Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
112
intilarding. Shunday bo‘lib chiqdiki, ulkan reja, kirdikor mo‘ljallangan, bu hech ham xomxayolik emas 
ekan, sen shug‘ullanayotgan kori-amal endi xo‘jayinlarning erkatoyi bo‘lmish tadqiqotchining ilmiy 
mashqlarigina emas edi. MKga kelganingdan keyin bunga amin bo‘lding.
Bu safar eshik oldida seni Konyuxanovning kotibi kutib oldi va maxsus liftda barcha nazorat 
postlarining yonidan o‘tib, yettinchi qavatiga olib chiqdi. Konyuxanov seni kutib turgan edi. U eshikni 
o‘zi ochib, seni kabinetiga taklif qildi.
— Andrey Andreevich, sizni ko‘rganimdan xursandman! – U ko‘zoynagini yaltiratib salomlashdi sen 
bilan. Uning iltifotida soxtalik sezilmasdi. – Biz siz bilan tez-tez ko‘rishib ham turolmaymiz. Keling, biroz 
gaplashaylik, yuragimizni bo‘shataylik. Sizni kutib o‘tiribman, buning uchun har kungi yumushlarni bir 
chekkaga surib qo‘ydim, qurib ketsin bu ishlar! ha, siz haqsiz, har holda tez-tez muloqot qilib turgan 
ma’qul, Andrey Andreevich. Lekin hammasiga vaqt kerak, vaqt, vaqt! Marhamat. — Va kotibani 
ogohlantirdi: — Hech kim bezovta qilmasin. Men yo‘qman.
Bu pisanda uchrashuv favqulodda ahamiyatga ega ekanligini bildirar edi. Oqibatda xuddi shunday 
bo‘lib ham chiqdi.
Konyuxanov o‘zini tuta bilar, suhbatdoshini o‘ziga rom qila olar edi. Odobli edi, andisha bilan quloq 
solar, o‘ylab gapirar edi. Taomili bilan kiyingan edi: sipo kostyum, shu rangdagi galstuk, sifatli poyabzal. 
Ovqatni ko‘p yemasa, suyuqni ko‘p ichmasa, qaddi-qomatiga ahamiyat bersa kerak. Favqulodda yaltiroq 
ko‘zoynagi uning turmush lazzatlaridan voz kechgan kishilarnikiga o‘xshash cho‘zinchoq yuziga yarashib 
tushgan edi. «Takaning soqolini yopishtirib qo‘ysa, Dzerjinskiyning o‘zi bo‘ladi-qoladi», deb o‘ylagansan 
sen o‘shanda nima uchundir.
MKning bu kotibi haqida fikr yomon emas edi, aksincha, ko‘plar uni keng fikrlaydigan odam deb 
hisoblardi. Siyosiy byuro a’zolari orasida u eng yoshlaridan biri edi. U ellikka yaqinlashib qolgan va eng 
ishchan kotib deb tan olinar edi. Diplomatiya sohasida martabaga erishdi, bizlar uchun siyosiy jihatdan 
ayricha ahamiyatli bo‘lgan mamlakatlarda bag‘oyat puxtalik bilan, aniq maqsadni ko‘zlab ish ko‘rardi. 
Shimoliy Koreyada, Vetnamda, Kubada va Xitoyda maslahatchi, so‘ngra elchi bo‘ldi, uning xizmatlari 
yuksak baholandi va o‘sha yerdan, o‘sha qaynoq chiziqdan mas’ul ishga ko‘tarishdi, shuni aytish kerakki, 
umumiy fikrga qaraganda, juda munosib va odilona ish bo‘lgan. Keyinroq esa, xalqaro Olimpga – BMTga 
Doimiy vakil bo‘lib jo‘nab ketishdan sal oldin – Konyuxanov birdan partiya organlariga, ularning oliy 
pog‘onalariga ishga olindi va shundan buyon xalqaro kommunistik harakatlar sohasida barcha 
mafkuraviy va tashqi siyosiy ishlarni boshqaradi.
Sen Konyuxanovni bilar eding va mana, kezi kelib uni boshqacharoq nuqtai nazardan ko‘ryapsan.
Umumiy gaplardan keyin, muddaoga ko‘chishdan oldin u qistirib qo‘ydi – Andrey Andreevich, gapni 
uzoqroqdan boshlayman. Meni to‘g‘ri tushunsangiz kerak, demoqchimanki, insoniyatning tarixi bir 
lahzada, aytaylik, kimningdir miyasiga qandaydir fikr yashin yanglig‘ kelib qolganda voqe bo‘ladi. 
Ma’lumki, hayotda hamma narsa muayyan vaqtgacha tadrijiy rivojlanadi. Lekin ba’zan birdan, aytish 
mumkinki, inqilobiy vaziyat paydo bo‘ladi, kolliziya ro‘y beradiki, qandaydir g‘oya chindan ham hamma 
narsani birvarakayiga ag‘dar-to‘ntar qila oladi. Va hozir xuddi ana shunday paytdir. Faqat, xudo haqqi, 
bu g‘oyaning muallifi kaminai kamtarin deb o‘ylamang. Men bu o‘rinda bor-yo‘g‘i galaga qo‘shilib 
uchadigan qushday boshqalarga hamrohman, xolos.
— Unda men qanaqa qushman? — suhbatdoshning nima demoqchi ekanligini tushinib olishga 
harakat qilib luqma tashlading sen o‘zingni tutolmay.
— Ozgina sabr qiling. Bu shunchaki, gapning xamirturishi, muqaddimasi, bo‘lmasa, ishning 
mohiyatiga yaqinlashish amrimahol. Demak, muqaddimani davom ettiraman. Men nazarda tutgan narsa 
– inqilobiy xarakterdagi tarixiy qadam. Unda Frantsiya inqilobining uchquni, bizning Oktyabr 
inqilobimizning yolqini mujassam, men shunday deb bilaman. Bu tafakkurning mutlaq erkinligi, siyqasi 
chiqqan zamonlar Aflotun nazarda tutgan fikrning o‘zginasidir: g‘oyaning moddaga ta’siri va moddaning 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish