Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
108
ishlaring bundan buyon mutlaqo maxfiy hisoblanadi, “Sening qimmatli tadqiqotlaring haqida ochiq 
matbuotda, ayniqsa chet ellarda hech narsa bo-silmasligi kerak, o‘shanda ham sen bu gaplarga 
ahamiyat ber-mading. Holbuki, o‘shanda sening qo‘ltig‘ingga birinchi bor qo‘l solib ko‘rishgan edi. 
Keyingi buyurtmachilar sendan o‘z-lari uchun tayyor malay yasab oldilar. Sen uchun esa boshqa narsa 
– «ish qilish, fanni oldinga siljishi» muhim edi.
Tan olish kerakki, sen biologiya jahannamida Mefistofel eding. Bosiq aql, o‘tkir mushohada – sen 
olimning hammadan ko‘ra ham ana shu sifatlarini yuqori qo‘yar eding. Sen o‘z roling uchun vaj 
qidirmading, ana shu la’nati yo‘lda shu qadar katta kuch-quvvat sarflashga seni nima majbur etganini 
tushunib yetishga harakat ham qilmading. Tashlandiq bolaning eng avvalo, asrning hech kim oldiga 
tusha olmaydigan dahosi bo‘lish istagida ekanini kim bilibdi deysiz? Sen ilmiy muammolarga butun 
borlig‘ing bilan sho‘ng‘ib ketib, o‘zing sezmagan holda yaxshilik va yomonlikning, ezgulik va yovuzlikning 
narigi qirg‘og‘iga o‘tib qolding, odamlarni qiynab kelgan masala – o‘zlari yaratgan va o‘zlari 
cho‘qinadigan amri axloqlarini butunlay mensimay qo‘yding. Hayotning mazmun-mundarijasini anglab 
olish uchun asrlar bo‘yi sarson-sargardon yurgan odamlarni nazar-pisand qilmading, sening bundan 
boshqa ishtiyoqlaring ham oshib-toshib yotar edi. Buyuk faylasuf, sening vatandoshing, zamondoshing 
Losevning gaplarini payt topib o‘zingdan nariroqqa surib qo‘yding, holbuki olim insoniyat tarixida 
fanning roli haqida mulohaza yuritar ekan, go‘yo ataylab sening uchun dolzarb fikr bildirgan. Darvoqe, 
Losev jamiyat va madaniyatning cheksiz taraqqiy etishi to‘g‘risida yangi yevropacha ta’limotning 
nigilizmi borasida so‘z yuritar ekan, bunday degan edi: yevropacha paradigmaga ko‘ra, har qanday davr 
o‘z oldiga umuman mazmunsiz bo‘lgan holda, boshqa davr uchun tayyorgarlik va o‘g‘it, bundan keyingi 
har qanday davr ham o‘z holicha mazmun-mundarijasiz bo‘lgani holda boshqa bir davr uchun, shu bilan 
birga kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha davrlar uchun oziq va zamindir, xolos; maqsad esa 
har doim va muqarrar suratda cheksiz zamonlar sari tobora uzoqlashaveradi; shunday qilib, yangi-yangi 
jannatlar va’da qilganlarning haq ekanligini hamisha tasdiqlaydi. Sen bo‘lsang Losevning ana shu teran 
fikrini o‘zingga erkinlik yaratmoq, javobgarlikni avlodlar zimmasiga yuklamoq uchun o‘z intilishingga 
moslab sharhlading. Sen o‘zingni mening vazifam «fanni rivojlantirish», kashfiyotlar qilishdan iborat, bu 
kashfiyotlarning natijalari nima bo‘ladi – buni boshqalar hal qilsin deb ishontirding. Sening ishing – 
inkubator bachadonda homila yetishtirish edi; sun’iy yetishtirilgan odamlarning taqdiri nima bo‘ladi, 
buning senga daxli yo‘q edi.
Hozirgi kudalik hayotda «Bu bizning muammolarimiz emas» degan surbetlarcha ibora tarqalgan. Sen 
bo‘lsang oldinlari ham xuddi shu yo‘sinda ish ko‘rar eding, sun’iy homilalarning taqdiri haqida gap 
ketganda o‘z raqiblaringga: bu masala ularning o‘zlarini tashvishga solsin, ularni o‘z muammolarini 
o‘zlari hal qilishlariga qo‘yib berish kerak, deb javob berar eding. Shu yo‘l bilan tug‘ilganlar, ijtimoiy 
mavqe nuqtai nazaridan boshqalar bilan teng sharoitda bo‘lgan ikszurriyotlar o‘zgalar kabi o‘zlari haqida 
o‘zlari o‘ylashlari lozim edi. Sen bularning fan uchun hech qanday daxli yo‘q deb hisoblar eding. Sun’iy 
bola tug‘dirish texnologiyasidan tashqarida bo‘lgan biron narsa seni tashvishlantirmas edi.
Ha, sen shunaqa odam eding. Ehtimol, chindan ham o‘z ilmiy sohangda dunyo ahamiyatiga ega 
kashfiyotlar qila biladigan, fanning kelajak taraqqiyotini oldindan aytib bera oladigan daho 
bo‘lgandirsan. Lekin sening barcha qilmishlaringni o‘sha tashlandiq bola boshqarib turar edi. Sen 
bo‘lsang buni tan olmading, qachonlardir eshik oldiga tashlab ketilgan xuddi o‘sha tashlandiq bola 
mo‘‘jizalar ko‘rsata olishini, oldindan rejalashtirilgan odamlarni tug‘dirishga amr bera bilishini butun 
dunyoga isbot etish uchun har doim urinar edi. Sen bu taqdirlarni o‘z laboratoriyangda hal qilding, sen 
hech kim jur’at eta olmagan, hech kim qila bilmagan ishlarni qilding – sen o‘z xohishing va chizma 
rejangga qarab, sun’iy loyihalashtirilgan odamlarni dunyoga keltirding, sen vasvasaga tushgan eding, 
sen odamlar ustidan botiniy hokimligingdan mast eding. * * *


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish