Kutubxonachi.uz
99
— Do‘q-po‘pisani to‘xtating! Laqillatganingiz yetar! hamma eshitib qo‘ysin: bu samoda turib insoniyat
ustidan hukmronlik qilmoqchi bo‘lib yurgan shaytoni laindir. Ha, ha, o‘tmishning hokimi mutlaqlari ana
shunday qudrati mutlaq haqida xayol surganlar, butun dunyoda hukmron bo‘lishni orzu qilganlar,
inchunin bu o‘sha Gitler, o‘sha Stalin. Ular qon kechib kelib, qon kechib ketganlar. Bu esa samodan
turib tovlamachilik qilish bilan dunyoda hukmron bo‘lmoqchi. Hozir u xalq nafratidan yiroq, ana shuni
bilib turib, insoniyatga zulm o‘tkazmoqda!
Entoni Yunger chidab tura olmay mikrofonga otildi:
— Mister, sizning kim ekanligingizni men bilmayman mikrofonga qarab tomog‘ingizni yirtishdan oldin
yo‘q deganda o‘zingizni tanishtirsangiz-chi!
— Mening ismim o‘lguday jo‘n — Smit, Jon Smit.
— Bu boshqa gap, Jon Smit! Siz bilibmi-bilmasdanmi, ishning mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilayotirsiz,
sizning ozodligingizni-yu huquqingizni hech kim poymol qilmayotir. Siz xohlaganingizday
yashayverishingiz mumkin. Biroq kashfiyot qilgan, kishilik tarixida eng buyuk kashfiyot qilgan olim
sizning betashvish, bamaylixotir yashashingiz uchungina o‘zining ilmiy tadqiqotlarining natijalarini
jamiyatdan yashira olmadi va u buni yashirmasligi shart edi. Filofeyni haqiqatdan, o‘zlikdan voz
kechishga majbur qilsa bo‘lar, lekin voqea voqeligicha qolaveradi — kassandra-embrionlar
yashayveradi. Kassandra tamg‘asi bundan buyon o‘zimizdagi yovuzlik nishonasi bo‘lib qolaveradi. Va
biz o‘zimizga firib bermasligimiz, bor narsani o‘zimizdan yashirmasligimiz darkor. Aksincha, biz, aniqroq
nima desam ekan, harbiylar tili bilan aytganda, o‘qqa ko‘kragimizni tutishimiz kerak...
— Nima deyapsiz?! Shunday deb bo‘ladimi — o‘qqa ko‘krak tutish kerak emish! Kim ko‘krak tutadi?
Ayollar ekan-da, — butun zalda xotin-qizlar guv etib dod-voy solishdi. — Siz faqat erkaklarning
manfaatini ko‘zlaydigan xudbin ekansiz! Xotin-qizlarning ishtirokisiz ish bitirishga erkaklarga kim ruxsat
berdi! Bu yerda ham la’nati patriarxat ish berayotir! Men shaxsan o‘qqa ko‘krak tutmayman! O’sha
jirkanchni, isnodni peshonamga tamg‘a qilib bosib yurmoqchi emasman.
— Kechirim so‘rayman! — ekrandan Filofeyning ovozi chiqdi. — Kechirasiz. Xudo haqi, men sizning
so‘zingizni bo‘lmoqchi emas edim, lekin aytmasdan tura olmayman: Kassandra alomati — nuqson ham,
isnod ham emas. Aslo, men tushuntirib berdim: bu kassandra-embrionning odam bolasida avloddan-
avlodga jamg‘arilib borilayotgan yovuzlikka munosabati, bu biz bilan sizni ogoh qilayotir. Dunyo oxir
bo‘lishining sababi o‘zimizda — Kassandra tamg‘asi ana shunday nishonadir. Iltimos, tinchlaningiz. Shu
daqiqada meni eshitib turganlarning hammasidan o‘tinib so‘rayman, oxirgi vidolashuv so‘zimni aytib
olishga ruxsat etgaysiz. So‘nggi bir kechayu kunduzda ko‘rganlarim, eshtganlarim mening
kashfiyotimning juda barvaqt, bemahal ekanini, bu kashfiyot zamondoshlarimizga tushuniksiz ekanini
ko‘rsatdi. Va shuning uchun men yo‘qolishga, hayotdan ketishga, yaxshilik bilan, ezgulik bilan, tinchlik
bilan foniylikdan boqiylikka rixlat etishga qat’iy qaror qildim, buni men hech kim xalaqit bermaydigan
kosmosda qilaman. Ana shu daqiqalarda meni eshitib, ko‘rib turgan yoki meni keyinroq bilib oladigan
insonlar oldida o‘z aybimga iqror bo‘lmoqchiman. Men eng musaffo niyatlar bilan ish ko‘rgan bo‘lsam
ham sizlarni qiynoqqa solib qo‘ydim. Endi hayotdan ko‘z yumayotirman. Men hozir ochiq fazoga
chiqaman. Shunday qilib hayotimga yakun yasayman. Buni taqdir deydilar. Men bunday o‘limga
tayyorman, boshimga shlyom kiysam bo‘ldi. Men Pushkinning “O’sha, bulutdan yuksak hujraga Xudoga
qo‘shni bo‘lib yashirinsam” degan chaqirig‘iga ko‘ra intilib samoviy hujramni tark etishdan oldin, ya’ni
so‘nggi qadam tashlashimdan ilgari meni ko‘rib va eshitib turgan barcha odamlarni ishontirib
aytmoqchimanki, sayyoraga zondaj-nurlar tarqatib turgan barcha asbob-uskunalarni o‘z qo‘lim bilan
yo‘q qildim. Barcha hisob-kitoblar, tadqiqotlar, tadqiqotlar bilan bog‘liq barcha yozuvlar, Kassandra
tamg‘asi fenomeni bilan aloqador jamiki narsalar yo‘q qilindi. Bularning hammasi yo‘qoldi. Bularning
hammasi o‘zim bilan birga ketadi. Bundan buyon xotirjam bo‘linglar. Ehtimol, inson tafakkuri
qachonlardir bu hodisaga yana qaytajak, lekin bu bizdan keyin bo‘ladi, bu kelajakning ishi. Hozircha esa
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |