Yangi o‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi: O‘zbekistonni rivojlantirishning yettita asosiy ustuvor yo‘nalishi maqsadlarining mazmun-mohiyati



Download 44,1 Kb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi44,1 Kb.
#750715
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Янги Ўзбекистон


YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI:
O‘zbekistonni rivojlantirishning yettita asosiy ustuvor yo‘nalishi maqsadlarining mazmun-mohiyati
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng ko‘lamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shildi. Shunday qilib, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan.
Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi.
Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ma’no-mohiyati haqida so‘z borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon bo‘ladigan tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim:
birinchidan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradiki, yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri — oliy qadriyat”, degan tamoyil e’tirof etilmoqda.
ikkinchidan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mintaqaviy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida yaqin qardoshlikni qadrlash, qo‘shni mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishish bo‘yicha muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.
uchinchidan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining xalqaro (global) darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish, xususan, iqlim, ekologiya, terrorizm, korrupsiya, migratsiya, kambag‘allik kabi global muammolarni hal etish borasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish haqida so‘z borgan.
Ya’ni O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish bilan bog‘liq ibratli amaliyotni izchil davom ettirish lozim. Bunda O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash, BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, ulkan ahamiyat kasb etadi.
Taraqqiyot strategiyasida, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish, BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilgan.
Shu nuqtai nazardan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir.
Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining qabul qilinishi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi.
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi bo‘lgan ushbu tarixiy hujjatda yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks rivojlantirish yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.
Taraqqiyot strategiyasining ahamiyati shundaki, uning ishlab chiqilishida mavjud muammolar e’tiborga olindi, yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar aks ettirildi. Eng muhimi, hujjatning ishlab chiqilishida xalqimiz faol ishtirok etdi. Tom ma’noda, xalqimiz hammuallifligida ishlab chiqildi, deyish mumkin.
Strategiyada “Inson qadri uchun” degan tamoyilni hayotda to‘la ro‘yobga chiqarish vazifasi yaqqol aks etgan. Bu qadriyat zamirida har bir insonning tinch va xavfsiz hayot kechirishi, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlash, har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etish, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishdek ustuvor maqsad va vazifalar mujassam.
Shu jihatlar e’tiborga olinib, Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olindi. Jumladan:
– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
– milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
– ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
– milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, ko‘p sohalar bo‘yicha yangi tartib-qoidalar, xususan aholi va tadbirkorlar uchun yengilliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini transformatsiya qilish borasidagi yangi islohotlar o‘z aksini topgan. Jumladan, davlat boshqaruvi organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratiladi.
Strategiyaning birinchi yo‘nalishida 12 ta maqsad, 42 ta topshiriq mavjud bo‘lib, ularning har biri inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiluvchi xalqchil davlat barpo etish, aholi uchun farovon turmush sharoiti yaratishda g‘oyat muhim sanaladi. Davlatimiz rahbari tomonidan strategiyaning inson qadrini yuksaltirish va xalqparvar davlat barpo etish yo‘nalishidagi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, bular:
- mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish;
xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish;
- “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa hududiy dasturlarni jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqish;
- davlat organlarini “mahallabay” ishlash tizimiga o‘tkazish;
- elektron davlat xizmatlarining ulushini amaldagi 54 foizdan 90 foizga yetkazish.
- jamoatchilik fikrini muntazam va ilmiy asoslangan holda tizimli o‘rganish. Buning uchun, “Ijtimoiy fikr” markazi faoliyati takomillashtirilib, alohida Sotsiologiya instituti tashkil etiladi.
Birinchi yo‘nalishdagi ilk maqsad mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish vazifasi bo‘lib, aynan ushbu vazifaning ustuvor maqsad sifatida belgilangani bejiz emas. Zero, mahalla aholiga, oilalarga eng yaqin bo‘g‘in sanaladi. Shu jihatdan so‘nggi yillarda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joriy yildan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida hokim yordamchisi instituti joriy etildi. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, moliyaviy mustaqilligi, bandlikni ta’minlash, fuqarolar bilan muloqot qilish bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Endilikda bu boradagi ishlar yangicha yo‘nalishda davom ettiriladi. Bu borada, avvalo, mahallaning faol modeli yaratiladi.

Download 44,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish