Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
126
O’sha kechasi hammasi o‘zgarib ketdi. Mislsiz fidokorligi, aqlga sig‘maydigan qilmishlari meni rom 
etgan ayoldan kechirim so‘rashga tayyor edim. Men inson zotiga qilgan yovuzligimdan voz kechish 
yo‘lida o‘sha ayol oldida tiz cho‘kishga tayyor edim. Bordi-yu u mening muhabbatimni qabul qilsa va o‘z 
navbatida menga muhabbat izhor qilsa, men unga uylangan bo‘lardim... Ha, ha shunday!
Bunga qanday erishish mumkinligini tasavvur ham qila olmayman, axir ko‘p yillarga hukm qilingan, 
u “mayli” deydigan bo‘lsa, men u bilan o‘rmongami, toqqami, dengiz ortigami – qaerga bo‘lmasin, faqat 
birga yashash uchun bosh oqqan tomonga qochib ketishga tayyor edim... Hayotni yangidan boshlash 
uchun darbadarlikka ham roziman, bu bilan men mash’um o‘tmishimning gunohlarini yuvgan 
bo‘lardim...
Bu haqda bir marta xayol surdim-u, o‘zimni to‘xtata bilmadim. Mening xayollarim cheksizchegarasiz 
edi. Men o‘zimda to‘ntarish yasadim. Xayollar og‘ushida qoldim. Mening yangi hayotim ertadan, Runani 
olib kelishgan va ikkalamiz xoli qolgan soatdan boshlanishi kerak. Menda qanday o‘zgarishlar ro‘y 
berganini tushuntirib, ruhan yengil tortganimni hikoya qilib berishga va o‘zimning hamma narsaga 
tayyor ekanligimga uni ishontirishga harakat qilaman. U faqat “xo‘p” desa bas, u meni sevgilim deb tan 
olsa bo‘ldi. U faqat mening samimiy ekanimga ishonsa, bizning birga bo‘lishimizga amin bo‘lsa kifoya.
Men divanda notinch va sergak uyquga ketganimda tun yarmidan oshgan edi. Tong saharda 
momoqaldiroq guldiradi. Tom ustida gumbirlagan ovoz eshitildi, deraza ortida jala quydi. Tabiat 
hodisalariga nazar tashlar ekanman, bu momoqaldiroqni xuddi o‘zim gumbirlatayotganday bo‘ldim, 
osmonning yarmisini egallab chaqmoqlar chaqqanini, chelaklab quyayotgan yomg‘ir qasirg‘asidan shox-
shabbalarning yerga tekkunday yukunganlarini, qushlar galasining momoqaldiroq quchog‘ida hurkib 
bezovtalanib boshpana ilinjida uyoqdan-buyoqqa o‘zini urganini ko‘rdim...
O’zim ham momoqaldiroq qo‘ynida parvoz qildim. Men darcha orqali derazadan uchib chiqdim, tomlar 
ustida, ko‘chalar va xiyobon ustida qanot qoqdim. Yashin hamda bulutlar orasida tusmollab va chamalab 
parvoz qilardim – axir qaerdadir turma bor, o‘sha joyda u, inkuba bo‘lishdan bosh tortgan juvon ham 
momoqaldiroq ovozini eshitdi. “Runa, Runa! – deb qichqirdim men. — Bu menman! Men seni qidirib 
yuribman!”. Momaqaldiroq gumbirlayotgan, men osmoni falakdan bor ovozim bilan unga murojaat 
qilayotgan shu onlarda u nimalar haqida o‘ylayaptiykin?..
Keyingi kuni o‘zimni tutishga, klinikamizdagi barcha xizmatchilarning har doimgiday puxta ishlashi 
uchun men o‘zimni ishlayotganday qilib ko‘rsatishga qancha kuch sarf qildim. Hamma narsa 
odatdagiday edi. Xodimlardan birontasi ham mening boshqa odam bo‘lib qolganimni sezmadi...
Men o‘z vaqt-soatimni kutar edim. Vaqt esa mashaqqat bilan sekin o‘tayotganday tuyular edi 
menga...
Men hammaning ko‘z o‘ngida edim, har doimgiday o‘z burchlarimni ado etar edim. Lekin bu endi 
men emas edim...
Vaqt esa men uchun mashaqqat bilan sekin o‘tayotganday edi...
Tayin qilingan soat yaqinlashmoqda. Runa hademay kelib qoladi. Mana, mana... Lekin hamon olib 
kelishmadi...
Yana chorak soat o‘tdi. Lekin hanuz yo‘q. Men qo‘ng‘iroq qilishni va mashinaning qachon yo‘lga 
chiqqanini aniqlashni buyurdim. Kotiba telefonda gaplashibdi, unga mashina o‘z vaqtida jo‘nab ketgan 
deyishibdi.
Men xavotirga tusha boshladim. Nima bo‘ldiykin? To‘satdan yo‘lda halokatga uchragan bo‘lsa-ya?
Soat uchga yaqinlashmoqda edi. Qachon keladi? Men o‘zim qo‘ng‘iroq qila boshladim. Menga 
mashinaga bir narsa bo‘lgan deb javob berishdi. Shu paytda kotiba yugurib kirib keldi. Rangi o‘chib 
ketgan.

Nima bo‘ldi o‘zi? — deb qichqiraman.

Mijozimiz vafot etibdi!


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish