Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
104
Lekin mening onamni o‘sha dahshatli sahar paytida bunday mudhish qilmishga nima majbur etdi 
ekan? Koshkiydi bilsam! Mening otam kim edi? Buni onamning o‘zi bilganmikin? Shu kabi ko‘plab 
savollar men uchun javobsiz, butun umrim bo‘yi jumboq bo‘lib qolaverdi.
Bolalar uyida bu haqda menga hech kim og‘iz ochmadi, o‘zim ham bunga harakat qilmadim. Ochig‘ini 
aytsam, kimgadir yuragimni to‘kib solgim kelar edi. Lekin onamning o‘sha qorli qish kuni tongda meni 
ko‘tarib borganini eslayman, xolos, boshqa hech vaqo yodimda qolmagan. Buning ustiga 
chaqaloqligimda esimda qolgan voqealarni aytib berganim bilan hech kim ishonmas edi.
Ammo dunyoda nima uchundir mening so‘zlarimga quloq soladigan, aytganlarimni jon qulog‘i bilan 
eshitadigan ayol bor edi. U Valeriya Valentinovna yoki xizmatdoshlari tili bilan aytganda Valya edi. Biz 
bolalar ham uni Vava, Vava xola der edik. Bu so‘zda qandaydir iliqlik, qon-qardoshlik ma’nosi borday 
edi. Tabiiyki, Vava xola bizning eng suyukli tarbiyachimiz edi.
Bizning 157-bolalar uyimiz Ruza shahrining chekkasida, Maleevka posyolkasining yonida Moskvadan 
taxminan yuz chaqirim narida edi. Bolalar uyi nemis qo‘shinlari Moskva ostonasidan chekingandan so‘ng 
oradan ko‘p o‘tmay front yaqinidan keltirilgan bolalar uchun yetimxona sifatida qurilgan edi. Vava o‘sha 
paytda bu yerga yaqin – Ruza shahridagi o‘rmon-parkda joylashgan kompozitorlarning Ijodiyot uyida 
ishlar edi. Aslida bu koshona sovet kompozitorlarini yetishtirib beradigan «parvarishxona» edi. Bu yerda 
turli o‘lkalar va respublikalar kompozitorlari davlat ta’minotidagi parvarishxonada har biri shaxsiy 
kottejda yashab asrning tantanali muzikasi – barcha zamonlarning eng buyuk dohiysi, xalqlarning otasi 
o‘rtoq Stalinni sharaflaydigan kantatalar va xorallar ijod qilishar edi... Ba’zida bu yerga yuksak martabali 
partiya arboblari qadam ranjida qilishib, etikchi o‘g‘lidan XX asr hokimiga aylangan ana shu zotga 
bag‘ishlangan muzikaviy asarlarni birinchi bo‘lib eshitib ko‘rishar edi. O’qtin-o‘qtin bu yerda otaliq 
kontsertlari ham uyushtirilar, bunday kontsertlarga biz – bolalar uyining tarbiyalanuvchilari ham kiritilar 
edik. Vava xola ijodiyot uyining ma’muri edi, buning ustiga bu ayolning o‘zi binoyiday pianinochi ham 
edi. Shu bois u urushdan keyin bizga muzika rahbari bo‘lib kelgan edi.
Qirq birinchi yilning kuzidan to qirq ikkinchi yilning bahoriga qadar Ruza shahri va uning atroflarida 
nemislarning tank qo‘shinlari turgan edi. Bu voqeaga mening hech qanday daxlim yo‘q edi, albatta, 
biroq men tug‘ilgan vaqt bilan tashlandiq bolalik taqdirim o‘rtasida qandaydir aloqa borga o‘xshaydi, 
har holda Vava xolaning bu haqda o‘ylanib qolganlarini sezganman. O’smirligimda men bilan bo‘lgan 
suhbatlarda bunga shama qilgan paytlari ham bor. Vava xola Ruza deyarli yarim yil davomida nemislar 
qo‘lida ekanligida shu shaharda yashagan, ko‘p narsalarni biladi. Ikkalamiz muzika xonasida xoli 
qolganimizda u menga nota o‘rgatar edi, ba’zan shunday ham bo‘lar ediki, suhbatimiz muzika 
mashqlaridan yiroq-yiroqlarga ketar edi.
Vava! Vava! Qani endi keksa bo‘lsa ham yonimda senga o‘xshagan onam bo‘lsa edi, sen o‘z onamday 
sirdosh, jondoshsan. Tasodifni qarang, hech qachon mening onam bo‘lmagan, Vavaning esa – bolalari. 
Bu ayolning hayotida nega omadi kelmaganikin, uning bola-chaqali bo‘lishiga nima xalaqit berdiykin? 
Ehtimol u so‘qqabosh bo‘lganidan yetim bolalarni joniday ko‘rar?
— Andryusha, — der edi u menga, — sen tashlandiq ekanligingdan ich-ichingdan zil ketasan, albatta. 
Men sening ahvolingga tushunaman. Bu haqda o‘ylamaslik mumkin emas. Lekin bunday o‘yxayollardan 
ne naf? Sen o‘zingga chetdan qarab boq. Butunlay o‘zgacha bir manzarani ko‘rasan. Men 
yanglishmasam, Xudo senga, Andryusha, cho‘ng iste’dod ato qilgan. Xudo haqqi shunday! Mening 
so‘zlarim bir kuni bo‘lmasa, bir kuni esingga tushar, sening boshing oltin, sen haddan ziyod qobiliyatli 
bolasan. Hatto muzika sohasida ham sendan binoyidek navozanda chiqishi mumkin. Lekin kim bo‘lish 
o‘zingning ixtiyoringda. Muzikani o‘zing uchun o‘rgansang bo‘ladi, odamlar uchun esa boshqa sohalarda 
xizmat qilishing mumkin. Maktabni tugatib o‘qishni davom ettirasan, xohlaganingday hayot qurasan. 
Sen uchun hamma yo‘llar ochiladi, Andryusha, bunday zehnu qobiliyating bilan hali uzoqqa borasan. 
Senga xalaqit beradigan narsaning o‘zi yo‘q. Onangning kim ekanligini parvardigordan boshqa hech kim 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish