Taniqli olim Abdug`afur Rasulovning 2009 yilda “Mumtoz so`z” nashriyotida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat “Betakror o`zlik” nomli yangi kitobi “Iste’dod qadri” degan maqola bilan boshlanadi



Download 49,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi49,5 Kb.
#299884
Bog'liq
2 5413760599630811264


Taniqli olim Abdug`afur Rasulovning 2009 yilda “Mumtoz so`z” nashriyotida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat “Betakror o`zlik” nomli yangi kitobi “Iste’dod qadri” degan maqola bilan boshlanadi. Muallif Yurtboshimizning matbuotda e’lon qilingan va hammamizning dilimizdan o`rin olgan “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” asaridagi quyidagi otashin so`zlarini keltiradi: “Iste’dod, iste’dod va yana bir bor iste’dod sohiblarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash eng asosiy vazifamizga aylanishi kerak”. 

Biz tahlil qilmoqchi bo`lgan “Betakror o`zlik” kitobi boshdan oxirigacha mana shu olijanob vazifani sidqidildan bajarishga qaratilgandir. 
2010 yil – Barkamol avlod yili bo`lgani uchun qirq yildan buyon iste’dod bilan bolalar va yoshlar adabiyotini rivojlantirib kelayotgan Xudoyberdi To`xtaboev ijodiga “Betakror o`zlik” kitobida eng katta – 100 sahifadan ortiq o`rin berilgani tasodif emas. 
X.To`xtaboev asarlari nafaqat O`zbekistonda, balki dunyoning ko`plab mamlakatlaridagi turli tillarga tarjima bo`lib nashr etilgan va qiziqib o`qiladi. “Betakror o`zlik” kitobida adibning “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi”, “Sehrli qalpoqcha” va boshqa asarlari Parijda, Rimda, Moskvada, Berlinda, Buxarestda, Norvegiyada, Finlandiyada, Turkiyada, xullas, jahonning yigirmadan ortiq mamlakatlarida tarjima bo`lib o`qilmoqda. Uning “Sariq devni minib” romani haqida jahonga mashhur itlayan adibi Janni Rodari qanday yuksak baho bergani “Betakror o`zlik” kitobida keltirilgan. 

O`z o`rnida A.Rasulov haqli ravishda shunday deydi: “Afsuski, o`zbek adabiyotshunosligi yozuvchi reytingi masalasiga e’tibor bermaydi. Vaholanki, reyting – ko`zgu”. Reyting nafaqat ko`zgu, balki talantning qadrini belgilovchi mezon. “Betakror o`zlik”da biz nihoyat mana shu mezonni topamiz va unga qarab Xudoyberdi To`xtaboevning eng yaxshi asarlari adabiyotimizni jahon miqyosiga olib chiqa oladigan zo`r iste’dod manbai ekanini, ularni astoydil qadrlashimiz zarurligini sezamiz. Shu faktlarga asoslanib aytishimiz mumkinki, o`zbek adabiyotshunosligida X.To`xtaboevning talantini chinakam qadrlagan va yangidan kashf qilgan zarshunos olim Abdug`afur Rasulov bo`lyapti. 
Biz yuqorida Yurtboshimizning iste’dod haqida aytgan so`zlarini keltirgan edik. Iste’dodning eng yorqin belgisi – uning bektakrorligi, o`z asari bilan kitobxonni yangicha zavq, yangi taassurotlar bilan boyitishidadir. A.Rasulovning o`z kitobini “Betakror o`zlik” deb atagani – uning betakror iste’dodlarga bag`ishlanganidan dalolat beradi. 

Muallif adabiy jarayonlar bilan bog`liq har bir fikrini ilmiy asoslashga, aniq misollar bilan izohlashga harakat qiladi. Ko`plab shoir va yozuvchilarimiz asarlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan bo`lsa-da adabiyotimiz dunyoda biz kutgan darajada dong tarata olmayotgani sababi haqida mushohada yuritar ekan, “ularni talqin, tahlil qilish, tashviq-targ`ib etish past saviyada,– degan xulosaga keladi.– Mantiqan xorijiy adabiyotlar bo`yicha disserastiya tayyorlagan olim o`zbek adabiyoti, uning namoyondalari ijodini suvday bilishi lozim. Afsuski… Oliy Attestastiya Komissiyasining filologiya sohasi bo`yicha eksperti sifatida achinarli hollarga guvoh bo`ldim... Ularning aksariyati o`zbek tili va adabiyotini bilmaydilar”. Ilmiy ishini himoya qilgan yosh olimlar bilan suhbat o`tkazilganida ulardan o`zbek adiblarining mashhur asarlari haqida ham so`raladi. Shunda ularning “maktabda o`qiganmiz, esdan chiqib ketgan” degan javobidan har qanday ziyolining ensasi qotadi. “Vaholanki, o`z adabiyotini bilmagan, uning taraqqiyoti bilan qiziqmagan “olim” allaqaysi yurt adabiyoti bo`yicha yaxshi mutaxassis bo`la olmaydi,– degan xulosaga keladi muallif.– Qolaversa, shu mutaxassisning ilmiy ishini uzoq yurtdagi olimlar o`qiydi, deb o`ylaysizmi?” Bu bilan u, xorijiy adabiyot bo`yicha olimlik da’vosini qiluvchilar avvalo o`z adabiyotini yaxshi bilishi, kerak bo`lsa, ularni dunyoga targ`ib qilishi, o`sha xalq tiliga o`girilgan o`z asarini talqin qilib, maqola yoza olishi kerakligini ta’kidlaydi. Yaqinda Angliya-Amerika adabiyoti bo`yicha taniqli olimning dissertastiyasi haqida fikr almashuv bo`lganida unga Abdug`afur Rasulov shunday savol bergan: 

“– Siz amerikalik yozuvchilarning satirik romanlari haqida doktorlik dissertastiyasini himoya qilibsiz. Unda Amerika adabiyotidagi bolalarga atalgan asarlarda satira mavzusiga urg`u beribsiz. Ayting-chi, mashhur yozuvchimiz Xudoyberdi To`xtaboevning satirik romanlarini Amerika bolalar adabiyoti namunalariga qiyoslab ko`rdingizmi?” 
Bu bilan muallif Amerika adabiyoti haqida so`z yuritganda o`zbek adibi Xudoyberdi To`xtaboevning ham jahon adabiyoti maydonida salmoqli o`rni borligini isbotlaydi. 
Dissertant esa hayron bo`lib qarab, “Siz nomini aytgan yozuvchini bilmayman. Romanlari haqida eshitmaganman”,– deb javob bergan. O`sha olimning bir necha shogirdi G`arb, Amerika adabiyotidan ilmiy ish yoqlagani, ular ham o`zbek adabiyotidan mutlaqo foydalanmaganlari haqida muallif kuyunib yozadi. Darhaqiqat, xorijda ilmiy maqola yoritayotgan bo`lg`usi olimlar shu tariqa milliy adabiyotimiz durdonalarini jahonga chiqishiga hissa qo`shsa nur ustiga a’lo nur bo`lur edi, degan xulosaga kelasiz. 
Zamon bilan hamnafas olim A.Rasulov milliy adabiyotimiz mavqeini dunyo qadar ko`tarish haqida mushohada yuritar ekan, o`zbek tilidagi internet adabiyotini, jumladan, tanqidchiligini shakllantirish, shoir va yozuvchilar, munaqqidlarning veb-saytlarini rivojlantirish orqali milliy adabiyotimizni keng miqyosda targ`ib-tashviq qilish zarurligiga e’tibor qaratadi. “Hozirgi o`zbek adabiyoti – jahon adabiyotining boy, rivojlanayotgan, badiiyligi yuksak tarkibiy yo`nalishlaridan biri” ekan, uni zamonaviy kommunikastiya texnologiyalari orqali dunyoga ko`rsatish chindan-da galdagi dolzarb vazifalardan biridir. 

O`tmishi buyuk xalqning kelajagi shunga yarasha bo`lishi oddiy hayot haqiqatiga aylangan. Adabiyotda ham shu: buyuk o`tmish – kelajak poydevori bo`lib xizmat qiladi. “Betakror o`zlik”da o`zligimizni namoyon etishga qodir shoirlar, adiblar va munaqqidlar ijodi tahlilu talqin qilinadi. “Xotima-xotira asar” sarlavhali maqolasida hayotning past-balandini nozik his qiladigan san’atkor adib Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi tadqiq etilgan bo`lsa, “Abdulla Qahhor universiteti” maqolasida buyuk adibning ijod maktabi haqida so`z boradi. “Abdulla Qahhor o`nlarcha betakror, o`z mohiyatiga ega timsollarni yaratgan san’atkordir,– deb yozadi muallif.– Yozuvchi yaratgan adabiy universitetning hali uzoq yashashiga, kishilarni ma’nan-ruhan tarbiyalashiga shubha yo`q”. 
Kitobdan o`rin olgan “Hamid Olimjon she’rlarida diyor madhi”, “Intellektual siymo”, “Hazrati inson yodi”, “Yozuvchi taqdiri – adabiy avlod tarixi”, “Asarlari yashayaptiki…” sarlavhali maqolalarida adabiyot osmonida yorqin iz qoldirib ketishgan Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Rahmat Fayziy, Ramz Bobojon, O`lmas Umarbekov sigari siymolar ijodi bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Eng muhimi, o`sha shoir va adiblarning davrlar sinovidan o`tgan va ayni damlarda ham maroq bilan o`qilayotgan o`nlab asarlariga xolis baho berilib, ibratli jihatlari ko`rsatiladi.

Kitobda bugungi davr adabiyotiga ham keng o`rin beriladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “G`aroyib saltanat” maqolasida bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To`xtaboev ijodi keng tadqiq qilingan bo`lsa, “Ijodiy o`zlik sari yo`l” maqolasi taniqli shoir va adib Anvar Obidjon ijodiga bag`ishlangan. Muallif bir o`rinda shunday deydi: “Yurtimizda Anvarlar ko`p, Obidlar ko`p, ammo, Anvar Obidjon yagona! U o`zbek bolalar adabiyotiga o`z ovozi bilan kirib keldi. Ochig`i, ushbu to`plamga – “Betakror o`zlik” degan nomni ham shu xokisor shoir taklif etgan”. Muallif bir o`rinda uni shunday ta’riflaydi: “Anvar Obidjon borliqqa – mavjudotu mahluqotga; oy, quyosh, yulduzlarga; uzluksiz g`imir-g`imir harakatga bolaning ma’sum ko`zi bilan boqdi. Pishiq-puxta, umri uzoq asarlar yaratdi. Bolalar adabiyoti pirlari qatoridan o`z didi, tili, uslubi bilan joy oldi”. 
Muallif bolalar adabiyotiga oid fikrlarini davom ettirar ekan, “Bolalikning beg`ubor osmoni” maqolasida shoir Tursunboy Adashboev ijodiga alohida to`xtaladi. “Bolafe’l shoirgina bola holatini, beqiyos olamini anglaydi,– deb yozadi muallif.– Tursunboy Adashboev jahon bolalar adabiyotini bir butun deb biladi”. Maqolada bolalar adabiyotini yanada rivojlantirish omillari haqida jo`yali fikrlar ilgari surilgani e’tiborga molikdir. 

Ulug` ustozlar haqida teran fikr yuritgan munaqqid “Tavallud topayotgan ko`ngil mujdalari” maqolasida bugungi nasrimizning iste’dodli vakillaridan biri Shoyim Bo`taev ijodini atroflicha tahlil etadi. “Abdulla Qodiriy Toshkent shahri dahalarini, Toshkent tevaragidagi qishloqlarni, Marg`ilon, Qo`qonni badiiy tasvirladi... Mirzakalon Ismoiliy Farg`ona vodiysini, Said Ahmad “Ufq”ida Andijonni, Odil Yoqubov Turkiston erlarini, Qarnoq dashtini, Sadriddin Ayniy Soktore qishlog`ini, G`ijduvon tumanini, Buxoro yurtini aks ettirgan,– deb yozadi muallif.– Shoyim Bo`taevning aksariyat asarlarida tog` etaklari – qiyaliklardagi qishloqlar tasvirlangan. Kitobxon buloqlardan chiqayotgan suvni ko`rayotganday, daraxtlar ostida xordiq chiqarayotganday, qishloq ko`chalariga xos betakror tomonlarni his etayotganday bo`ladi”. U o`zbek adabiy xaritasini yangi jug`rofiy hudud, betakror adabiy aholi evaziga boyitgani maqolada atroflicha ko`rsatib berilgan. 

Adabiy davralarda munaqqidlarning ijodiga bo`lgan munosabatlar ko`pchilikda qiziqish uyg`otadi. “Betakror o`zlik”da tanqidchilik mahorati haqida ham so`z borar ekan, “Tanqid maydonida turish mashaqqati”, “Ozod Sharafiddinovni anglash”, “Munavvar siymo”, “Olimning oydin yo`li”, “Adabiy tanqid – go`zallik kashshofi” sarlavhali maqolalarida Homil Yoqubov, Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G`afurov, Baxtiyor Nazarov, Sanjar Sodiq kabi taniqli adabiyotshunos olimlar va munaqqidlar ijodiga xolisona yondashiladi. 
Taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim G`afurovning munaqqidchilik maydonida qilgan ibratli ishlari juda ko`p. Biroq u haqida shu kungacha etarli darajada tahliliy maqola yozilmagan. Adabiyotshunoslik olamidagi shu “bo`shliq”ni muallif “Munavvar siymo” maqolasi bilan to`ldirishga harakat qiladi. Maqolada taniqli adib va tarjimon, adabiyotshunos olim Ibrohim G`afurovning siymosi yorqin bo`yoqlarda ko`rsatilgan. “Ibrohim G`afurov asarlari istiqloldan so`ng yangi bir manba bilan boyidi,– deb yozadi muallif.– Munaqqid-olim Navoiyga ulfat bo`lishni, uning yaqiniga kelib o`tirishni orzu qiladi... I.G`afurov o`n to`rt maqolada Navoiy haqidagi qarash, tushunishlarini bayon etadi. Munaqqid aqidasicha, Navoiy sobitu sayyorani, butun borliqni nurafshon etgan siymo”. 

Adabiyotshunoslik olamida Baxtiyor Nazarov Izzat Sultondan keyingi yirik siymoga aylangani “Olimning oydin yo`li” maqolasida atroflicha ko`rsatilgan. Unda o`zbek munaqqidlik maktabining shakllanishi yo`lida fidoyilik ko`rsatgan adabiyotshunos olimlarning ibratli ishlari qalamga olinadi. 
“Betakror o`zlik” mazmunan va mohiyatan betakror kitob bo`lganini e’tirof etish mumkin. To`plamdan o`rin olgan adabiy-tanqidiy maqolalar aniq maqsadga qaratilgan, tili ravon, faktlarga boy. Muhimi, bu faktlar shunchaki sanab o`tilmasdan ilmiy tadqiq va tahlil etiladi. 
Shunday maqolalar adog`ida “asar ayrim juz’iy kamchiliklardan ham holi emas” deb qistirib o`tish taomilga aylangan. Buni qarangki, muallif ushbu kitobiga dastxat yozib berish asnosida kitobini varaqlab, o`sha “o`tib ketgan” ayrim xatolarini qalamda bittalab to`g`rilab chiqqaniga biz guvoh bo`ldik. Bu zukko olimning qalam tebratishdek zalvorli ishga qanchalik mas’uliyat bilan yondashishini ko`rsatadi. Bu ham o`ziga xos ibratdir. 

Bu kitob muallifi o`zining suyukli ustozi Ozod Sharafiddinovga xos iste’dodning kuchi va miqyosi jahon adabiyotshunoslari bilan bo`ylashadigan darajada ekanini ko`rsatadi. Ayni vaqtda bugun Ozod Sharafiddinovning eng yaxshi an’analarini davom ettirayotgan Umarali Normatov, Baxtiyor Nazarov, Naim Karimov, Ibrohim G`afurov va boshqa ko`pgina iste’dodli adabiyotshunoslar ijodiga muallif mehr bilan yondashadi, o`z tahlillarida ularning qadr-qimmatini yuqori ko`taradi. Shuning hammasi “Betakror o`zlik” deb atalgan kitob iste’dodshunoslik va zakovatparvarlik ruhi bilan sug`orilganini ko`rsatib turadi. 
Xalq maqolida “Oqqan daryo yana oqadi” deb bejiz aytilmagan. Ozod Sharafiddinov kabi ulkan siymoni bergan adabiyotshunoslik fani va so`z san’ati kelajakda yana ulkan talantlarni tarbiyalab etishtirishi shubhasiz. Bu fikrni tasdiqlaydigan iste’dodlardan biri – “Betakror o`zlik”dek ajoyib kitob muallifi O`zbekiston Respublikasi Fan arbobi, professor Abdug`afur Rasulov deyish mumkin. 
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish