimjimador gulli nafis finjonlarda choy keltirdi. Sen bu yerga o‘ta muhim 
yumush yuzasidan taklif qilinganligingni tushunding, aks holda uzundan-uzoq debocha kimga kerak edi. 
Va sen o‘zingning o‘ta ayricha ilmiy eksperimentlaringning amaliy ahamiyati partiya Markaziy 
Komitetining e’tiborini nimasi bilan tortganini fahmlab olishga urinib ko‘rding. Asta-sekin manzara 
oydinlasha bordi, bu ish seni o‘z miqyosi bilan hayratda qoldirib, sergaklikka chaqirar va ayni vaqtda 
o‘zining shiddati bilan o‘ziga rom etar edi.
— Mana sizga, Andrey Andreevich, ochig‘ini aytganda, suhbatimizning mundarijasi, — davom etdi
Konyuxanov. U chekib bo‘lgan papiros qoldig‘ini billur kuldonga qo‘li bilan xomush ezib o‘tirar ekan, 
birdan boshini ko‘tardi. — Masalani keragidan ortiq darajada chigallashtiryapman shekilli, — kulib qo‘ydi 
u. — Shunaqa muqaddimalarga ko‘nikib qolganman. Siz esa o‘zimizniki. Shuning uchun imkon qadar 
samimiy va qisqa gaplashaman. Mana shunisi qiyinroq. Faqatgina... Birinchisi, eng muhimi, partiya sizga 
ishonadi, Andrey Andreevich. Ishonadi. Va tarix sizning oldingizga qo‘ygan vazifa – Hammamizning 
umumiy vazifamiz. Ha, tushunaman, fan bilan partiya – ayrim-ayrim narsalar, biroq hamma sohada va 
hamma joyda sinfiy yondashish muqarrardir. Biz markschi-leninchilar shunga asoslanamiz va bizning 
tarixiy afzalligimiz, shubhasiz, ana shunda. Mana shu masalada sizning kashfiyotlaringiz, ta’bir joiz 
bo‘lsa, qo‘lbola biologiyaning kashfiyotlari – bu odam tabiatiga chuqur kirib borish, aslida inson shaxsini 
qayta qurish, shaxsning kelib chiqishini, jamiyatdagi o‘rni va rolini qayta qurish, keyinchalik esa sun’iy 
tug‘iladiganlar matritsasiga asosan butun insoniyatni qayta qurish imkoniyati demakdir. Faqat boshlab 
yuborish qiyin, xolos. Mana, XX asr aravasi qaerlargacha bordi!
Men sizga aql o‘rgatmoqchi emasman, lekin shu ma’noda men Fan bo‘limimizning fikriga to‘la 
qo‘shilaman – dunyo yaratilgandan beri bunaqasi bo‘lgan emas. Sizning siymongizda fan chindan ham 
misli ko‘rilmagan qudratga ega bo‘ldi. Darhaqiqat, siz tahsinga loyiqsiz. Idora qilib bo‘lmaydigan 
homiladorlik va tug‘ilish hodisasi boshqariladigan jarayon bo‘lib qolayotir. Endi shunday fikr tug‘ildi: buni 
ommaviy tartibda joriy qilishga urinib ko‘rilsa, qanday bo‘larkin? Bu inqilob, faqat nomi yo‘q, biologik 
tur sifatida odamni qayta ishlab chiqarishdagi chinakam inqilob. Shunday ekan, bu jarayon 
boshqariladigan va nazorat qilinadigan ekan va jamiyat hayotida yangi omil ekan, tarixning yangi 
dastagi ekan, demak, siz ham tan oling, bu endi siyosatning ishi. Va bu asnoda biz siz bilan, Andrey 
Andreevich, endi sheriklar, partnyorlar sifatida uchrashyapmiz. Biz shunga asoslanamizki, partiya 
chetda qolmasligi, qandaydir kuzatuvchi bo‘lib turmasligi kerak, aksincha, vaqtni qo‘ldan boy 
bermasdan, bu jarayonning boshida turmog‘i, jamiyatimiz, mafkuramiz maqsadlari va vazifalarini 
ko‘zlab uni tegishli yo‘nalishga burishi lozim. Xudo haqqi, meni kechiring, Andrey Andreevich, men 
tuzalmaydigan sergapman. Lekin siz gap nimada ekanligini tushunasiz. Siz hamma narsani oldindan 
bilib turasiz, siz — daho kishisiz. Va men bir narsani qo‘shimcha qilmoqchiman. Gap nima haqida 
ketmasin – kosmosdagi kashfiyotlardan tortib ekspremental biologiyadagi kashfiyotlargacha – biz 
o‘zimizning pirovard maqsadimizni, jahonshumul rolimizni unutishimiz mumkin emas. Mana sizga eng 
muhimi. Afsuski, hatto bizning MKda, apparat doiralarida ham ma’lum revizionistik kayfiyatlar bor. Men 
sizdan hech narsani yashirmayman, siz o‘zimiznikisiz. Ba’zi bir o‘rtoqlar alohida mamlakatda sotsializm 
sharoitida tinchgina yashashni xohlaydilar. Ular bizning butun dunyo mehnatkashlari haqida 
qayg‘urishimizni unutib qo‘yadilar. Kapitalizm bilan musobaqada biz g‘alaba qilishimiz lozim. Va jahon 
inqilobi shiori hozir ochiq aytilmayotgan bo‘lsa ham sayyorada kommunizm g‘alaba qilajak! Bu – bizning 
asl maqsadimiz va uni har qanaqa yo‘l bilan, jamiki vositalarni ishga solib yaqinlashtirmog‘imiz darkor. 
Inchunin faqat ilm bilan andarmon bo‘lib, eksperimental biologiya sohasidagi sizning noyob 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish