Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
95
yashaysizlar, yashamoq – savollarga javoblarni o‘zi topish demakdir. Meni tushuninglar, lozim 
topsangizlar, kechiringlar. Mening pirovardida birdan-bir aytmoqchi bo‘lganim: kashfiyotlarimni 
hammaning mulkiga aylantirgan ekanman, men buni shon-shuhrat uchun ham, nafsoniyat uchun ham, 
boshqalardan afzal bo‘lish uchun ham qilgan emasman, agar men shunday qilmaganimda, bu 
kashfiyotlar oqibatsiz qolib ketaverishi va dunyo oldingiday baxtli g‘aflatda yashayverishi mumkin edi. 
Biz doimiy ravishda takomillashib boradigan bilimimiz orqali dunyo sirlarini ocha borish uchun 
abadiylikning mazmun va mohiyati sifatida yaratilgan emasmikinmiz, aks holda dunyosining nima keragi 
bor, zaifligimiz va injiqliklarimiz tufayli qulay payt poylab haqiqatdan yuz o‘giraversak, abadiylik bizga 
keraksiz va sirli qolaveradigan bo‘lsa, abadiylikdan na murod? Biz aqlli mavjudotlarning maqomini yerga 
urmayapmizmi – axir bizsiz xudolar xudo emas, bizsiz modda hech nima emas-ku! Agar biz “axborot – 
taraqqiyot yo‘lidir” deydigan bo‘lsak, abadiylikning mohiyati yangidan yangi va keng qamrovli uzluksiz 
axborotlar oqimida emasmikin? Sivilizatsiyaning abadiyligi – bilimlar abadiyligidadir. Lekin biz o‘z 
manfaatimiz yo‘lida, ya’ni haqiqatga xilof o‘laroq bilimga chap bersak, biz o‘ta ardoqli abadiylikka chap 
bergan bo‘lmasmikinmiz?
Men konferentsiyada ishtirok etayotganlardan aslida mutlaq konkret narsalar yuzasidan mavhum 
mulohaza yuritganim uchun kechirim so‘rayman, lekin biz bugun Robert Borkni o‘ldirgan ekanmiz, u 
bilan abadiyligimizning bir qismini ham nobud qildik. Afv etasiz, men xohlar edimki...
— Ruxsat etasiz, ruxsat etasiz, birodarimiz Filofey! – uning gapini bo‘ldi Uolter Shermet o‘zini zo‘rg‘a 
tutib. – Yuksak moddalar haqida mulohaza yuritish durust, albatta, falsafasi maroqli. Lekin biz tug‘ilish 
mo‘‘jizasiga bosh suqib qoldik, – men homilador ayollarda Kassandra tamg‘asining paydo bo‘lishiga olib 
keladigan samoviy eksperimentlaringizni nazarda tutayotirman. Siz bizning o‘zligimizga nojoiz tazyiq 
ko‘rsatayotirsiz. Siz bizlarni osmondan turib nazorat ostiga olmoqchisiz. Eslatib qo‘yishga jur’at etaman, 
bunga Yerda deyarli hech kim rozi bo‘lmaydi. Ha, yerda, bizning osiy yerimizda, siz osmoni falakda turib 
fikr yuritmang, siz darg‘azab odamlardan yiroqdasiz. Ular g‘azab otiga minishga tamomila haqlidirlar. 
Afv etasiz, men o‘z nuqtai nazarimni ayon qilib qo‘yyapman. Lekin hozirgi holatda taomil haqida, 
konferentsiyani boshqaruvchining odob-axloqi to‘g‘risida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Sizning 
kirdikorlaringizga qarshi norozilik bildirmasdan ilojim yo‘q. Siz har qanday ezgu niyatlarni ko‘zlamang, 
o‘zingizning ilmiy kashfiyotlaringiz bilan, aytgan bo‘lur edimki, kalondimog‘ligingiz yo‘lida sayyora ahlini 
yoppasiga iztirobga solishga sizga kim ruxsat etdi, qanday kuch ilhom berdi?! Bu shakkoklik emasmi, 
ayniqsa rohib, Rossiya ruhoniylari aytganlaridek, soxta rohib bo‘lsangiz. Siz Xudoning qudratiga shak 
keltirmayapsizmi? Injilda o‘zlaringdan ko‘payinglar, uvali-juvali bo‘linglar deyilgan-ku! Bu hech qanday 
pisandasiz aytilgan. Siz bo‘lsangiz hech kim nazorat qila olmaydigan narsani taftish etishga jur’at 
etdingiz. Siz tug‘ilish sirini do‘zaxi kuchlarga qurbon qilmadingizmi? Menimcha, xuddi shunday qildingiz! 
Agar bu haqda mister Ordok bir siyosatchi sifatida gapirgan bo‘lsa, men ko‘p millionli auditoriya fikrini 
ifodalaydigan jurnalist sifatida gapirayotirman.
Birdan zalda shovqin ko‘tarildi. Bu qandaydir g‘alati manzarani eslatar edi: jurnalistlar sakrab turib, 
mikrofonlarga otilar, go‘yo Filofey shu sahnada turganday unga qo‘llari bilan o‘qtalar edilar, Filofey 
bo‘lsa, ekranda lablarini va ko‘zlarini qisib, bosiqlik bilan ularning gaplarini bamaylixotir eshitib turar 
edi.
Uning yuzi asabdan tortishib ketganligi sezildi. Bu uchrashuvni matbuot konferentsiyasi deb atashga 
tiling bormaydi. Ehtiroslarning quturishiga qaraganda konferentsiya mitingdan farq qilmas edi. Kimki 
bir amallab mikrofonga yetib borgan bo‘lsa o‘zining ismi-sharifini, gazetasini, axborot agentligini aytib 
bo‘lishi bilanoq samoviy rohibni javobgarlikka tortishni talab qilar edi. Hech qanday falsafaning hojati 
yo‘q, hayot tajribasidan a’lo narsa bormi? Filofeyni og‘iz ochishga qo‘yishmadi. Uning mazasi qochdi 
shekilli ekranda ko‘rinmay qoldi. Zalda qiy-chuv ko‘tarildi. Ekrandan tasvir yo‘qoldi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish