Kutubxonachi.uz
127
–
Qanday vafot etibdi? Qaysi mijoz ekan?
–
Biz kutayotgan ayol. Hozirgina qo‘ng‘iroq qilishdi.
–
Halokatga uchrabdimi?
–
Yo‘q. U qochgan ekan.
–
Qochgan ekan? Keyin nima bo‘pti?
–
Uni o‘ldirishibdi.
–
hozir borib, hammasini aytib beramiz deyishyapti.
–
Ha, tunov kuni men bergan yo‘llanmaga ko‘ra mahkuma R. F. Lopatinani tayin qilingan vaqtda
klinikaga yetkazib kelish uchun A-6-87 nomerli mashinada olib ketishgan.
Shahardan chiqqandan keyin Moskva daryosi qirg‘og‘i yaqinidagi o‘rmon orasidan o‘tayotganda
mahkuma ko‘nglim ayniyapti, boshqa yurishga majolim qolmadi deb zorlanadi, mashinani to‘xtatib
tushishga imkon berishlarini so‘raydi, talab qiladi va qayt qila boshlaydi...
To‘xtashga to‘g‘ri keladi. Mahkuma mashinadan tushadi, yo‘ldan bir necha qadam nariga boradida,
yugurib o‘rmon ichiga kirib ketadi. Soqchi ayol uning orqasidan quva boshlaydi. Mahkumaga “to‘xta”
deb buyruq beradi. Lekin u to‘xtamaydi. Soqchi “otib tashlayman” deb ogohlantirib, osmonga qaratib
ikki marta o‘q uzadi. Har qanday qilib bo‘lsa ham tirik tutib olish uchun quvaveradi. Birdan Moskva
daryosining muyulishida tik qirg‘oq chiqib qoladi, mahkuma chopgan bo‘yicha jarlikdan o‘zini suvga
tashlaydi. Soqchining otishdan boshqa iloji qolmaydi. Mahkuma halok bo‘ladi. Jasadini suvdan tortib
olishadi...
Keyinchalik o‘z-o‘zimga: “U nima uchun shunday qildi?” – deb savol berdim. Nega shunday qildi?
Nima uchun? Bu nima o‘zi? Noilojlik oqibatimi? Qo‘rqoqlikdanmi? Nafratlanishdanmi?
Dushmanlikdanmi? Yoki bu norozilikning bir ko‘rinishi edimi?
Bu savollarga hech kim javob bera olmaydi... Keldi-yu ketdi... U biz olib borgan eksperementlarning
birinchi qurboni bo‘ldi.
To kech kirgunga qadar xonamdan tashqariga chiqmadim. Ichkaridan qulflab olib o‘tirdim. Mening
vujudimda nimalar bo‘layotganini hech bir jon tasavvur ham qilolmasdi. U shunday dahshat bilan
mening rejalarimga xalaqit bermaganda edi! hayfki, u halok bo‘ldi, afsuski, u abadiylikka ketdi,
ketganda ham mening gaplarimni eshitmay ketdi, u chindan haq edi, fan har qanday yuksaklikka
ko‘tarilmasin, uning yutuqlari o‘tkinchi, fan cheksiz taraqqiy qilishi mumkin, lekin fan taraqqiyoti vijdon
oldida hech nima emas. Mangulikning mazmuni va rivojini o‘zida mujassamlashtirgan Ruh oldidan
hamma narsa o‘taversin.
Xonamda o‘tirib ho‘ngrab yig‘ladim. Atigi bir marta uchratgan ayolni eslab zor-zor yig‘ladim... Usiz
qolgan umrim baxtsiz o‘tishini ko‘z oldimga keltirib yig‘ladim...
Kechqurun yo‘lga chiqdim, bu dahshatli hodisa bo‘lib o‘tgan joyga, Moskva daryosining o‘rmon
ortidagi muyulishiga yaqinlashganimda to‘xtadim-da, orqaga qaytdim. Bu yer u halok bo‘lgan joy edi, u
xuddi ana shu o‘rmondan qochib o‘tib o‘zini daryoga otgan... Boshqa yo‘ldan ketdim.
Dunyoda biron o‘lchov bormidiki, mening uyga kelgandan keyin butkul ojizligim, ilojsizligimni o‘lchab
berolsa! Bu menga yuborilgan jazo emasmikin? Uyimda kechasi bilan ovozim boricha dod solib,
ho‘ngrab yig‘lab chiqdim. U endi yo‘q. Mening unga nima demoqchi bo‘lganimni u endi hech qachon
bilmaydi. U umrining to oxirgi onlarigacha meni o‘z ilmiy kashfiyotlaridan ikszurriyotlar yaratish yo‘lida
foydalangan razil odam deb bilardi... Viski ham yordam bermadi, shishani ko‘tarib ichsam ham bo‘lmadi.
Musiqa yordam berarmikin, degan xayolga bordim, lekin bunday musiqa yo‘q edi...
Ana shunday musiqani oradan yillar o‘tgandan so‘ng eshitdim, bu navo mening dilimda umr bo‘yi
mudrab yotgan bo‘lsa ajab emas. Yapon dengizida paroxodda ketyapman. Kechki payt edi. Yulduzli
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |