Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
110
qanchalar afsuslanmading, qanchalar o‘kinmading, lekin endi kech edi... Hayot echa bir o‘zandan o‘tib, 
boshqa o‘zanlarda davom etaveradi...
Senga shuhratparastliging tinchlik bermas edi. Yevgeniya ketdi-qoldi, shunga ham kuyibpishamanmi 
deb o‘ylading – nima, shunga ham ota go‘ri qozixonami, o‘zingga boshqasini topib olasan, ishlardan sal 
qutilgach, razm solasan – atrofda qancha xotinlar bor va albatta o‘zingga, didingga yoqqanini, eng 
muhimi, pokdomon, sen qilayotgan ishning axloqqa to‘g‘ri kelish-kelmasligiga ortiq darajada shubha 
bilan qaramaydiganini tanlab olasan. Va bu ayolni imtiyozli kishilar uchun ajratilgan «feodallar» 
xiyobonida, atomchilarning xuddi shunday dang‘illama hovlilari biqinidagi o‘zingning akademiklarga 
mo‘ljallangan toq-ravoqingga olib kelasan. Lekin bu rejalaring bemalol ro‘yobga chiqadigan bo‘lishiga 
qaramasdan, o‘shondog‘icha qolib ketdi. Yangi voqealar yuz ko‘rsatishi bilan uylanishdan boshqa 
tashvishlaring ham yetib ortar edi, sening keyingi butun hayoting, kosmosga, orbital stantsiyaga jo‘nab 
qolishga va o‘zingni samoviy rohib deb e’lon qilishga majbur etgan barcha shart-sharoit mana shu 
voqealar oqibati bo‘ldi.
U paytlarda sen akademiklar orasida anchagina mashhur shaxs eding, fanga otalik qiluvchi 
organlarning alohida diqqat-e’tiborida turarding. Adolat yuzasidan aytganda, KPSS MK bu ma’noda 
maqtovga sazovor edi. Bunga o‘z tajribangda bir necha marta guvoh bo‘lgansan.
Har qanday mablag‘ va imtiyozlarning sening institutingga, eng avvalo, o‘zingning mashhur 
laboratoriyangga deyarli yugur-yugursiz, tanish-bilishlarsiz osongina berib turilishi MK homiyligi tufayli 
edi. O, hokimlarning marhamatiga, saroydagilarning mehribonligiga-yu, to‘ralarcha hozirjavobligiga 
odam bolasi naqadar tez ko‘nikadi. Endi esa hamma vaqt shunday bo‘lib kelganmi, har doim shunday 
bo‘lib qolaveradimi, deb o‘z-o‘zingga savol berasan. Misol keltirish uchun uzoqqa borish shart emas. 
Fanlar akademiyasining prezidenti, yetakchi atomchi olim shaxsiy suhbatlardami, telefon orqalimi, 
«Andrey Andreevich, xudo haqqi, hech narsadan o‘zingizni qismang. Dadil bo‘ling, mamlakat sizning 
programmangizni jamiki zarur narsalar bilan ta’minlashga tayyor. Chet ellardan keltirilgan 
asbobuskunalar bo‘ladimi, transportmi, qo‘ying-chi, nimaiki zarur bo‘lsa, aytavering, tortinmang. Siz 
o‘ta muhim ish qilyapsiz», deb qayta-qayta tayinlar edi.
Dunyoning yarimini egallagan butun mamlakat nomidan aytilgan ana shunday maqtovlardan, oliy 
himmatdan g‘alati bo‘lib ketar eding, o‘lja ilinjida aylanib ucha boshlagan yirtqich qushlar yanglig‘ 
partiya xodimlarining sof ilmiy tajribalar bilan tobora ko‘proq qiziqa boshlagani sening g‘ashingga tegar 
edi, lekin sen og‘zingga talqon olib g‘ing demay turaverar eding, sen minnatdorchilik og‘ushida 
xushomadgo‘ylik ham qilmading, shu bilan birga oliy rahbariyatning e’tiborini ohangraboday o‘ziga 
tortgan shov-shuvga sabab bo‘ladigan qandaydir loyihaning bo‘yin tovlamas ijrochisi deb qarashlariga 
qarshilik ham ko‘rsatmading, men bunaqalardan emasman deb ham qo‘ymading. Ha, o‘zingni vaqtida 
to‘xtatishing, keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, o‘zingning chindan ham mulohazali ekanligingga amin bo‘lish 
uchun bahona qoldirmasliging kerak edi. Lekin sen ojizmiding, betayinmiding, amalparastmiding, senda 
hokimiyat egalariga xira pashshaday yopishib olish xususiyati bormidi? Ehtimol, xuddi shuning uchun 
bo‘lsa kerak, niyat-maqsadi o‘ta dudmal ilmiy programmani boshqarishni senga taklif qilishdi. U 
«Jinslarni embrional negizda boshqarish» deb ataladi, biroq bundan maqsad: noma’lum (anonim) ota-
onalardan yangi zurriyotlar yaratish metodini ishlab chiqish edi.
Bunaqasi dunyoda bo‘lgan emas. Sen daf’atan paydo bo‘lgan qaroqchiga o‘xshab bu ishga o‘ralashib 
qolding. «Ikszurriyot» istilohi sening ixtirong emas, uni qisqartmalar desa o‘zini tomdan tashlaydiganlar 
– fan mutasaddilari o‘ylab topganlar, bu ibora tezda qariyb o‘ziga xos inqilobiy sirso‘z (parol) bo‘lib 
qoldi, chunki laboratoriya sharoitida ikszurriyotlar yaratishdan maqsad yangi tipdagi odamlarni, 
mafkuraning bo‘lajak fidokorlarini yetishtirish edi. Ikszurriyotlar XXI asrning fidoyi inqilobchilari bo‘lib 
qolishlari kerak edi. Xuddi ana shu narsa nazarda tutilar edi. Partiya rahbarlari o‘lim to‘shagida yotgan 
jahon kommunistik mafkurasini tiriltirish va qayta tiklashning yangi usuli ana shunda, deb tushunishar 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish