Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
118
ehtimol, otalari noma’lum bo‘lgan bolalarni qornida ko‘tarib yurish ma’lum doiradagi ayollar uchun kasb, 
bo‘lganda ham talaygina serdaromad kasb bo‘lib qolajak.
Mutlaqo oshkora, ochiq gaplashdik.
— Shunday vaqtlar keladiki, — deb isbotlamoqchi bo‘ldi u: — Inkubatorlik oshkor bo‘libgina 
qolmasdan, balki bolalarni dunyoga keltirishning bu yo‘li eng afzal yo‘l bo‘lib qoladi. Va ana o‘shanda 
“Ona”, “Ota” tushunchalari cho‘pchakka aylanadi yoki faqat shartli ahamiyat kasb etadi.
Shu tariqa vakolatli organlarning rejalari hali ishga solinmagan jihatlari va uzoqni ko‘zlagan g‘arazlari 
bilan tobora oshkora tus ola bordi, yangi tipdagi ildizsiz odamni yaratish ustidan nazorat qilishdan 
ayricha manfaatdor ekanligi qadam-baqadam ravshanlasha bordi. Birmuncha vaqtdan so‘ng bu ishni 
keng yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangandi. Yana ko‘zda tutilgan ediki, tug‘ishni o‘ziga kasb qilib olgan ayollar 
vositasida otalari noma’lum ana shunday bolalarni dunyoga keltirishni tobora keng joriy qilish, 
ikszurriyotlarni tashkiliy suratda internatlarda tarbiyalash, oqibatda bola tug‘ib o‘stirish zaruratidan 
butunlay ozod bo‘lgan aholi o‘zini, hayotini unumli mehnatga, boshqa dolzarb vazifalarga va eng avvalo, 
albatta, hujumkor jahon inqilobi ishiga butunlay bag‘ishlash imkoniyatiga ega bo‘lar edi. Kommunistlar 
bu maqsaddan hech ham voz kechmoqchi emas edilar. Ikszurriyotlar jahon tarixiga nuqta qo‘yishadi va 
yangicha yil hisobi – taqvimi boshlanajak...
“Ikszurriyotlar uzil-kesil nuqta qo‘yishadi, — takallufsiz so‘zlar edi mening suhbatdoshim, boshlig‘im, 
– bu nuqta allaqachondan beri zarur edi. Barcha shovqin-suronlar, butun dunyoda tinchlik uchun kurash 
va boshqa soxta go‘zal iboralar – hissiyotni ko‘zlab aytilgan safsatalardir. Modomiki, hal qiluvchi so‘z 
atom zarbasida ekan, bu ishni xuddi ana shu ikszurriyot amalga oshiradi. U nimaniyam yo‘qotardi, uni 
biron kishi bilan bog‘lab turgan hech narsa yo‘q, uning hech kimi yo‘q, u ham hech kimniki emas, uning 
Vatani – probirkada unga hayot bergan sistemadan boshqa narsa emas. Knopkani bosish kerak 
bo‘lganda uning qo‘li qaltiramaydi ham. Hamma gap kim birinchi bo‘lishida, kim tomonidan voyaga 
yetkazilgan ikszurriyot birinchi bo‘lib yadro zarbasini berishidadir”.
* * *
Moskva ostonalaridagi o‘rmonlar orasida joylashgan va oldin kasaba uyushmalariga qarashli bo‘lgan 
chog‘roq sanatoriy oradan ko‘p o‘tmay bizga ilmiy-tadqiqot bazasi qilib berildi. Kabinetlar, palatalar, 
qorovulxonalar va boshqa xonalarni ta’mirlab jihozlashga yarim yilcha vaqt ketdi.
Men unchalik shoshib-pishmadim. Lekin baribir ishga kirishish vaqti keldi. Boshida aytib 
qo‘ymoqchimanki, bu ishga xotirjam bo‘lib kirishmadim va ehtimol shuning uchun inkubalikka 
nomzodlarning shaxsiyatlari bilan ularning hujjatlaridagidan boshqa ma’lumotlarga mutlaqo 
qiziqmadim. Ular bilan rasmiy muomala qilar, ro‘yxush bermay, qisqa-qisqa so‘zlashardim. Ularni 
klinikaga yopiq mashinada bitta-bittadan belgilangan soatda oddiy kiyimda olib kelishar, ular esa men 
uchun bor-yo‘g‘i iksembrionning bo‘lajak inplantatsiya ob’ektlari edi. Men ularga ismi familiyasini tilga 
olmasdan “juvon” deb murojaat qilar edim: “Salom, juvon. Ahvolingiz qalay, juvon, sizni ko‘rib qo‘yishim 
kerak, qimirlamang”. Faqat shu. Shuningdek, menga ham “professor” debgina murojaat qilish mumkin 
edi. Hech qanaqa ortiqcha gap bo‘lmasligi shart edi, barcha inkubalar ijaraga olingan muvaqqat onalar 
sifatidagina muhim edi. Men ularning birontasini yuzidan tanimas edim, chunki ish uchun buning keragi 
yo‘q edi... Faqat bittasigina bundan mustasno edi. Lekin bu haqda keyinroq...
o‘sha haqda keyinroq gapirilsa bo‘ladi...
Mana sen qirg‘oqqa kelding, nariroqda esa boshqa Daryo...
Sen unga bog‘liq xotiralarni orqaga surish, kechiktirish uchun o‘zingni qiynaysan, bahona qidirasan. 
Xo‘sh, oqibat nima bo‘ldi? O’zlikdan qochishga urinishning bema’niligiga, xomxayolligiga har gal ishonch 
hosil qilmaysanmi? O’lish mumkin, lekin o‘zlikdan qayoqqa qochasan? Shu ma’noda odam o‘limga 
mahkum bo‘lsa ham umrboqiydir.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish