Akademik Salixov sh. I



Download 120 Kb.
Sana16.03.2017
Hajmi120 Kb.
#4672
O’zbekiston akademik fani hozirgi bosqichda

 

O’zbekiston Respublikasi



Fanlar akademiyasi prezidenti,

          akademik Salixov SH.I.


Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Xorijdan tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar!

Bugun men yubiley munosabati bilan tashkil etilgan konferentsiyada ishtirok etish va Fanlar akademiyasining 70 yillik faoliyati davomidagi yo’lini yoritish baxtiga muyassar bo’lib turibman. 

 Fanlar akademiyasi asos solingan kun 1943-yilning 4-noyabridan hozirgi kunga qadar vatanimiz ilm-fanining tan olingan bayroqdori – mamlakatimizning eng yirik, obro’li va ahamiyatli ilmiy tashkiloti bo’lib kelmoqda.



Hurmatli hamkasblarYangi suveren davlatning iqtisodiy salohityatini mustahkamlash ilg’or ilmiy yutuqlar va ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etish bilan chambarchas bog’liq edi. Mamlakatimizni rivojlangan va raqobatbardosh iqtisodiyotli davlatga aylantirishga innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni sanoatga keng va samarali joriy etish orqali erishish mumkin edi. Bu ilmiy-texnik sohada yangi tarixiy voqealar talabiga javob beradigan izchil davlat siyosatini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish zaruratini belgilab berdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Islom Abdug’anievich Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish, ilg’or ilmiy maktablarni qo’llab-quvvatlash, e’tiborli olimlarning o’rnini bosa oladigan munosib ilmiy avlodni shakllantirish, mamlakatimiz ilm-fani tuzilishi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratdi. Birinchi o’rinda hukumatimiz boshlig’ining e’tibori avvalambor eng yirik va ahamiyatli ilmiy tashkiloti – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qaratildi. Buni mustaqillik davrida qabul qilingan va fan sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan bir qator O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari va hukumatning tegishli qarorlari tasdiqlaydi.

Mustaqil respublika ilm-fanining shakllanishida O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning ilmiy jamoatchilik bilan uchrashuvlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uning olimlar bilan o’tkazgan uchrashuvlarida so’zlagan nutqida mamlakatning ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishining dolzarb muammolari bo’yicha aniq vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning yechishning muayyan yo’llari ko’rsatib o’tilgan edi. Mazkur vazifalarni ro’yobga chiqarish nafaqat akademik fanning asosiy ilmiy salohiyatini saqlab qolish, balki Fanlar akademiyasini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish izchil tizimini ishlab chiqish va akademiya ilmiy muassasalari faoliyatini suveren O’zbekistonning birinchi o’rindagi dolzarb muammolarini yechishga qaratish imkoniyatini beradi.

Bugungi kunda Fanlar akademiyasi yuqori darajada dolzarb ilmiy tadqiqotlar o’tkazib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy va ma’rifiy-ahloqiy rivojlanishi sohasidagi muammolarni hal qilishda ishtirok etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ta’lim tarixi, taraqqiyoti va faoliyatiga qisqacha to’xtalib o’tishga ijozat bersangiz.   

Fanlar akademiyasi tarixini ikkita asosiy bosqichga ajratish mumkin:

- uning shakllanishi, ilg’or ilmiy maktablar va ilmiy-texnik salohiyatini yaratish davri. Bu davr uning 48-yillik faoliyatini qamrab oladi (1943 – 1991- yillar); va

- O’zbekiston mustaqilligi davrida dinamik rivojlanish davri va mamlakatimiz ilm-fanining sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilishi. Bu davr 1991-yilda boshlanib, bugungi kunda ham davom etmoqda. Aynan shu yillari akademik fan yangilanish va rivojlanish yo’liga qadam qo’ydi.

Ma’lumki, XX asrning dastlabki o’n yilliklarida O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti Toshkentda 1918-yilda Xalq universitetining tashkil etilishi va uning asosida O’rta Osiyodagi birinchi va keyinchalik respublikadagi ilm-fan va ta’limning keyingi taraqqiyoti «al’ma-mater»iga aylangan Turkiston davlat universiteti (hozirgi kunda O’zbekiston Milliy universiteti) ning tashkil etilishi bilan bevosita bog’liq edi.

Shu tariqa, 1932-yilning boshlariga kelib, O’zbekistonda 52 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil etilib faoliyat yuritar edi, ular o’sha davrning ilmiy va amaliy jihatdan muhim muammolari bo’yicha tadqiqotlarni olib borishar edi. Ularning ilmiy ishlarida boshqarish va muvofiqlashtirish maqsadida Respublika fanlar qo’mitasi tashkil etilib, u 1940-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasiga asos bo’lgan SSSR Fanlar akademiyasining o’zbek filiali tashkil etildi. Undan so’ng, 1943-yilning 27-sentyabrida SSSR Xalq komissarlari kengashining «SSSR Fanlar akademiyasi O’zbek filialini O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi sifatida qayta tashkil etish haqida» qarori qabul qilindi.                                 

O’zbekiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti etib Akademiya tadqiqotlari yo’nalishlarining shakllanishi va rivojlanishining dastlabki bosqichida muhim ro’l o’ynagan yirik olim – matematik va fan tashkilotchisi akademik Toshmuhammad Qori Niyoziy (1896 – 1970-yy.) saylandi.

Keyingi yillarda Akademiyaning ilmiy va moddiy-texnik salohiyatini rivojlantirishga turli yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentlari etib saylangn mamlakatimiz olim-akademiklari salmoqli xissa qo’shdilar. Ular:

- geolog Habib Muhammedovich Abdullaev (1912-1962-yy.), mamlakatimizda metallogeniya va petrografiya ilmiy maktabining asoschisi, jahon geologiya fani, shuningdek, ilmiy mavzular shakllanishi, Akademiyaning kadrlar salohiyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo’shgan, Toshkentda Talabalar shaharchasini bunyod etish tashabbusi bilan chiqqan;                                            

- fizik Ubay Arifovich Arifov (1909 – 1976-yy.), Akademiya tarkibida fizika sohasiga tegishli, ketma-ket tashkil etilgan uchta institut – Fizika-texnika, Yadro fizikasi va Elektronika institutlari asoschisi va rahbari, mamlakatimizdagi fizik elektronika bo’yicha ilmiy maktab va «Geliotexnika» Xalqaro ilmiy jurnali asoschisi (1965-y.);         

- ximik Obid Sodiqovich Sodiqov (1913 – 1987-yy.), Bioorganika kimyosi yo’nalishi va maktabi hamda shu nomdagi institut asoschisi va rahbari. O.S.Sodiqov bir necha marta saylanib, uzoq yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan (1966 – 1982-yy.), mavzular, kadrlar tarkibi, byudjetdan tashqari moliyalashtirish va Akademiya moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga katta hissa qo’shdi va Akademiklar shaharchasidagi ko’plab ilmiy tadqiqot muassasalari (ITM) ning qurilishini tashkil etdi.



Fanlar akademiyasi keksa avlod vakillarining yorqin ilmiy yutuqlari olamga mashhur. Ular qatorida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:

- Sobir Yunusovich Yunusov, O’simliklar kimyosi instituti va kimyoviy birikmalar sohasida butun dunyoga mashhur ilmiy maktab asoschisi va rahbari, bir qator yangi mahalliy dori vositalari muallifi, «Tabiiy birikmalar kimyosi» xalqaro ilmiy jurnali asoschisi (1965-y.);

- Yolqin Xolmatovich To’raqulov, yirik biokimyo ilmiy maktabi, endokrin tizimi kasalliklarini davolash va ularning oldini olish ishlariga salmoqli hissa qo’shgan Endokrinologiya va Biokimyo institutlari asoschisi;

- Ibrohim Hamrabaevich Hamrabaev, uzoq yillar mobaynida Geologiya va geofizika institutini boshqargan, u bajargan ishlar O’zbekistonda bir qator yirik metall-kon, shu jumladan oltin konlarini ochishga zamin yaratdi;

- Galina Anatolevna Pugachenkova, uning O’rta Osiyo san’at tarixi, me’morchiligi, shu jumladan, Qadimgi Xolchayon va Dalvarzintepa madaniyatlari sohasida amalga oshirgan ustuvor tadqiqotlari YUNESKO tomonidan qayd etilgan.

Respublika olimlari seysmologiya sohasida muhim ilmiy kashfiyot - “Er qimirlashida yer osti suvlari kimyoviy tarkibining o’zgarishi hodisasi” (1966-y. 21-fevral) ni kashf etishga musharraf bo’lib, u asosda keyingi yillarda O’rta Osiyoda ro’y bergan qator kuchli yer qimirlashlari vaqti va magnitudasi asosli ravishda bashorat qilindi.

Quyida ma’ruzamizda o’zbek olimlari keksa va keyingi avlodining boshqa ko’plab yirik ilmiy yutuqlari keltiriladi.

 Ma’lumki, postsovet makonida hosil bo’lgan yangi mustaqil davlatlar, shu jumladan O’zbekiston ilm-fani bir qator jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Ularning oldini olish uchun davlat miqyosida ilm-fanni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish kerak edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli Fanlar akademiyasi xo’jalik faoliyatining yangi iqtisodiy sharoitlariga ko’nikish bosqichlarini o’z vaqtida bosib o’tdi, ustuvor jihatlar tizimini ishlab chiqdi, uning ilmiy ishlanmalari zaruriyati yanada oshdi.



Fanlar akademiyasining e’tibori dolzarb innovatsion loyihalarni keng ishlab chiqishga qaratildiki, bu respublikaning barqaror rivojlanishining strategik maqsadlari bilan o’zini oqladi. O’zbekiston mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasini tubdan isloh qilishi quyidagilarga imkon yaratdi:

- ilmiy muassasalar tuzilishini maqbullashtirish va ularning kardlar tarkibini mustahkamlash;

- mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari va innovatsion rivojlanishi talablariga javob beradigan yangi turdagi qator institut va markazlarni tashkil etish;

- ustuvor ilmiy yo’nalishlar va respublika uchun dolzarb ilmiy mavzularni shakllantirish, asosiy ilmiy saloxiyatni ularni ishlab chiqishga qaratish;

- sovet davri hamda respublikamiz shakllanishining dastlabki yillarida asosiy bo’lgan va o’zini oqlamaydigan ayrim ilmiy muassasalarni bazaviy moliyalashtirish tizimidan fundamental va amaliy tadqiqotlar doirasidagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning tanlov grant tizimiga o’tish;

- mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari uchun muhim bo’lgan innovatsion va investitsion loyihalarni bajarish;

- ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish va respublikamiz uchun yangi formatdagi mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish imkoniyatini bergan fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi mexanizmlarini joriy qilish;  

- xorijiy davlatlarning ko’plab ilg’or ilmiy markazlari va universitetlari bilan o’zaro manfaatli ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, bir qator qo’shma xalqaro ilmiy dasturlar va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish;

- shuningdek boshqa bir qator qoldirib bo’lmaydigan ilmiy-tashkiliy masalalarni yechish.

 Bugungi kunda, taraqqiyotning ishlab chiqilgan ustuvorliklari va birinchi darajali ahamiyatga ega masalalar nuqtai nazaridan Fanlar Akademiyasi tuzilishi tubdan o’zgardi, uning tarkibiga 32 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari, shu jumladan, 23 ta yirik institut, ilmiy markaz va ixtisoslashgan konstruktorlik-texnologik byuro, 4 ta muzey va 2 ta mintaqaviy bo’lim – Qoraqalpoq bo’limi va Xorazm Ma’mun Akademiyasi kiradi.                                                                      

Mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasi kadrlar tarkibi sifat jihatdan yangilanib, mamlakatimiz zamonaviy ilm-fanining ko’zgusi bo’lmish iste’dodli yosh tadqiqotchilar avlodi bilan boyidi. Uning asosini esa Akademiyaning 80 nafar haqiqiy a’zosi tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotlar 5218 nafar xodim tomonidan amalga oshiriladi, ulardan 2072 nafari – ilmiy xodim, shu jumladan 370 ta doktor va 900 ta fan nomzodi. Akademiya ilmiy muassasalarida 200 dan ortiq fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar ta’lim olishadi.   

                                                                             

 Bugungi kunda Fanlar akademiyasi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning muhim masalalarini hal etishda faol ishtirok etmoqda va shu maqsadda quyidagilarni amalga oshirmoqda:                       

- dolzarb ilmiy yo’nalishlar bo’yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning keng ko’lami;

- respublika uchun ustuvor ilmiy-texnik va innovatsion dastur va loyihalar, shuningdek, tanlov grantlari va investitsiyalar asosida bajariladigan xalqaro qo’shma loyihalarni ishlab chiqish;

- ham mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish, ham mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;

- ilmiy natijalar va yangi ilmiy hajmdor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, o’z mahsulotlarini eksportga chiqarish.

Bu mamlakatning ilmiy-texnik, iqtisodiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirish hamda oshirishga xizmat qiladi.



Fanlar akademiyasi olimlarining fundamental fanlar - matematika, mexanika, astronomiya, yadro fizikasi, yarimo’tkazgichlar fizikasi va materialshunoslik, noorganik va organik kimyo, seleksiya va genetika, metallogeniya, seysmologiya, arxeologiya, tarix, sharqshunoslik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va boshqa sohalardagi yutuqlari jahonga mashhur bo’ldi.

O’zbekiston akademik ilm-fani bor kuchini ilm-fanning ustuvor sohalarida fundamental asoslarni yartish, shuningdek, iqtisodiyotning quyidagi, respublikada jadal rivojlanib borayotgan hayotiy ahamiyatga ega tarmoqlarida mahalliy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish sohasiga qaratmoqda:

- mineral xomashyo resurslarini izlab topish, qazib olish va chiqindilarsiz va energotejamkor usulda qayta ishlash;

- energetika, shu jumladan, quyosh va boshqa qayta tiklanadigan energiya turlarini boshqaga aylantirish va ulardan foydalanish;

- materialshunoslik, nanotexnologiya, elektronika va informatika;

- seysmobarqaror qurilish va seysmodiagnostika;

- kimyo, farmatsevtika va bio-texnologiyalar;

- genetika, ekologiya va hayvonot hamda o’simlik dunyosi bioxilma-xilligini saqlab qolish;

- yuqori mahsuldor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi mashinasozligi;

- tibbiy diagnostika va boshqalar.

Fanlar akademiyasi tarix, arxeologiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, O’zbekiston xalqlari madaniy merosi, etnografiya sohalarida yangi bilimlarni o’rganish, olish va ulardan foydalanish ilmiy muammolari, shuningdek, muzey ishini rivojlantirish va boshqalarga katta ahamiyat qaratadi.

O’zbekiston mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasida o’tkazilgan islohotlarning real ko’lamini bir qator eng ahamiyatli yutuqlar orqali ko’rsatib o’tish mumkin.   

Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mamlakatimiz uchun ustuvor bo’lgan yo’nalishlarida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni faollashtirish va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan va uning tavsiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan ko’rsatmalar asosida Fanlar akademiyasida mustaqillik yillarida amaliyot taqozo etuvchi bir qator yangi turdagi ilmiy muassasalar tashkil etildi:

- Genetika instituti va uning bir qator bo’linmalari negizida 2012-yilda respublikada ilk bor Idoralararo genomika va bioinformatika ilmiy markazi tashkil etildi (O’zR FA, O’zR Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi va «O’zpaxtasanoat» OAJ). Markazning asosiy vazifasi: - qishloq xo’jaligi o’simliklari genomlari tuzilishini o’rganish (g’o’za, g’alla va b.), - samarali gen-injeneriya texnologiyalarini yaratish.

- ishlab chiqarishga zarur bo’lgan turli maqsadda ishlatish mumkin bo’lgan keramik, yuqori haroratli, olovbardosh va issiqqa chidamli material va ulardan yasaladigan mahsulot yaratish maqsadida «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fanlar akademiyasining Fizika texnika instituti va Katta quyosh pechi asosida tashkil topgan yangi Materialshunoslik instituti tarkibida;                                      

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi PQ 1929 raqamli qaroriga binoan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Fizika Quyosh” IICHB instituti bazasida yaratilgan Xalqaro quyosh eneergiyasi instituti. Ushbu xalqaro institutning vazifasi respublikada quyosh energetikasining rivojlanishini hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni ta’minlash, shu jumladan «O’zbekenergo» DAK bilan hamkorlikda quyosh elektrostantsiyalari, shuningdek, maishiy va sanoat maqsadlarida muqobil energetika qurilmalarining keng ko’lamini yaratish;

- yangi nozik texnologiyalarni yaratish va mahalliy ishlab chiqarish ehtiyojlari, shu jumladan, quyosh energetikasi uchun polikristall kremniy olishga qaratilgan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;

- Toshkent shahri va Qoraqalpog’istondagi Botanika bog’i, gerbariy va boshqalarni o’z ichiga oluvchi O’simlik va hayvonot olimi genofondi instituti, uning faoliyati ekologiya muammolarini yechish, O’zbekiston florasi va faunasi biologik xilma-xilligini saqlash va qayta tiklashga qaratilgan;                        

- Orolbo’yi hududi uchun birinchi darajali ahamiyatga ega ilmiy-texnik muammolarni ishlab chiqish maqsadida Fanlar akademiyasining Qoraqalpoq bo’limi ilmiy muassasalari qayta tashkil etilib, ularning asosida tabiiy va gumanitar fanlar bo’yicha ikkita yiriklashgan institut tashkil etildi va ularning mintaqaviy mavzulari shakllantirildi.

- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan uning 1997 yil 11 noyabrdagi PQ-1880  raqamli buyrug’i bilan yangi sifatda Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tashkil etildi. Fanlar akademiyasining mazkur mintaqaviy bo’limi olimlari Janubiy Xorazmning tarixi va ijtimoiy muammolarini o’rganishmoqda va mintaqa iqtisodiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan kimyoviy biologik tadqiqotlarni bajarishmoqda.

- Ilk bora xorijda ishlab chiqilgan zamonaviy yuqori tokli analitik priborlar bilan jihozlangan «Noyob ilmiy uskunadan jamoaviy foydalanish markazi” yaratildi, ularda Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari va respublikaning boshqa ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari kimyoviy biologik tadqiqotlarni olib boradilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Amir Temur va temuriylar davri tarixiy va madaniy merosi bo’yicha boy materialga ega Temuriylar tarixi muzeyi hamda mamlakatimiz tarixining murakkab davrlaridagi qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va Vatanimizning haqiqiy vatanparvarlarini tarbiyalashga qaratilgan Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining yaratilishi muhim ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyatga ega. 

Yuqori xalqaro darajadagi ilmiy natijalarni olish maqsadida so’nggi yillarda Fanlar akademiyasining bir qator yirik noyob ilmiy majmualari va ob’ektlari modernizatsiyalandi, zamonaviy apparatura, o’lchash, nazorat qilish va distantsion muloqot qilish vositalari bilan ta’minlandi:

- Astroiqlimiy tavsiflariga ko’ra noyob bo’lgan va ikki tomonlama hamkorlik asosida Xalqaro astronomik ittifoqning kollaboratsion dasturlarida faol qatnashadigan Maydanak astronomik yuqori tog’li rasadxonasi; 

- Yadro fizikasining yadro reaktori, unda ishlab bo’lgan yoqilg’i almashtirilib, bir qator eksportbop radiopreparatlarni chiqarish yildan yilga ortmoqda.                                                       

 So’nggi yillarda respublika investitsion dasturi doirasida bajarilgan loyihalar Fanlar akademiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi, shu jumladan:

- O’zR FA Seysmologiya instituti seysmostantsiyalarining milliy tarmog’ini rekonstruktsiya qilish va zamonaviy jihozlar, uzluksiz energiya ta’minoti va tezkor aloqa va axborot uzatish vositalari bilan ta’minlash;

- O’simlik moddalari institutida turli infeksiyalarga IFA-test tizimlarini ishlab chiqarishni yaratish bo’yicha ishlar, institutda olimlarning o’z ishlanmalari asosida import o’rnini bosuvchi OIV, sifilis, V va S gepatitlari IFA-test tizimlari seriyasini ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Fanlar akademiyasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng rivojlantirish va foydalanish, lokal va korporativ tarmoqlar yaratish, Akademiya va uning muassasalari uchun veb-sahifalar yaratish, shuningdek, elektron hujjat aylanishi, elektron aloqa vositalarini joriy etish, elektron xizmat ko’rsatish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shu tariqa, Akademiyaning ahamiyatli yutuqlaridan biri shundaki, so’nggi yillarda Akademiya institutlarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi va modernizatsiyalandi, Akademiyaning noyob ilmiy majmua va ob’ektlari moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlandi va zamonaviy qimmatbaho analitik jihozlar va xorijda ishlab chiqilgan ilmiy qurilmalar parki shakllantirildi. Bu qurilmalar ham davlat tomonidan taqdim etilgan maqsadli valyuta mablag’lari, ham xalqaro fondlar, dasturlar va qator mamlakatlarning hamkorlik tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan tanlovlar bo’yicha bajariladigan bir qator ilmiy investitsiyaviy loyihalar hisobiga xarid qilindi.

Yangi bilimlarni olish uchun zarur yaratilgan salohiyat, oshib borayotgan texnik imkoniyatlar va yetakchi ilmiy maktablar tomonidan ishlab chiqiladigan ustuvor ilmiy yo’nalishlarni davlat tomonidan moliyalashtirish Fanlar akademiyasi olimlariga so’nggi yillarda jahon ahamiyatiga molik bir qator muhim fundamental ilmiy natijalarni olish imkonini berdi.

- O’zbekiston astronomiyasi tarixida ilk bor koinotdagi yangi kichik sayyora topildi. O’rta asrlar Samarqand astronomiya maktabiga hurmat sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taklifi bilan unga “Samarqand” nomi berildi;                                            

- Mamlakatimiz paxtachiligidagi yirik ilmiy muvaffaqiyat - gen-nokaut texnologiyasi yordamida g’o’zaning tezpishar va sho’rga chidamli, rivojlangan ildiz tizimiga ega, yuqori hosildor va tolasi sifatli noyob transgen navini yaratish bo’ldi.

- Mahalliy o’simlik xomashyosi asosida 30 dan ortiq yangi noyob mahalliy dori vositalari yaratildi va ularni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.  

-  Katta quyosh pechida yuqori kontsentratsiyalangan quyosh nuridan foydalanib yuqori o’tkazuvchanlik holatiga o’tishning yuqori haroratiga ega materiallar olindi.

- Akademiya olimlari qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, gelio-materialshunoslik va priborsozlik sohalarida katta yutuqlarga erishdiki, bu yaqinda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Quyosh energiyasi bo’yicha Osiyo forumi oltinchi yig’ilishi ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.  

- Yadro bo’linishi nazariyasi, shu jumladan magniy izotopi hosil bo’ladigan uran yadrosining uch kaskadli bo’linishi nazariyasi rivojlandi.

- almashishning yarim o’tkazgichli uzluksiz qattiq eritmalarining yangi sinfining mavjudligi haqidagi kontseptsiya, shuningdek, molekulalar yoki ikkinchi komponentli klasterlar bilan almashtirish hisobiga yangi qattiq eritmalarning hosil bo’lishi mumkinligi asoslandi.

-  supramolekulyar kimyodagi yangi hodisa – klatratlar polimorf modifikatsiyasi tuzilishining ularning hosil bo’lishiga bog’liqligi kashf etildi.        

- mintaqaviy seysmik va konstruktsion xususiyatlarini hisobga oluvchi bino va inshootlar seysmobarqarorligi dinamik nazariyasi yaratildi.

- yer qimirlashlar tayyorlanish jarayonlarining 4 bosqichli geofizik modeli asoslandi va O’zbekiston hududini seysmik tumanlashtirish amalga oshirildi. 

-  metal konlarini maqsadli qidirish imkonini beradigan geologiyadagi yangi yo’nalish – statistik metallogeniya asoslari yaratildi.

- «Shprin­ger» (London) nashriyoti tomonidan ingliz tilida 10 jildli “Tabiiy birikmalar” noyob ilmiy amaliy Ma’lumotnomasi tayyorlandi va nashr etildi. 

- Ikki jildli O’zbekiston Qizil kitobi (flora va fauna) tayyorlandi va qayta nashr qilindi.

- Qadimshunoslar zamonaviy O’zbekiston hududida qadimgi madaniyat o’choqlari mavjudligi to’g’risida guvohlik beradigan buyuk kashfiyotlar (Obirahmat g’ori) qildilar va shu bilan Markaziy Osiyo hududi insoniyatning ilk rivojlanishida tarixiy ahamiyatiga ko’ra Mesopotamiya, Bobil, Qadimgi Misr va Xitoy kabi hududlar bilan teng mavqega ega.

- Tarixchilar O’zbekiston hududida davlatchilik rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlarini ishonchli aniqladilar va tavsifladilar. Bu o’zbek davlatchiligi asoslarini ko’rsatish, urbanizatsiyaning asosiy davrlari, qadimgi shaharlarning paydo bo’lish sanalari aniqlashtirish va tizimlashtirish, davlatchilik elementlari va asoslarini shakllantirishda shahar asoschilari, olim va ma’rifatparvarlarning hissasini belgilash imkoniyatini berdi.

- Tilshunoslar o’zbek tili rivojlanishi va unga davlat tili maqomining berilishiga katta xissa qo’shdilar, shuningdek, bir qator mavzuiy lug’atlar, shu jumladan, besh jildli “O’zbek tilining izohli lug’ati”ni chop etdilar. 

- Adabiyotshunoslar adabiy ijod rivojlanishining tarixiy va zamonaviy jabhalarini ishlab chiqdilar, butun jahonga mashhur o’zbek yozuvchilari Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning ko’p jildli asarlar to’plami, shuningdek, Xorazm xattotlik maktabining boy tarixi haqida guvohlik beruvchi “Xorazm Ma’mun akademiyasining noyob qo’lyozmalari” va boshqa qator asarlarni nashrga tayyorladilar va chop ettirdilar.                                                                    

- Kataloglashtirish amalga oshirilib, 2012-yilda YUNESKO granti bo’yicha O’zbekistonning noyob qo’lyozmalari madaniy tarixiy merosi katalogi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining sharq qo’lyozmalari xazinasi” nashr etildi.

- San’atshunoslar Movaraunnahr, va umuman Markaziy Osiyo me’morchiligining shakllanish, rivojlanish bosqchilari va taraqqiyot sabablarini aniqlab, qadimgi O’zbekiston badiiy madaniyati shakllanishi va rivojlanishini 4 bosqichda davriylashtirishni asoslab berdilar.

 Hurmatli hamkasblar! Fanlar akademiyasi olimlarini qadimdan mamlakat iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari sanoat tashkilotlari bilan birgalikdagi faoliyati birlashtirib turadi.

Masalan, so’nggi yillarda Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari tomonidan bajariladigan innovatsion loyihalar miqdori 6 martadan ziyodga oshdi, ularning aksariyat qismi qo’shma va idoralararo maqomga ega. Bu olimlarga mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari uchun zarur bo’lgan bir qator samarali mahalliy innovatsion texnologiyalarni yaratish imkonini berdi:

- 35 dan ziyod yuqori mahsuldor g’o’za navlari (FA seriyasi, «Shodlik» seriyasi, «Mehnat», «Ishonch», «Beshqahramon», «Ko’paysin» navlari va h.).

- Qishloq xo’jaligi mashinalari va paxta terish texnikasi, shu jumladan, sanoat tomnidan o’zlashtirilgan va hosilni yig’ish samaradorligini oshiradigan, g’o’za tuplariga ko’p marta ishlov berish imkonini beradigan modernizatsiyalashgan paxta terish apparati.                   

- Mahalliy xomashyo asosida yuqori samarali o’g’itlarni olishning yangi texnologiyalari, ular mineral o’g’itlar sanoati tomonidan keng o’zlashtirilib, katta miqdorda eksport qilinadi.

- g’o’zaning ekishga mo’ljallangan urug’larini tayyorlash, qishloq xo’jaligi o’simliklarininsh o’sish xususiyatlarini mustahkamlash, paxtani mashinada terishdan oldin defoliatsiya o’tkazish va ekin zararkunandalari bilan kurashish uchun feromon tuzoqlar uchun kimyoviy preparatlar, ular bilan respublikamizning butun g’o’zachilik sohasi ta’minlangan.  

- Samarali yadro texnologiyalari, ular asosida bir qator mahalliy radiopreparatlar, shuningdek, zargarlik sanoati uchun radiatsion bo’yalgan tabiiy kristallarni ishlab chiqarish va eksport qilish yo’lga qo’yildi.   

- Katta quyosh pechida keramik olovbardosh va issiqqa chidamli material va ishlab chiqarish uchun ulardan olinadigan mahsulotlarni olishning yuqori haroratli texnologiyalari, shu jumladan, neftь-gaz sanoati mahsulotlarini nozik tozalash uchun keramik filьtropatronlar.

- turli –  0,5 dan 5 kVt gacha quvvatdagi kombinatsiyalangan Stirling dvigatellari (Dvigatellarni AQSHda ishlab chiqarish uchun litsenziya sotildi).                      

- Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda yaratilgan neft va gaz kondensati asosida «Djet A-1» yuqori markali aviatsion yonilg’isini olish texnologiyasi, ushbu zavodda Boing, Aerbas, RG turkumidagi zamonaviy laynerlar uchun yonilg’ining sanoat turini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi

 va boshqalar.

 Fanlar akademiyasining faoliyatini tavsiflaydigan so’nggi yillardagi asosiy ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi.                                             

Ilmiy kadrlarni yiliga tayyorlash:

            - 15 - 20 ta fan doktori

            - 45 - 50 ta fan nomzodi

        Olimlarning har yilgi ilmiy ishlari:

20 ta ilmiy jurnal, shu jumladan 2 ta xalqaro –

 «Geliotexnika», «Tabiiy birikmalar kimyosi» va ilmiy-ommabop   «Fan va turmush» jurnali



chop etiladi. 

     -  2000 dan ortiq ilmiy ishlar va maqolalar, ulardan 35% i xalqaro nashrlarda,

      shu jumladan, 25 dan ortiq monografiya, 12 ta konferentsiya materiallari, 15 ta darslik va qo’llanmalar;

   -  2200 dan ortiq konferentsiya ma’ruzalari to’plamlari;

   -  70 dan ortiq kashfiyotga arizalar

chop etiladi:.

2007-2013-yillarda Fanlar akademiyasining 8 nafar olimi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.

       So’nggi yillarda ilmiy mahsulot eksporti hajmi keskin (2,5martadan ziyod) oshdi.

Shu jumladan 2006-2013-yillarda muhim mahsulot - bio va dori vositalari eksport hajmi – 9,0 mln. AQSH dollaridan ortiqni tashkil etdi.

-  radioizotoplar –20 mln. AQSH dollaridan ortiq.

Fan va sanoat integratsiyasi mustahkamlandi uning yangi shakllari rivojlandi

           - 162 ta eng muhim innovatsion investitsion ishlanmalarni o’z ichiga olgan «O’zR FA yuqori texnologiyalari banki»;

- 17 ta ustuvor ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish kontseptsiyasi nashr etildi.

 -  6 ta respublika innovatsiya yarmarkalarida 54,0 mlrd. so’mlik 660 ta shartnoma va kelishuvlar tuzildi: 

        - har yili «O’zbekneftgaz» NKK, «O’zfarmsanoat» DAK, «O’zkimyosanoat» DAK, «O’zbekenergo» DAK, NTMK, OTMK, «O’zbekistonhavoyo’llari» MAK, O’zR Suv va qishloq xo’jaligi vazirligi viloyat boshqarmasida 20 dan ortiq yangi ishlanmalar joriy qilinmoqda.  

     Byudjetdan tashqari va byudjet mablag’lari ulushi:

            - 50% (kontraktlar); - 30% (xorijiy grantlar)ni tashkil etadi.                        

 Fanlar akademiyasi fan va ta’lim integratsiyasini izchil davom ettirmoqda, ilmiy muassasalarning oliy o’quv yurtlari bilan aloqa shakllari va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yosh ilmiy avlod va mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirib bormoqda.


Bu sohada Akademiya quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirdi:     

- O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2011-yil 26-oktyabrdagi PF-1631 raqamli qaroriga asosan Kembrij universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Yuqori texnologiyalar markazi tashkil etildi. Markazning vazifasi istiqbolli innovatsion texnologiyalarni transfer qilish va tijoratlashtirish va ilmiy-innovatsion faoliyat sohasida mutaxassislarni chuqur tayyorlash hisoblanadi. Innovatsion mavzular va Markazning beshta laboratoriya shtati O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasi tomonidan shakllantirildi, hozirgi kunda Markaz zamonaviy analitik qurilmalar bilan ta’minlanmoqda;

- Ilmiy muassasalar qoshida oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikdagi 26 ta ilmiy o’quv markazlari va qo’shma sohaviy kafedralar yaratildiki, ular mamlakat uchun ustuvor mutaxassisliklar bo’yicha magistr va bakalavrlarni tayyorlamoqdalar; ular bazasida bakalavriat va magistratura talabalari nafaqat olimlarning so’nggi ishlanmalari bilan tanishish, balki ularda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar;

- Samarqand, Andijon, Toshkent pedagogika va O’zbekiston Milliy universitetlari uchun modernizatsiyalangan professional teleskoplar bilan jihozlangan to’rtta ilmiy ta’limiy rasadxonalar yaratildi, ularda astronomiya va astrofizika sohalari bo’yicha mutaxassilar tayyorlanmoqda;

- oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda doktorlik dissertatsiyalari bo’yicha ilmiy kengashlar shakllantirildi va fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarini tayyorlash tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasi yangilanish yo’lini bosib o’tishga muvaffaq bo’ldi va xalqaro e’tirofga sazovor bo’lib sezilarli yutuqlarga erisha oldi. Teng huquqli va o’zaro manfaatdor asosda Fanlar akademiyasi muassasalarining to’g’ridan-to’g’ri aloqalari va yirik jahon ilmiy markazlari va universitetlari bilan qo’shma tadqiqotlari ancha kengaydi, natijada jahon bilimi xazinasiga kirgan yangi ustuvor ilmiy natijalar olindi.

 Fanlar akademiyasining xalqaro hamkorligi borasida ham yangi imkoniyat va istiqbollar ochildi.

Ko’plab davlatlar fanlar akademiyalari bilan hamkorlik to’g’risidagi to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar, ilmiy muassasalar o’rtasida kelishuvlar imzolana boshladiki, bizning olimlarimizning ilmiy tanlovlarda ishtirok etishi va xalqaro ilmiy fondlar va xorijiy tashkilotlar dasturlari bo’yicha xorijiy tadqiqotchilar bilan qo’shma loyihalarni bajarishda, shuningdek, Akademiyaning xalqaro ilmiy ittifoqlar hamda assotsiatsiyalarga kirishida o’z ifodasini topdi. Undan tashqari, yosh olimlarning yetakchi ilmiy markaz va universitetlarda stajirovka o’tish va o’qish, ularda dissertatsion tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, bizning olimlarimizning yirik xalqaro ilmiy forum va konferentsiyalarda ishtirok etish imkoniyatlari oshdi.  



Xalqaro hamkorlik Fanlar akademiyasi tomonidan quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda.                                                                  

- xorijiy fanlar akademiyalari va ilmiy tashkilotlar bilan 16 ta shartnoma:       

- ITI larning va xorijiy ilmiy markazlar, universitetlar va boshqalar bilan hamkorlik to’g’risidagi 45 ta ikki tomonlama shartnoma tuzildi.

- xorijiy grantlar bo’yicha 140 dan ortiq ilmiy loyiha;

- 10 ta yirik xalqaro va ikki tomonlama dasturlar bajarildi.      

- 200  dan ziyod olimlar (ilmiy markaz, xalqaro konferentsiyaga)safarga jo’natildi.  

    Fanlar akademiyasi tomonidan so’nggi yillarda 150 dan ortiq mavzuiy xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalari, shu jumladan, O’zbekistondagi qadimiy shaharlar (Samarqand, Termiz, Toshkent, Marg’ilon, Qarshi), mashhur davlat arboblari va o’rta asr olimlari (Amir Temur, Mirzo Ulug’bek va h.k..)ning yubiley sanalari, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, Avestoning 2700 yilligiga bag’ishlangan yirik xalqaro forumlarni o’tkazdi.

Xalqaro astronomik ittifoq tomnidan «Maydanak» rasadxonasining yorqin yutuqlari uchun yapon olimlari tomonidan koinotda kashf etilgan kichik sayyora – 22948 raqamli asteroidga «Maydanak» nomining berilishi akademik fanning xalqaro miqyosdagi obro’sini yana bir karra isbotlaydi.

 Hurmatli konferentsiya ishtirokchilari! Ilm-fan xalqimiz, fuqarolarimiz, kelgusi avlodga beminnat xizmat qilgan, xizmat qilmoqda va xizmat qilishda davom etishi kerak, aynan shu sababli unga respublikamiz miqyosida ehtiyoj seziladi.

Bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ma’rifiy rivojlanishi, shuningdek, olimning jamiyatdagi ijtimoiy va tarbiyaviy rolini oshirish uchun akademik fan vazifalari avvalambor quyidagilar zarurati va ularga intilish bilan belgilanadi:

- to’plangan intellektual va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanish va rivojlantirish, ko’p profilli va fanlararo ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish;

- tadqiqotlar darajasi va sifati, mamlakatmiz ilm-fani zarurati va raqobatbardoshligini oshirish, uning natijalarini sohalarni ilmiy qo’llab-quvvatlash tegishli istiqbolli ko’rinishga keltirish va mamlaktadagi demografik vaziyat va aholining o’sishini hisobga olib ishlab chiqarishga aylantirish;

- akademik fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali mexanizmlari, shuningdek, ilm-fanning o’zida konvergentsiya tamoyillarini rivojlantirish. Ya’ni turli fan va texnologiyalarning o’zaro kirishishi va bir-birini to’ldirishini ta’minlash, iqtisodiyot talablari va xalqaro hamkorlik ustuvorliklari asosida olimlarning keng kollaboratsiyasi uchun kuchlarni birlashtirish, tanlov respublika va xalqaro loyihalar darajasini oshirish;

- ilmiy tadqiqotlar va olimlar avlodi vorisiyligini ta’minlash, intellektual kuchlarni asosiy ustuvor jihatlarga jamlash, kengaytirilgan, sifatli va zamonaviy talablarga mos keladigan tayyorlovni amalga oshirish, iqtidorli yosh olimlardan ijobiy foydalanish va ularni har tomonlama qo’llab quvvatalash;

- ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni tashkiliy, huquqiy, moliyaviy, kadrlar bilan, moddiy texnik va axborot bilan ta’minlash shakllarini takomillashtirish.

           SHu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining keyingi iqtisodiy taraqqiyoti, shuningdek, globallashuv jarayonlari va sohalararo va tarmoqusti ilmiy-texnologik yo’nalishlarni yaratishga o’tish Fanlar akademiyasi oldiga yangi va yangi vazifalarni qo’ymoqda. O’zbekiston ilm- fanining kelgusi istiqbolidagi muvaffaqiyati Fanlar akademiyasi olimlarining mana shu vazifalarga o’z vaqtida javob berish, rivojlanishning yangi shakllarini taklif etish qobiliyatiga ko’p jihatdan bog’liq. Akademik fanni takomillashtirish, uni tashkil etishga yangi vosita va yondashuvlarni kiritish lozim. Va aynan shu yerda Fanlar akademiyasining yetakchilik roli namoyon bo’lishi lozim.

Ko’p asrlar mobaynida O’zbekistonda avloddan avlodga ilmiy bilimlar o’tib keladi va ko’payib boradi. O’zbek yerining qadimgi madaniyat, ilm-fan va madaniyati dunyoga al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, al Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqalar singari ko’plab yirik olim, yorqin iste’dod sohiblari va mutafakkirlarni taqdim etdi.

Mamlakat olimlarining zamonaviy avlodi jahon ilm fanining ulug’ olimlari, shuningdek, O’zbekiston Fanlar akademiyasining boshqa yorqin namoyandalari ismlarini minnatdorchilik bilan eslaydi. Bugun mana shu tarixiy misollarga tayanib Akademiya olimlari O’zbekiston ilm-fanining yanada rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratmoqdaki, bu so’zsiz jahon axamiyatiga ega yangi yutuqlar – ilm fanning eng ustuvor yo’nalishlari bo’yicha yorqin kashfiyotlar va natijalar berishi aniq.

Bularning barchasi mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-texnik, mudofaa quvvatini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini oshirishning muhim omili bo’ilb qolmog’i lozim. Bu maqsadga erishish biz, Fanlar akademiyasi olimlaridan respublika akademik fani salohiyatini mustahkamlash, Akademiya jamolari tomonidan o’tkaziladigan tadqiqotlar darajasini sezilarli ravishda oshirish, bunda iqtidorli yosh olimlarning faol ishtirokini ta’minlash borasida katta mehnat talab etadi.

 Imkoniyatdan foydalanib, konferentsiya ishtirokchilariga O’zbekiston Fanlar akademiyasiga 70 yillik yubiley munosabati bilan qardosh fanlar akademiyalari, nufuzli ilmiy tashkilotlar va qator xorijiy davlatlarning mashhur olimlari tomonidan ko’plab samimiy tabriklar yo’llanganligini ma’lum qilaman, biz ularga ko’p yillik samarali hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildirib qolamiz.

 So’zim oxirida Fanlar akademiyasi Hay’ati nomidan Fanlar akademiyasining barcha olimlari va xodimlarini muhim sana 70 yillik yubiley bilan tabriylayman.

Barchamizga O’zbekiston xalqi uchun respublikamiz ilm-fanining yanada yuksalishi yo’lida yangi ijodiy yutuqlar tilayman!

 

E’tiboringiz uchun rahmat


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti SH.I. Salixovning «Fizikaning fundamental va amaliy masalalari» respublika konferentsiyasidagi

CHIQISHI

 

Hurmatli ilmiy konferentsiya ishtirokchilari!



Hurmatli hamkasblar!

 

2014-yil 7-noyabrda mamlakatimizdagi mashhur olim, fizik, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sodiq Azimovich Azimov tavalludiga 100 yil to’ladi.



Akademik Azimov S.A. O’zbekiston ilm-fanining yorqin namoyandalari, asoschilari va dastlabki vakillari avlodiga mansub. U o’zining ilmiy ishlari bilan fizika fanini boyitdi va o’zi tomonidan yaratilgan ilmiy maktablar va ko’plab shogirdlar, quyidagi ustuvor ilmiy yo’nalishlardagi nufuzli olimlar va yuqori malakali mutaxassislar shaklida katta meros qoldirdi:

- yadro fizikasi va yuqori energiyalar fizikasi,

- qattiq jismlar va yarimo’tkazgichlar fizikasi,

- geliomaterialshunoslik va quyosh energiyasidan foydalanish.

U olim, bir qator yirik noyob ilmiy majmualar va kuchli eksperimental qurilmalarni loyihalashtirish va qurish ixtirochisi, tashabbuskori va faol ishtirokchisi edi.

Sodiq Azimovich tadqiqot yadro reaktori va yuqori aniq yadro fizikasi qurilmalari majmuiga ega, Markaziy Osiyodagi birinchi Yadro fizikasi instituti asochilaridan biri va direktori (1962 – 1966-yillar) bo’lgan.

Yuqori haroratli materialshunoslik sohasida akademik Azimov S.A. nomi bilan bog’liq eng muxim voqea 1987-yilda Parkentda noyob ilmiy eksperimental majmua - quvvati 1000 kVt ga teng va yirik optik energetik qurilma ko’rinishidagi Katta quyosh pechi (KQP) ning qurilishi va ishga tushirilishi bo’ldi. KQP yangi yuqori haroratli materiallarni sintez qilish bo’yicha maxsus texnologik liniya bilan jihozlangan edi. Fiziko-texnika instituti va Katta quyosh pechi noyob majmuasi bazasida O’zbekiston Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» IICHB yaratildi, uning tarkibida geliomaterialshunoslikning fundamental va amaliy masalalarini yechish uchun 1993 yilda Materialshunoslik instituti tashkil etildi.

Sodiq Azimovichning katta ijodiy yo’li SSSR Fanlar akademiyasi P.N.Lebedev nomidagi Fizika institutida akademik V.I.Veksler rahbarligida aspiranturani o’tash vaqtida, 1945-yilda Moskva shahrida boshlandi. 1948-yilda S.A.Azimov Moskvada Fizika institutining ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyasini, 1955-yilda esa – doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1954-yilda Toshkent davlat universiteti, hozirgi O’zbekiston Milliy universitetida yangi Yadro fizikasi va kosmik nurlar kafedrasi ochilib, eksperimental jihozlar bilan jihozlandiki, unda O’zbekistonning ko’plab ilmiy-tadqiqot institut va universitetlarida mehnat qilayotgan respublika yadro-fiziklarining bir nechta avlodi tarbiyalandi. 1956-yilda mazkur kafedra qoshida muammoli laboratoriya yaratilib, uning negizida ToshDU amaliy fizikasi Ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

 Akademik Azimov S.A. rahbarligida yarimo’tkazgichlar fizikasi sohasidagi tadqiqotlarda ham sezilarli yutuqlarga erishildi. Polikristall kremniy olish texnologiyasi bo’yicha ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 1966-yilda Chirchiqdagi «Elektrkimyosanoat» kombinati bazasida yuqori sof kremniy olish imkonini berdi. Kelgusida yarimo’tkazgichli materiallarni qo’llashga asoslangan amaliy ishlanmalar o’z rivojini topdi.

Fizika-texnika institutida Azimov S.A. rahbarligida geliotexnika va geliomaterialshunoslik sohalaridagi tadqiqotlar katta shuhrat qozondi. Olimlar tomonidan bir qator amaliy ahamiyatga ega gelioqurilmalar, turli texnik va maishiy maqsadda ishlatiladigan avtonom quyosh ta’minoti manbalari yaratildi. So’nggi yillarda S.A.Azimov shogirdlari tomonidan «Fizika-Quyosh» IICHBda Katta quyosh pechi va kichik geliopechlarning noyob xususiyatlaridan foydalanib yuqori haroratli keramikaning yangi turlari, olovbardosh materiallarni ishlab chiqish ustuvor ishlanmalari amalga oshirilib, ulardan turli maqsadlardagi mahsulotlar olindi, shuningdek, yuqori o’tkazish holatiga o’tishning harorati yuqori bo’lgan ko’p komponentli yuqori o’tkazuvchan materiallar yaratildi.  

            Respublika olimlarining mana shu dolzarb ilmiy yo’nalishlardagi natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli jabhalarida o’z aksini topmoqda va xorijda ham ko’pchilikka ma’lum.

            Umrining so’nggi kunlarigacha akademik S.A.Azimov yuqori mahsuldor olim va ilm-fan tashkilotchisi bo’lib qoldi, «Fizika-Quyosh» IICHB ning bosh direktori, 10 yildan ziyod xalqaro «Geliotexnika» jurnalining bosh muharriri bo’lgan.

O’zining ko’p yillik faoliyati davomida Sodiq Azimovich bir qator fiziklar avlodini tarbiyaladi, 700 dan ortiq ilmiy ish va kashfiyotlarni nashr qildi. U O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi faxriy unvoniga sazovor bo’lgan, shuningdek, A.R.Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, ko’plab yuqori darajali davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2002-yilning 23-avgustida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan ilm-fanga qo’shgan beqiyos hissasi va qoldirgan ulkan ilmiy-ijodiy merosi uchun Sodiq Azimov o’limidan so’ng «Buyuk xizmatlari uchun» faxriy davlat ordeni bilan mukofotlandi. 1991-yilda Azimov Sodiq Azimovich nomi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» IICHBga berildi.

Bugungi kunda S.A.Azimov izdoshlari va shogirdlari olim tomonidan boshlangan, ammo tirikligida o’zi amalga oshirishga ulgurmagan ishlanmalari va ijodiy rejalarini ro’yobga chiqarmoqdalar, shuningdek u asos solgan ilmiy yo’nalishlarni daom ettirmoqdalar.

Bugun o’tayotgan konferentsiya respublika olimlarimizning fizika fanining ustuvor yo’nalishlaridagi so’nggi yutuqlarini xulosalamoqda.

Respublika konferentsiyasining barcha ishtirokchilariga mamlakatimiz ilm-fanining rivojlanishi, sog’liq va farovonlik yo’lida mahsuldor mehnat, yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolaman.



 E’tiboringiz uchun raxmat.
Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish