Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
98
Uolter Shermet Yer sharining boshqa nuqtalaridan olib ko‘rsatish uchun shahd bilan Berlin, Varshava, 
Monreal, Rio-de-Janeyro deya buyruqlar berar va hamma joyda xuddi shunday holat, xuddi shunday 
dod-faryod, hayqiriqlar eshitilar va o‘sha “Filofeyga o‘lim”, “Ablah raketa bilan urib tushirilsin!” degan 
hukmlar yangrardi.
— Yetar, bas! Menga so‘z beringlar! – chap tomondagi ekrandan Filofeyning ovozi eshitildi.
— Ha, qulog‘imiz sizda, birodar Filofey! — dedi Uolter Shermet bamaylixotirlik bilan. Qomatini rostlab 
“Siz amaldagi demokratiyani ko‘rgach, endi nima deysiz?” deganda Shermetning tepakali zafarli 
yarqiraganday bo‘ldi.
— Ko‘ngilimga tugib yurgan narsalarni aytaman, — deb javob berdi Filofey. Uning afti-angoridan 
qandaydir hodisa oldida ekanligi uning nimagadir jazm qilganligi sezilib turardi. — Men sizdan 
minnatdorman, mister Uolter Shermet, siz dunyoning turli burchaklaridan reportaj uyushtirdingiz. Endi 
hech qanday shubhaga o‘rin qolmadi. Manzara mutlaq oydinlashdi — men butunlay mag‘lub bo‘ldim. 
Men insoniyat diqqatini halokatdan qutilish mumkinligiga va hatto tadrijiy taraqqiyotning yangi bir 
bosqichida erishish imkoniyatiga qaratmoqchi bo‘ldim. Buning uchun bitta yo‘l bor — u ham bo‘lsa 
kassandra-embrionlarning oxirzamon haqidagi ishoralariga quloq solish va umuman jamiyatni, 
jumladan, har biringizni takomillashtirish zarurligi haqida xulosalar chiqarishdir. Mana oqibat — mening 
urinishlarimdan hech nima chiqmadi. Zamondoshlarning mening chaqiriqlarimga munosabati oxir-
oqibatda salbiy bo‘lib chiqdi. Tan olaman — men mag‘lub bo‘ldim. Va munozarani davom ettirishga 
hojat yo‘q. Bo‘ldi, nuqta qo‘yilsin.
— Birodar Filofey, mana endi siz haqiqiy vaziyatni hisobga olayotirsiz, gap ana shu haqda borayotir: 
odamlarni xotirjam qilish, jamoatchilikka taskin berishga to‘g‘ri keladi, shunday emasmi? — dedi Uolter 
Shermet.
— Ha, shunday — rozilik bildirdi Filofey. — Robert Borkning o‘ldirilishiga olib kelgan mislsiz g‘alayon 
uchun xudo oldida ham, bandasi oldida ham men gunohkorman. Mana vaqti-soati yetdi — qilmish 
uchun intiqom payti keldi. Men shunga xursandmanki, umrimning so‘nggi damlarida odamlarning ko‘z 
o‘ngida bo‘lish imkoniyatiga egaman va ular mening tavba-tazarrumning samimiy ekanligiga ishonch 
hosil qilishlari mumkin.
— Birodarimiz Filofey, — deb yana burnini suqdi Uolter Shermet, o‘zini butun dunyo ko‘rib turganiga 
va har bir so‘zi oltin barobarida ekanligiga ishonch hosil qilib. — Birodarimiz Filofey, — takrorladi u, — 
shaxsan sizdan bizga hech narsa kerak emas. Ommaning g‘azabi cheksiz, bu rost gap, lekin bunga 
o‘zingiz aybdorsiz.
— Ha, ha, haq gap, — javob berdi Filofey. — Yaxshi so‘zlaringiz uchun rahmat, lekin mening 
qilmishim uncha-munchalardan emas. Men bunga javob bermog‘im darkor. Dunyo mening 
kashfiyotimni qabul aylagunday bo‘lsa, g‘oyalarimni ruhning o‘zini o‘zi yangicha tushunishi deb bilguday 
bo‘lsa, murodimga yetishishimga yoki bo‘lmasa, qaqshatqich zarba yeb, o‘z kashfiyotimning qurboni 
bo‘lishimga aqlim yetar edi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas edi. Men tavakkal qilgan edim. So‘nggi 
so‘zim shu. Men odamlarga yomonlik sog‘inmoqchi emas edim. Lekin amalda boshqacha bo‘lib chiqdi. 
Yaxshi niyat yomonlikka aylanib ketdi. Endi hammamiz ana shu yovuzlik qarshisida ojizmiz. Biroq men 
kashfiyotning o‘zidan, kassandra-embrionlar fenomenidan, ular dunyoning oxir bo‘lishi xabarchisi degan 
fikrimdan hech qachon voz kechmayman; kishilar bilib qo‘yishsin: oxirzamon o‘zlarimizda yovuzlikning 
muttasil 
jamg‘arilib 
borishidan, 
o‘zlarimizning 
qilmish-qidirmishlarimizdan, 
niyatlarimizu 
maqsadlarimizdandir; bularning hammasi odamning genetik kodiga ta’sir e’tib, buhronni yaqinlashtiradi. 
Peshona devorga tekkandan keyin kech bo‘ladi...
Zalda shovqin ko‘tarildi. Qahr-g‘azabga to‘la ovozlar jarangladi. O’tirganlardan bittasi mikrofonga 
kelib jon-jahdi bilan baqira ketdi:


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish